Strategik tahlilning asosiy tushunchalari va kategoriyalari
Davlat tashqi siyosati tahlilidagi asosiy metod strategik tahlil
hisoblanadi. Ushbu metod konsentrlangan shaklda xalqaro siyosat-
ning barcha asosiy kategoriyalari va tushunchalarini o‘z ichiga oladi,
unga e’tibor qaratmasdan tashqi siyosiy tahlilni amalga oshirib
bo‘lmaydi. Ularni qisqa shaklda takrorlab o‘tamiz.
Davlat tashqi siyosatini tahlil qilishning asosiy muhim element-
laridan biri uning tashqi siyosiy maqsadlari, manfaatlari va vositala-
rini aniqlash hisoblanadi.
XMning ko‘pchilik tadqiqotchilari maqsadni harakatning mo‘l-
jallangan (istalgan) natijasi, deb ta’riflashadiki, bunda ayni natija
maqsadning sabablari (undovchi motivi) sifatida maydonga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |