Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


xalqaro  davlatlararo  munosaba-



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

xalqaro  davlatlararo  munosaba-
tlarni 
o‘rganishning 
uch 
darajasi 
borligini 
tasvirlaydi: 
davlatlararo  tizim  darajasi,  davlat  darajasi  va  uning  qudrati, 
salohiyati (potentsial) darajasi. 
1971  yilda  D.Rozenau  o‘z  ichiga  tahlilning  olti  darajasini  olgan 
boshqa sxemani taklif qildi. 
1.  Siyosatning  “yaratuvchi”  individlari  va  ularning  xarakteristi-
kasi. 
2. Ular egallagan lavozimlar va bajarayotgan rollari. 
3. Ular harakat qilayotgan hukumat tuzilishi. 
4. Ular yashayotgan va boshqarayotgan jamiyat. 


 
 
72 
5.  Milliy  davlatlar  va  XMning  boshqa  ishtirokchilari  o‘rtasidagi 
munosabatlar tizimi. 
6. Jahon tizimi. 
Tahlilning  turli  darajalarini  aks  ettirgan  tizimli  yondashuvni  xa-
rakterlar  ekan,  B.Rasset  va  X.Starr  u  yoki  bu  darajaning  tanlanishi 
ma’lumotlar  mavjudliligi  va  nazariy  yondashuv  bilan  belgilanishini 
ta’kidlaydi. Shuning uchun bu metodni qo‘llashning har bir vaziyati-
da  bir  qancha  turli  darajalarni  topish  va  aniqlash  zarur.  Bunda  turli 
darajalardagi  tushuntirishda,  darajalar  bir-birini  inkor  qilishi  shart 
emas,  ular  bir-birini  o‘zaro  to‘ldirishi,  shu  yo‘l  bilan  bizning 
tushunishimizni chuqurlashtirishi mumkin. 
“XM  nazariyasi  asoslari”  o‘quv  qo‘llanmasi  mualliflarining 
hisoblashishicha, “XM nazariyasi  metodi  xalqaro  voqealar, jarayon-
lar,  muammolar,  vaziyatlarning  rivoji  va  harakatning  tizimli  tahlili 
bo‘lib, u tashqi siyosiy ma’lumotlar va habarlar, tadqiqot usullari va 
maxsus  usullar,  mavjud  bilimlar  yordami  bilan  amalga  oshiriladi”. 
Ularning  nuqtai  nazariga  ko‘ra,  bunday  tahlilning  boshlang‘ich 
nuqtasi bolib uchta tizim tadqiqi darajasi hisoblanadi: 
1.
 
Tarkib  darajasi  -  uni  shakllantiruvchi  elementlarining  ko‘p 
sonliligi. 
2.
 
Ichki tuzilish darajasi - elementlar o‘rtasidagi qonuniy o‘zaro 
aloqalar yig‘indisi. 
3.
 
Tashqi tuzilish darajasi - tizimning muhit bilan yaxlitlikdagi 
o‘zaro aloqalari yig‘indisi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan tizimli yondashuvning  afzalliklariga qara-
masdan,  bu  yondashuv  ko‘pgina  voqealarning  ilk  sabablarini 
tushuntirib  bera  olmaydi.  Bu  XMni  tushunish  uchun  juda  muhim, 
zotan, XMda doimo o‘zaro munosabatdagi turli voqeliklar, hodisalar, 
vaziyatlar  va  jarayonlar  sababiylikning  ko‘p  darajali  asosiga  ega, 
unda  tizimli  nazariyaga  to‘la  muvofiq  holda  yaxlitlik  miqdoran  va 
sifatan har doim o‘z tarkibidagi elementlaridan farq qiladi. 
Tizimli tahlil ijobiy natijaga erishgan ikki sohani aytish mumkin: 
bu-
strategiya  va  xalqaro-siyosiy  qarorlarni  qabul  qilish  jarayoni

Uning qolgan sohadagi hizmatlari hozircha anchagina kam. Gnoseo-
logik jihatdan bu holat shunday izohlanadi, murakkablikning ma’lum 
darajasiga erishgan hech bir tizim to‘liq anglanishi mumkin emas. Bu 
yerda B.Badi va M.K.Smuts  e’tibor qaratgan qarama-qarshilik kelib 
chiqadi: tizimli  yondashuv  -  tizim  holatini,  uning  elementlar biriku-


 
 
73 
vining turli usullari orqali aniqlash metodi, ammo tadqiqotchi oddiy 
tizimlarga  tegishli  doiradan  chiqishi  bilan  uning  xulosalari 
to‘g‘riligini ko‘rsatuvchi asoslar kamayadi. 
Bundan tashqari, XM fanida hozirgacha xalqaro tizim tuzilmasi-
ning umum qabul qilingan izohi yo‘q. Xalqaro hayotning zamonaviy 
realiyalari  yaqqol  siyosiy  realism  metodologiyasiga  asoslangan 
“kuchlar  muvozanati  konfiguratsiyasi”,  “ikki  qutblilik”  yoki  “ko‘p 
qutblilik”  kabi  cheklangan  miqdordagi  tushunchalarda  ifoda-
lanmoqda.  Sovet  blokining  qulashi  va  global  ikki  qutbli  tizimning 
halokati  “kuchlar  balansi”,  “qutblar”  kabi  an’anaviy  atamalar  bilan 
hal  qilinmaydigan  savollarni  oldingi  o‘ringa  olib  chiqmoqda. 
“O‘zimizniki”  va  “begona”,  ittifoqchilar  va  raqiblarni  ajratishning 
qat’iy  liniyasi yo‘qoldi, kichik davlatlar, mintaqaviy  o‘rta va buyuk 
derjavalar  harakatlarini  oldindan  aytish  imkoniyati  kamaydi.  Davlat 
mavjudliligiga  raxna  soluvchi  xilma-xil  xavflar  va  tahdidlar  soni 
ortdi,  yadro,  kimyoviy,  bakteriologik  qurollar  va  yangi  qurollarning 
boshqa  ko‘rinishlarini  tarqatishning  davom  etishi  bu  vaziyatni 
keskinlashtirdi.  Global  xalqaro  tizim  o‘z  struktura  transformatsiyasi 
va o‘zgaruvchan  muhitning o‘zaro ta’siri bilan aloqador chuqur qal-
qishlarni boshdan kechirmoqda. 
Lekin  XMni  tadqiq  qilishda  yanada  samarali  metodologik  yon-
dashuvning  yo‘qligi  sharoitida  xalqaro  siyosatga  tizimli  yondashuvni 
qo‘llash,  uning  yutuqlari  va  globalizatsiyalashayotgan  dunyo  hu-
susiyatlari,  jahon  hamjamiyatining  global  siyosiy  tizim  bilan 
o‘xshashligi hisobga olinganida o‘zini oqlaydi. Ayni paytda ushbu yon-
dashuvning sanab o‘tilgan kamchiliklarini hisobga olishda ehtiyotkorlik 
talab qilinadi. Ayrim hollarda bu, xalqaro tizimlar elementlarining sezi-
larli  avtonomlashishiga  tegishli  bo‘lib,  buning  natijasida  tizimning  bir 
darajasida  qilingan  umumlashmalarning  boshqa  darajaga  o‘tkazib 
bo‘lmasligiga  ham  oid.  Umuman  olganda,  uni  qo‘llashning  bir  qator 
keng  tarqalgan  qoidalarini  ajratish  mumkin.  Odatda,  tizimli  yondashu-
vdan  davlatlararo  munosabatlarni  o‘rganishda  foydalaniladi.  Ushbu 
yondashuv  o‘rganilayotgan  obyektni  (davlat,  ittifoqlar  yoki  davlatlar 
bloki)  mintaqaviy  va  submintaqaviy  kichik  tizim,  umumsayyoraviy 
(global) xalqaro tizim bilan o‘zaro aloqada ko‘rib chiqishni mo‘ljallaydi. 
XM  taraqqiyotidagi  yangi  tendensiyalarni  hisobga  olgan  tizimli 
yondashuv, shunday bo‘lsa-da, siyosiy realizmning asosiy holatlariga 
asoslanishni  davom  ettirmoqda.  Bu  holatga  ko‘ra,  buyuk  derjavalar 


 
 
74 
yoki  oliy  super  derjavalar  sonini  aniqlash,  hokimiyat  taqsimoti 
tahlili,  davlatlararo  nizolar  tahlili  va  boshqalar  talab  qilinadi. 
Ko‘pgina  vaziyatlarda  kuchlar  munosabati  konfiguratsiyasi,  aktorlar 
ierarxiyasi, tarkibning gomogenligi yoki geterogenligi, xalqaro tizim 
“rejimi”ning aniqlanishi tahlil asosi hisoblanadi. 
Tizimli  yondashuvning  u  yoki  bu  darajasining  tanlovi  mavjud 
ma’lumotlar va nazariy yondashuv, analiz obyekti va predmeti bilan 
belgilanadi. 
Xalqaro  siyosiy  hayotning  murakkabligi  va  biryoqlama  emas-
liligi hamda bu holat bilan bog‘liq holda chegaralangan tizimli yon-
dashuvni  XM  tahlilining  boshqa  yondashuvlari  bilan  birgalikda 
qo‘llashni  talab  qiladi.  Bu  yerdan  uning  boshqa  quyidagi  metod-
ologik yondashuvlar bilan faol o‘zaro munosabat (tadqiqot vazifalari 
va  tadqiqot  obyektiga  bog‘liq  holda)ga  kirishishi  nazarda  tutiladi: 
ijtimoiy, 
iqtisodiy, 
an’anaviy-tarixiy,  strukturaviy-funksional, 
madaniy,  institutsional,  harbiy-strategik  va  developmentalistik  yon-
dashuvlar. Bu yo‘l bilan tadqiqot xulosalarining ishonchliligi va val-
idlik darajasi orttiriladi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish