Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Fasllar haqida suhbat.
Tinch osuda har kunim
Aziz ustozlarga assalomu – alaykum.
Navbatchi axboroti tinglanadi:
Men bugun darsda navbatchi.
Darsga tayyor 28 tao’quvchi.
Dars shiori:
Buyuklar avlodi erursan angla
Ustoz muqaddasdir, muqaddasdir dars.
O’quvchilar guruhlarga ajratiladi.
“Alisher Navoiy” guruhi.
“Bobur” guruhi.
“Amir Temur” guruhi.
Guruhlar o’z guruhlarini sharhlaydilar. Har bir guruhga savol beramiz.
Hamid Olimjon qachon va qayerda tug’ilgan?
Hamid Olimjon necha yoshida otasi Olimjon vafot etadi?
Uning tarbiyasi bilan kimlar shug’ullanishganlar?
1932-yilga qadar qayerda ta’lim olgan?
1928-yilda qaysi she’ri chop etilgan?
“Oygul bilan Baxtiyor” nomli ertak dostonini qaysi yili yaratgan?
3.Yangi mavzu:
Aziz o’quvchilar bugun sizlar bilan Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak dostoni haqida suhbatlashamiz. Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida mehnatkash oilasida tavallud topgan. Shoir 4 yoshiga yetganda otasi Olimjon aka vafot etgan. Uning tarbiyasi bilan Komila aya va bobosi Mulla Azimlar shug’ullanishgan. 1926-yil ilk she’ri “Zarofshon” ro’znomasiga e’lon qilingan. 1928-yilda “Ko’klam” nomli birinchi she’riy to’plami bosilib chiqqan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi. “Daryo kechasi (1937)” “O’lka”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Baxt”(1939), “Jangchi Tursun balladasi” (1940) “Roksananing ko’z yoshlari” (1942), “Jinoyat” (1943) sheriy drammani yozdi.
Shoir 1944-yil 3-iyulda avtomobil halokati natijasida vafot etdi. Juda qadim zamonda, Jambildegan yurtda nihoyatda og’ir ahvolga tushgan xalq o’zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko’taradi. Jambuldagi qo’zg’olonga esa keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi. Darxon, qizining ko’z o’ngida zolim xon tomonidan qatl etildi. Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko’p jabr-u jafo ko’rgan Tarlon ismli keksa qul zindonda yotgan Oygulni qutqarishga jazm etadi. Qizni sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo’ygan edi. Daryoda uzoq oqqan sandiq nihoyat zarjon degan yurt qirga kelib qoladi. Daryo qirg’og’iga o’tin tergani kelgan chol, sandiqni tutib suvdan olib chiqadi va bozorga olib borib ochmoqchi bo’ladi. Odamlar uni o’g’ri tutib podshoh saroyiga olib borishadi.
Bag’ritosh podshoh sandiq ichidagi narsa nima ekanini oxirigacha surishtirmay, sho’rlik cholning ta’nini boshidan judo qiladi. Oygul endi bir zolimdan qutilib, ikkinchisining qo’liga tushadi. Oygul saroyning qirq kanizi bilan cho’milish bahona daryoga boradi va ko’zini chirt yumib o’zini daryoga otadi. Daryodagi bahaybat Jayhun baliq esa Oygulni bir hamla bilan yutib yuboradi.
“Oygul bilan Baxtiyor” ertagidan sahna ko’rinish. Ertak she’r o’quvchilarga o’qitiladi. Navbat bilan 1-guruh o’qisa 2- guruh yoddan aytib beradi. 3-guruh gapirib beradi va rag’batlantirib boriladi.
Bolajonlar balli,
Hammangizga ofarin.
Endi ayting bemalol
Hikmatlar va maqol
Bulbul chamanni sevar
Odam vatanni sevar.
Tilga ixtiyorsiz
Elga e’tiborsiz.
Vatan gadosi – kafan gadosi.
4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Guruhlar aro musobaqa o’tkaziladi.
Klaster.
Muhokama
Bugungi darsimiz sizga yoqdimi?
Siz darsimizdan nimalarni bilib oldingiz?
Hamid Olimjon kim ekan?
Sizga guruhda ishlash qulay bo’ldimi?
5-bosqich.Baholash: dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar imkoniyatlardan o’quvchilar imkoniyatlaridan kelib chiqib baholanadi. Sinfdagi eng faol o’quvchi aniqlanadi. Guruhlarning ballari e’lon qilinadi va rag’batlantiradi.
6-bosqich. Darsni yakunlash.
Darslikdagi “Hamid Olimjon” ning “Oygul bilan Baxtiyor”, she’r-ertagidan yodlab kelish.
Baxtim boru – baxtim bor.
Ozod yurtim – taxtim bor.
Shu yurtimga munosib,
Bo’lay degan ahdim bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |