Hamda mudofaa vazirligi buxoro davlat universiteti


Jismoniy tayyorgarlik tadbirlarining moliyaviy ta’minoti



Download 3,35 Mb.
bet11/55
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#287190
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
ЧКБТ маруза

Jismoniy tayyorgarlik tadbirlarining moliyaviy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Harbiy qismning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi nizom» bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jismoniy tayyorgarlik tadbirlarining tibbiy ta’minoti mazmunan, jismoniy tayyorgarlik davomida hal etiladigan vazifalardan biri, xususan, shaxsiy tarkibning jismonan kamol topishini yaxshilash, sog‘ligini mustahkamlash, jangovar faoliyatning salbiy ta’siriga organizmining bardosh berish sifatini oshirish, jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanish jarayonidagi patologik holatlarning oldini olish vazifalarini hal etish maqsadida tibbiyot xizmati tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar tizimidan iboratdir.

Jismoniy tayyorgarlik tadbirlarining tibbiy ta’minotiga oid tadbirlar tegishli komandirlar, jismoniy tayyorgarlik va sport boshliqlarining faol ishtirokida tibbiy xizmat mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.



Mulohaza yuritilayotgan tadbirlar mazmunan:

  • organizmning jismoniy rivoji va funksional holati inobatga olingan holda, unga beriladigan jismoniy yuklamalar darajasini belgilash maqsadida harbiy xizmatchilarni tibbiy tekshiruvdan (ko‘rikdan) o‘tkazish;

  • harbiy xizmatchilarni, ularning yoshi va sog‘ligining holati inobatga olingan holda jismoniy tayyorgarlik guruhlariga taqsimlash;

  • harbiy xizmatchilarning shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga amal qilish, o‘z sog‘ligi ustidan o‘zi nazorat olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • shaxsiy tarkibning jismonan kamol topishini yaxshilash, sog‘ligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish ishlarida tibbiyot xizmati vakillarining ishtirokini ta’minlash;

  • sport inshootlari, jismoniy tayyorgarlik va sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylarning sanitariya-epidemiologik holati hamda sport kiyimi va anjomlarining holatini tekshirib borish;

  • jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida jismoniy yuklama oqilona taqsimlanayotgani, sanitariya-gigienik talablarga amal qilinayotgani ustidan nazorat olib borish;

  • terma jamoalar faoliyati, harbiy qism miqyosida o‘tkaziladigan o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va sport musobaqalarini tibbiy jihatdan ta’minlab borish;

  • jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida shaxsiy tarkib orasida jarohatlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish;

  • jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod qilingan yoki jismoniy sog‘lomlashtirish guruhiga kiritilgan harbiy xizmatchilar hisobini yuritish;

  • sog‘liklari tiklangach, asosiy guruhlar tarkibiga kiritishdan iboratdir.

Shaxsiy tarkibning jismonan kamol topishini yaxshilash, sog‘ligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni rejalashtirish davomida harbiy xizmatchilarga beriladigan jamiki jismoniy yuklama inobatga olinadi. Tibbiyot xizmati boshlig‘i rejalashtirish amallarida ishtirok etar ekan, bir qator mezonlarni inobatga olishi shart. Ushbu mezonlar jumlasiga:

  • harbiy xizmat o‘tash sharoitlarining o‘ziga xos hususiyatlari, yil fasli va iqlim sharoitlari;

  • harbiy xizmatchilar, ayniqsa, og‘ir kasallik yoki jarohatdan davolangan harbiy xizmatchilar organizmining shaxsiy xususiyatlari;

  • jangovar tayyorgarlik mazmuni, xo‘jalik va boshqa turdagi ishlarga doir vazifalar ijrosi, ovqatlanish, dam olish va uyquga ajratilgan vaqtni inobatga olgan holda rejalashtirilayotgan o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida beriladigan jismoniy yuklama taqsimoti;

  • jismoniy tayyorgarlikning tegishli vosita va shakllaridan oqilona foydalanilishi;

  • ta’limot jarayonining izchil kechishiga amal qilish, jismoniy yuklamaning ayrim mashg‘ulotlarda to‘g‘ri taqsimlanishi, shaxsiy tarkibni chiniqtirish tadbirlari bilan jismoniy mashqlarning uyg‘unlashtirilishi kiradi.

Tana a’zolari va organizm tizimlarining funksiyasi mo‘‘tadil yoki aniq ifodalangan tarzda izdan chiqqan, vaqti-vaqti bilan xuruj berib yohud ish qobiliyati sustlashib namoyon bo‘ladigan surunkali kasallikka ega, og‘ir kasallikni boshdan kechirgan yoki jarohatlangan harbiy xizmatchilar har yili o‘tkazib boriladigan batafsil tibbiy tekshiruv natijalari hamda davolash muassasasida yotib davolangach, davolagan shifokorning xulosasi (epikrizga) asosan chiqarilgan harbiy qism (muassasa) komandirining (boshlig‘ining) buyrug‘iga binoan vaqtincha, joriy yilga sog‘lomlashtirish guruhiga kiritiladi.

Jismoniy sog‘lomlashtirish guruhiga kiritilgan bo‘lib, ushbu guruh tarkibida bo‘lish muddatini uzaytirishga asos bo‘ladigan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan harbiy xizmatchilarga, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlarining yakuniga ko‘ra «qoniqarsiz» baho belgilanadi.

Jismoniy sog‘lomlashtirish guruhiga kiritilgan harbiy xizmatchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jismoniy tayyorgarlik va sport mutaxassislari tomonidan tibbiyot xizmati mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha olib boriladi.

Jismoniy mashqlarni bajarishga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallik, surunkali kasallik xurujini boshdan kechirgan, operatsiya qilingan shaxslar tibbiyot xizmati boshlig‘ining tavsiyalariga ko‘ra jismoniy tayyorgarlik va sport mashg‘ulotlaridan vaqtincha ozod etilishlari mumkin.

Harbiy xizmatchilarning shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga amal qilish, o‘z sog‘ligi ustidan o‘zi nazorat olib borish ko‘nikmalari shakllantirilishi – jismoniy tayyorgarlik davomida hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosining muhim sharti sanaladi.

Harbiy xizmatchi o‘z sog‘ligi ustidan o‘zi nazorat olib borishi mazmunan:



  • shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida o‘z hatti-harakatlarini idora qilishning oddiy usullari bilan tanishishi;

  • jismoniy mashqlarga ongli yondashish fazilatini tarbiyalashi;

  • o‘zining jismonan barkamollik darajasi, mashq ijrosini o‘zlashtirganlik saviyasi va salomatligining holatini aniqlash uchun harbiy xizmatchi o‘z sog‘ligi ustidan o‘zi nazorat olib borishini anglashi va kuzatuv natijalariga baho berishidan iborat.

Harbiy xizmatchi o‘z sog‘ligi ustidan o‘zi nazorat olib borishi bir qator sifat va miqdor ko‘rsatkichlaridan, hususan: hol-ahvolning yaxshi-yomonligi, faollik, kayfiyatning ko‘tarinki yoki tushkunligi, uyquga to‘ygan-to‘ymaganlik, ishtaha bor-yo‘qligi, tana vazni, yurak urishining tezligi, og‘riq, ishchanlik qobiliyati, sport sohasida erishilgan natijalar va shu kabilardan iborat bo‘ladi.

O‘z sog‘ligi ustidan o‘zi nazorat olib borishga o‘rgatish tariqasida shifokor, jismoniy tayyorgarlik va sport boshlig‘i, sport murabbiyi harbiy xizmatchilarni jismoniy mashq va sportning fiziologik-gigienik asoslari bilan tanishtirishlari, o‘z hatti-harakatlarini idora qilishning oddiy qoidalarini va bu borada erishilgan natijalarga baho berish usullarini o‘rgatishlari, shuningdek, antropometrik asboblar va ushbu asboblar vositasida asosiy o‘lchovlarni bajarish usullari bilan tanishtirishlari, shundan so‘ng, o‘lchov amallarini mustaqil bajarish imkonini yaratishlari lozim.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish