Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Diskriminant validlik
 ba’zi ko‘rsatkich (o‘lchov)ning bosh-
qa  tushunchalarga  qarama-qarshi  vaziyatda  biror  tushunchaga  nis-
batan  validlikka  ega  bo‘lish  xossasidir.  O‘lchov  diskriminant  valid-
likka egami, degan savolni berib, biz asosan ushbu o‘lchovni muay-
yan tushunchaning ko‘rsatkichi sifatida qo‘llangan holda uni boshqa 
tushunchadan farqlash imkoniyati mavjudligi bilan qiziqamiz. 
Nihoyat,  validizatsiyaning  so‘nggi  usuli 

yaqqol  validlik

 
tushunchasiga  tayanadi.  Yaqqol  validlik  -  ko‘rsatkich  (o‘lchov)ning 
intuitiv his qilinuvchi ishonchlilik xususiyati. Ba’zi o‘lchovlar o‘rga-
nilayotgan  harakatni  to‘g‘ridan-  to‘g‘ri  kuzatishga  asoslanadi. 
Shuning  uchun  ularning  validligi  haqida  savol  berish  mantiqsiz 
bo‘ladi. Bunday o‘lchov 
“tashqi ko‘rinishdan”
 validlik ko‘rinadi. 
O‘lchov ishonchliligi to‘g‘risida gapirganimizda, uning yordami-
da olinadigan mazmunlar barqarorligi bizni qiziqtiradi. 
Ishonchlilik
 
muntazamlik  darajasini  bildiradi,  ushbu  muntazamlik  bilan  birga 
o‘lchayotgan  instrument  turli  hodisalarga  ma’lum  ma’nolarning 
tegishliligini  aniqlashga  imkon  beradi.  Agar  o‘lchov  ishonchsiz 
bo‘lsa,  u  valid  bo‘lishi  mumkin  emas,  chunki  kamida  obyektga  oid 
deb hisoblangan baholashdagi farqlar o‘lchov hatolariga bog‘liq rav-
ishda yuzaga chiqadi, u obyektlar o‘rtasidagi haqiqiy farqlarga asos-
lanmaydi.  Ammo  boshqa  tomondan,  o‘lchov  ishonchli  bo‘lishi 
mumkin,  biroq  valid  bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Shunday  qilib, 
o‘lchov  ishonchli  bo‘lib,  valid  bo‘lmasligi  mumkin,  lekin  ishonchli 
bo‘lmasdan turib valid bo‘la olmaydi. Validlik tizimlilik va tasodifiy 
hatolar  jihatidan  nozik  (zaif)  bo‘lsa,  ishonchlilik  faqatgina  tasodifiy 
hatolar jihatidan xavf ostida bo‘ladi. Ishonchsizlik tahdidining oldini 


 
 
45 
olish  uchun  o‘lchov  hatolari  turli  manbalarini  bilish  lozim  va  ular 
ustidan  nazorat  o‘rnatish  uchun  barcha  imkoniyatlarni  ishga  solish 
lozim. Jumladan, o‘lchovning real jarayonini rejalashtirish va tasodi-
fiy  hatolarning  avval  noma’lum  bo‘lgan  sabablarini  aniqlash  uchun 
o‘lchov instrumenlarining dastlabki test tekshiruvini o‘tkazish zarur. 
Sotsial  (ijtimoiy)  fanlarda:  biz  taklif  qilayotgan  o‘lchov  ishonchli-
ishonchli  emasligini  aniqlash  ko‘pincha  qiyin  bo‘ladi.  Bu  quyidagi 
holat  tufayli  kelib  chiqadi,  o‘zgaruvchanlarning  haqiqiy  ma’nosi 
vaziyat  bosimi  va  vaqt  mobaynida  butunlay  o‘zgarishi  mumkin. 
Odamlar tajriba ta’siri tufayli o‘z fikrlarini o‘zgartiradilar: davlat har 
bir  tahdid  paydo  bo‘lishiga  javob  tarzida  o‘z  resurslarini  mudofaa 
xarakteridagi  idoralar  va  ijtimoiy  hizmatlar  o‘rtasida  boshqacha 
shaklda taqsimlashni boshlaydi va h. 
Shuning  uchun  ishonchlilik  testlarini  vaqtning  maksimal  qisqa 
oraliqlarida o‘tkazish kerak. Sotsiyal fanlarda o‘lchov ishonchliligini 
aniqlashning  uch  metodi  mavjud.  Birinchisi 
qayta-qayta  test 
o‘tkazish metodi
. Bu holatda ayni bir o‘lchov qayta va qayta ayni bir 
obyekt to‘plami uchun qo‘llanadi. Agar obyekt har bir holatda bir xil 
bahoga  ega  bo‘lsa,  o‘lchov  ishonchli  hisoblanadi.  Ikkinchi  metod 
muqobil  shakllar  metodidir
.  Bu  metodga  ko‘ra,  bir  vaqtning  o‘zida 
o‘lchovning turli shakllari aynan bir xil obyektlar guruhiga yoki ay-
nan bir xil o‘lchov obyektning turli gurihlariga nisbatan tatbiq etiladi. 
Nihoyat,  ishonchlilikni  test  qilishning  so‘nggi  usuli 
tanlab  olish 
metodi
  nomi  bilan  ma’lum.  Ushbu  metod  shundan  iboratki,  obyekt-
larni tanlab olib, ularni bir qancha bir-biriga o‘xshash tanlov vositalari 
guruhchalariga  bo‘lamiz,  keyin  ayni  bir  o‘lchovni  barcha  tanlov 
guruhchalariga nisbatan qo‘llaymiz va mazkur guruhchalar uchun na-
tijalar 
tafovuti 
va 
o‘xshashligidan 
o‘lchovning  ishonchliligi 
ko‘rsatkichi  sifatida  foydalanamiz.  Ammo  (tanlab  olish)  metodidan 
foydalanish  imkoniyati  quyidagicha  aniqlanadi:  biz  qismlarga  bo‘lish 
uchun shunday katta tanlov guruhiga ega bo‘la olishimiz bilan belgila-
nadi,  chunki  katta  tanlov  guruhi  statistik  testlarning  ongli  bo‘lishi 
uchun yetarli bo‘lgan kichik tanlov guruhlariga ajratiladi. Hamma vaqt 
ham  buning  imkoni  yo‘q.  Ta’riflangan  metodlarning  ko‘plab  turlari 
bor.  Ushbu  tadqiqot  loyihasi  uchun  qaysi  metodning  to‘g‘ri  kelishi 
tadqiqotchi qanday vaqt va imkoniyatlarga egaligi, shunindek, tadqiqot 
xarakteriga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ishonchlilikning  qaysi  testini  qo‘llashni 
afzal  ko‘rganimizga  qaramay,  o‘lchov  ishonchliligini  tadqiqot  bosh-


 
 
46 
lanishigacha  belgilash  muhim  hisoblanadi.  Tadqiqotda  qo‘llanadigan 
instrumentlarni  baholash  uchun  mo‘ljallangan  ma’lumotlar  to‘plami 
vositasida dastlabki test o‘tkazishni talab qiladi. 
Validlikning  dastlabki  testi  va  o‘lchov  ishonchliligi  har  qanday 
tadqiqot  loyihasining  tarkibiy  qismi  bo‘lishi  kerak,  agar  unda  biror 
yerda ishonchli validizatsiyadan o‘tmagan o‘lchov ishlatilsa. Yoki bu 
loyiha  foydalanishi  kutilayotgan  sharoitlardan  juda  farqlanadigan 
sharoitlarda  validizatsiyadan  o‘tgan  o‘lchovlarga  asoslangan  pro-
yektlarda  ham  validlikning  dastlabki  testi  va  o‘lchovning  tarkibiy 
qismi bo‘lishi kerak. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish