Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


-MAVZU: O‘RTA ASRLAR G‘ARB (VA ShARQ) ADABIYoTI



Download 0,76 Mb.
bet43/160
Sana18.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#383981
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Bog'liq
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti (2)

8-MAVZU: O‘RTA ASRLAR G‘ARB (VA ShARQ) ADABIYoTI.

ReJA:

  1. O‘rta asrlar adabiyotiga kirish.

a) Rim imperiyasi qulagandan keyingi ijtimoiy – siyosiy holat;

b) O‘rta asrlar adabiyotining davrlarga bo‘linishi;



  1. Kelpt va Germon eposi.

  2. Ritsar – kurtuaz adabiyoti.

a) Ritsarlik poeziyasi;

b) Ritsarlik romani.

G‘arbiy yevropa madaniyati va o‘z-o‘zidan adabiyotining boshlanishi eramizning IV-V asrlariga to‘g‘ri keladi. Chunki shu davrda, Rim imperiyasidan keyin, jahon maydoniga yangi bosqinchi xalqlar chiqa boshladi. Ular bir necha yillar mobaynida bir paytlar antik dunyo tarkibiga kiruvchi xududlarni (yevropani, Old va O‘rta Osiyoni, Afrika shimolini) egallab oldilar. Germanlar, slavyanlar, arablar, mongollar va turklar ana shunday xalqlardan hisoblanadi. Ana shu xalqlar o‘rta asr feodal davlatlarini tuzuvchilar rolini o‘ynadilar.

Rim imperiyami yemirilishi davrida uning G‘arbiy viloyatlari aholisi (Italiya, Galliya, Ispaniya) asosan romanlashib bo‘lgandi, yaoni Rim idora va sivilizatsiyasi tili bo‘lgan lotin tilini qabul qilishgandi. Lotin tili bu yerlarda mahalliy tillarni siqib chiqara boshladi va natijada xalq orasida klassik, badiiy emas, balki xalq lotini, yaoni «vulpgar lotini» paydo bo‘ldi. Ana shu «xalq lotini»dan keyinchalik roman tillari (fransuz, italpyan, ispan, portugalp va boshq.) rivojlandi.

Imperiya qulagandan so‘ng (IV-V asrlarda) Germanlar juda ko‘p joylarni bosib oldilar. Ammo ko‘p o‘tmay bosib olingan xalqlarning yuksak madaniyati taosiri tufayli o‘z tillarini yo‘qotdilar va o‘z-o‘zidan romanlashdilar. German tili esa «buyuk yurishdan» oldin bosib olingan xududlar aholisida Germaniya va Skandinaviya, Britaniyaning katta qismi (anglosaklar tomonidan egallangan) saqlanib qolindi. Ammo anglosaklar tili ham normandlarning Angliyani bosib olishidan so‘ng bir muncha romanlashdi. Anglosakson va normand-fransuz elementlarining qo‘shilishi natijasida hozirgi ingliz tilini bir xilda german va roman gruppasiga kiritish mumkin bo‘ladi.

Bosqinchilarning katta xududlarini bosib olishi va ularni qirollik drujinachilariga bo‘lib berilishi yirik yer mulkchiligini rivojlanishiga olib keldi. Kichik yer egalari esa tez-tez bo‘lib turuvchi urushlar natijasida xonavayron bo‘ldilar va ko‘plari boy va kuchli qo‘shnilarining krepostonylariga aylandilar.

Urug‘chilik tuzumi mustahkam bo‘lgan Skandinaviya va Kelpt viloyatlarida aloqalar keyinroq rivojlandi va o‘z-o‘zidan ana shu xududlar rivoji ham ancha kechikdi.

O‘rta asrlar adabiyotining paydo bo‘lishi va rivojini asosan 3 ta omil bilan belgilanadi: xalq ijodi anoanalari, antik davr madaniyati va xristianlik.

O‘rta asrlar adabiyotining davrlarga bo‘linishi yevropa xalqlarining rivojlanish bosqichlari bilan belgilanadi. Biz uni 2 ta davrga – qabila tuzumining inqirozga yuz tutishi va feodalizmni tarkib topishi (X asr XI-XV oxirigacha) va rivojlangan feodalizm davrlariga bo‘lamiz. Ammo bu sana shartli ravishda olingan. Chunki barcha xalqlar hayoti bir xil rivojlanmagan. IX asrdayoq feodalizm shakllanib bo‘lgan Fransiyada bu xol boshqa davlatlarga nisbatan ancha oldin sodir bo‘ldi. yevropaning shimoli va shimoliy g‘arbdagi viloyatlar (skandinavlar va kelptlar) da bu hol ancha kechroq sodir bo‘ldi. Shuning uchun birinchi davr adabiyotiga asosan kelpt va skandinavlar poetik ijodi yodgorliklari to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi xalqlar poetik yodgorliklarini yaxshi saqlanganligiga kelsak, bunga ular uchun xristian dini ruhoniylari asosan mahalliy aholidan tayinlanganligi, ular esa Rim direktivalarini bir oz sovuqlik bilan xayotga tadbiq etganliklari, xristian diniga qadar u yerda xalq orasida tarkib topgan va yashayotgan marosim va odatlar bilan kelishib yashaganligi o‘z taosirini o‘tkazdi.

Agar quldorlik intirozi davri adabiyoti o‘z tarkibiga ko‘ra bir xillikdan iborat bo‘lsa, rivojlangan feodalizm (XI-XV asrlar)da uch turdagi badiiy ijod-xalq adabiyoti, klerikal va feodal-ritsarp adabiyoti mavjud edi. Eng qadimiy va kuchlisi – xalq adabiyoti sanaladi. Klerikal adabiyot – yevropadagi eng birinchi yozma adabiyot hisoblanadi. Feodal-ritsarp adabiyoti esa XII asrga kelib shakllangan va avvalgi ikki adabiyot tajribasidan foydalangan. XII asrda shaharlarni qayd ko‘tarish va rivojlanishi ijtimoiy xayotga o‘z taosirini o‘tkazadi. XIII asrga kelib, shahar sanoati va adabiyoti intensiv holda rivojlanadi va yetakchi o‘ringa chiqib oladi. Madaniy sharoitni o‘zgarishi bilan klerikal adabiyot alohida faoliyat ko‘rsata olmay qoldi va shahar adabiyotining ajralmas qismiga aylanadi. Feodal-ritsar adabiyoti esa o‘rta asrlar oxirigacha alohida faoliyat ko‘rsatdi. Xalq poeziyasi bo‘lsa shahar adabiyotining asosiy manbaasiga aylandi.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish