Siyosiy qarorlar tipologiyasi
Subyektlar
Manfaatlar integratsiyasi darajasi
4
Q.: Klementevich T. Siyosiy qaror qabul qilish jarayoni // Siyosat nazariya
elementlari / V.P. Makarenko tahririyati. Rostov-Don, 1991.
197
markaziy
mahalliy – mintaqaviy
fuqarolar
markaziy organlarga
saylovlar, referen-
dum va plebissit
mahalliy organga say-
lovlar. Yig‘ilish va
aholining mahalliy ref-
erendumi
fuqarolarning
rasmiy vakillari
farmon, qonunlar va
parlament qarorlari
mahalliy dasturlar,
ijtimoiy – iqtisodiy
taraqqiyot rejalari
vakillik shakli
iqtisodiy – ijtimoiy
taraqqiyot dasturlari
va rejalari
mahalliy byudjet
to‘g‘risidagi qaror
fuqarolik
guruhlari faollari
(jamoat dele-
gatlari)
siyosiy partiyalar,
jamoat birlashmalari
yuqori organlarinng
qarori
siyosiy partiyalar, ja-
moat birlashmalarining
mahalliy organlari
muammoviy qarorlari
novakillik shakli
siyosiy kelushuv
Davlat siyosatida optimal qaror qabul qilishning muqobil varian-
tini tanlash va kelishilgan qarorni aniqlashning ikki asosiy usuli
mavjud:
konsensus
va ovoz berish. Ulardan birinchisi, konsensus
usuli (lotincha “Consensus omnlium - barchaning roziligi” so‘zidan).
Bu usul qaror qabul qilishda ishtirokchilar manfaatlariga qisman mos
tushsa va biroz to‘g‘ri kelmasa, samarali bo‘ladi, shuning uchun
qaror barcha tomonlar qo‘llab-quvvatlayotgan turli muqobilliklar
o‘rtasidagi kompromis sifatida qabul qilinadi. Aynan “barchaning
roziligi” prinsipi BMT XKda muhim qarorlarni qabul qilishda ish-
latiladi, ammo ayni vaqtning o‘zida davlat siyosatida amalda yanada
keng qo‘llanilayotgan usul strategik qarorlarni qabul qilishning ovoz
berish usuli hisoblanadi. Qarorlar tanlovining bu usuli faqat rasmiy
jarayon va ovoz berish texnikasi bilan cheklanib qolmaydi, ammo u
qarorlar turli variantlarining kuchli va kuchsiz tomonlari izohlarini,
QQQSning nuqtai nazarini aniqlash, shuningdek, ovoz berish ja-
rayonida ishtirok etuvchi ko’pchilik, ozchilik va oraliqdagi kuchlar
nisbati va hissasini aniqlashni qamrab oladi.
Davlat qarorlarini qabul qilish jarayoni alohida bosqichlar va
funksional fazalarga bo‘linadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish-
ning asosiy bosqichlari chegaralarini va ularning sonini aniqlashning
turli nuqtai nazarlari mavjud. Umumiy ko‘rinishda professor
198
A.A.Degtyarev davlat qarorlarini qabul qilish jarayonini quyidagi
asosiy bosqichlarga ajratib chiqadi.
1.
Prioritet (ustuvor) muammolarni aniqlash va siyosiy “kun
tartibini” shakllantirish.
Bu boshlang‘ich bosqichda, siyosiy qaror
qabul qilish uchun zarur dastlabki axborotlar to‘planadi, saralanadi,
tahlil qilinadi. Alohida individlar, ijtimoiy guruh va jamoat tash-
kilotlarining manfaatlari, talablari va ehtiyojlari o‘rganiladi:
yechimni talab qilayotgan ustuvor muammolar tanlab olinadi va
hukumat yoki boshqa davlatning harakat organlaridan kutilgan
ijtimoiy – siyosiy “kun tartibi” tuziladi.
2.
Ijtimoiy muammolar bo‘yicha siyosiy qarorlarning muqobil
variantlarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish
. Qarorlarning invariant-
larini ishlab chiqish bir qancha muqobil qarorlardan eng yaxshi qaror
tanlovining optimizatsiyasidagi obyektiv ehtiyoj hamda subyektiv
intilishlar, ko‘pincha bir-biri bilan raqobatlashuvchi va u yoki bu
siyosiy qaror uchun o‘z loyihasini o‘tkazishga urunuvchi turli
ijtimoiy kuchlar qarorlarini qabul qilish jarayoniga bosim bilan
bog‘liq.
3.
Yakuniy tanlov
, davlat qarorlarini ifodalash va legitim-
lashtirish. Bu ish mohiyatan, qaror qabul qilishning asosiy bosqichi
bo‘lib, demokratik mamlakatlarda davlat boshqaruvi subyektlari
tomonidan ovoz berish yoki konsensusga erishish usullari yordamida
texnologik shaklda amalga oshiriladi. Bunda qaror uning vakolatiga
kiruvchi barcha fuqarolar uchun umummajburiy shaklga kiradi.
4.
Qabul qilingan davlat qarorlarini siyosiy amaliyotda
amalga oshirish
. Boshqaruv qarori shu bosqichda amalga kiritiladi
va hayotga tatbiq etiladi. Davlat ma’muriyati ushbu mamlakat siyo-
siy rejimiga bog‘liq ravishda usullar (majburlash va ishontirish)
kombinatsiyasidan foydalanadi va qabul qilingan strategik qarorlarni
amalga oshirish uchun alohida sotsiotexnik vositalarni (manipullash-
tirish, manevrlardan foydalanish) va boshqalarni qo‘llaydi.
5.
Qarorni amalga oshirish ustidan nazorat va uning natijala-
ri bilan “teskari aloqa”
. Bu, qaror qabul qilishning tugallovchi bos-
qichi. Nazoratning va “teskari aloqa”ning yo‘qligi davlat qarorining
yoki buzib ko‘rsatilishiga yoki shunchaki bajarilmasligiga yoki, hatto
teskari natijaga olib kelishi mumkin. U yoki bu davlat qarorlarining
realizatsiyasi nazorati amaliy tadbirlar, texnologik amaliyotlarni siy-
osiy qarorlar qabul qilishning dastlabki modeli, rejasi va dasturi bilan
199
doimiy ravishda qiyoslashdan iborat bo‘ladi. Nazorat jamiyatdagi
institutsional tartibni qo‘llab-quvvatlovchi turli me’yor va amaliyot-
larni belgilovchi (korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikning
boshqa shakllari), qonun chiqaruvchi qarorlarni bajarishga davlat
byudjetidagi umumiy proporsiyaga ko‘ra, moliyaviy va boshqa mate-
rial zaxiralarning operativ taqsimoti bilan shug‘ullanadigan ijro etu-
vchi hokimiyat organlari qaroriga tegishlidir. So‘nggi bosqichlarda
umummajburiy qarorlarning refleksif modelini ishlab chiqishdan uni
amaliyotga tatbig‘iga o‘tish harakati sodir bo‘ladi.
Davlat qarorlari realizatsiyasi amaliyoti ommaviy siyosatning
ikki jihati bilan chambarchas bog‘langan: ijtimoiy zaxiralar va insti-
tutsional usullar bilan tartibga solish, insonlarga rahbarlik qilishning
instrumental vositalari, ya’ni mamlakat siyosiy rejimining funksion-
allashuvi. U yoki bu ideal modellar va yo‘nalishlar, siyosiy fikrlar va
doktrinalar realizatsiyasining asosiy usullari amalda hamisha aniq
siyosiy harakatlar bilan bog‘langan.
F.Brayar va M.R.Jalili
QQQJ
ning tahlili metodini umumlashtir-
ib, 4 asosiy yondashuvni ajratdi.
Ulardan birinchisi ratsional tanlov modeli deb nomlanishi mum-
kin, uning doirasida qaror tanlovi milliy manfaat asosida yagona va
ratsional fikrlovchi rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar faraz qilinadi: a) qaror qabul qiluvchi qadriyatlar
yaxlitligi va ierarxiyasi haqida yetarlicha mustahkam tasavvurga ega
va ularni hisobga olib harakat qiladi; b) u o‘z tanlovining ehtimoliy
oqibatlariga ega; c)
QQQJ
qarorga ta’sir qilish qobiliyatiga ega har
qanday yangi axborot uchun ochiq.
Ikkinchi modelda yondashuv doirasida o‘rnatilgan amaliyotlarga
muvofiqlikda harakat qiluvchi hukumat tuzilmasi majmui ta’siri os-
tida qaror qabul qilinadi, deb faraz qilinadi. Qaror alohida fragment-
larga ajratiladi, hukumat tuzilmalarining tarqoqligi, ular tomonidan
axborotlarni tanlov xususiyatlari, bir-biri bilan o‘zaro munosa-
batlarining murakkabliligi, ta’sir va obro‘-e’tibor darajasidagi farqlar
- u yoki bu tanlov oqibatlarining tizimli baholanishiga asoslangan
QQQJ
uchun to‘siq hisoblanadi.
Uchinchi modelda qaror byurokratik ierarxiya va hukumat appa-
rati a’zolari o‘rtasidagi murakkab o‘yin natijasi sifatida ko‘rib chiqi-
ladi, ularning har bir vakili o‘z manfaatlari, o‘z qarashlari va davlat
tashqi siyosati ustuvorliklari to‘g‘risida o‘z tasavvuriga ega.
200
Nihoyat, to‘rtinchi yondashuvda shunga e’tibor beriladiki, ko‘p
hollarda
QQQS
murakkab muhitda mavjud bo‘ladi va noto‘liq, che-
klangan axborotga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ular u yoki bu tan-
lov oqibatlarini baholash imkoniyatiga ega emas. Bu sharoitda ularda
muammoni foydalanilayotgan axborotni o‘zgaruvchanlarning ko‘p
bo‘lmagan soniga nisbatan qo‘llash zaruriyati tug‘uladi.
QQQJ tahlilida tadqiqotchi u yoki bu ko‘rsatilgan yondashuvlarni
“sof ko‘rinish”da foydalanishdan chetda bo‘lishi zarur. Haqiqiy hayotda
ular tomonidan ta’riflangan jarayonlar turli-tuman birikmalarda namo-
yon bo‘ladi, bu birikmalarni o‘rganish, ulardan qaysi biriga aniq bir ho-
latda tayanish kerakligini va qaysi biri bilan birlashtirish kerakliligini
ko‘rsatish zarur. Qaror qabul qilish jarayoni tahlili ko‘pincha u yoki bu
muayyan xalqaro vaziyat, masalan, davlatlararo nizolar evolyutsiyasini
bashorat qilish uchun qo‘llaniladi. Bunda
QQQS
ga bevosita tegishli
omillargina emas, balki qaror qabul qiluvchi shaxs yoki instansiya salo-
hiyati (zaxiralar yig‘indisi) ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |