Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llanilgan.
Garovga ushlab turilgan shaxs-qo'lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini,xalqaro tashkilotlarni, ayrim shaxslarni biron-bir xarakat sodir etishga majbur qilish maqsadida terrorchilir tamonidan qo'lga olingan shaxs.
Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxs.
Terrorizm- jahondagi tinchlik barqarorlik va taraqqiyotning dushmani.
Bizning tushunchamizdagi terrorizm Yevropa XVIII asrda siyosiy saxnaga chiqqan bo'lsa Islom dunyosida dastlab VII asrning 2-yarmida, diniy, mafkuraviy jixatdan 3 ta asosiy yo'nalish- xorijiylik, sunniylik, shiyalik paydo bo'lishidan boshlandi desak xato bo'lmaydi.
Talaba yoshlar hozirgi kunda biz uchun katta tashvishga sabab bo'layotgan vaxobiylar oqimi XVII va XX asrda tashkil etilgan «Xizbut-Taxrir al-Islomiy» firqasi to'g'risida aniq tassavurga ega bo'lishi lozim. Bu oqim va firqa tarafdorlari zamon talablarini pisand etmasdan, ko'r-ko'rona o'z maslaklariga yetishib olgan holda qilayotgan ishlar, targ'iboti dinimiz, uning butunligiga, birligiga, musulmonlarning ezgu ishlariga, tinch-totuv yashashlariga raxna solmoqda.
Mustaqilligimiz qo'lga kiritilgan vaqtdan boshlab eng katta xavf bu yon qo'shnilarimiz bo'lgan Afg'oniston va Tojikistonda ro'y bergan qonli voqealar ta’siri bizga ham o'tmaydi degan kafolatning yo'qligida edi. SHuning uchun ham aksilterror operatsiyasida ishtiroki xususida O'zbekiston o'z pozitsiyasini aniq bayon qilib berdi. Bunda O'zbekiston Afg'onistondagi Terrorizm, uning bazalarini tag-tomiri bilan yo'qotish, bu xavf-xatarni mintaqada yo'q qilish xarakatini qo'llab-quvvatlaydi. Biz koalitsiyada emasmiz, koalitsiya deganda talaba yoshlar - xalqaro terrorizmga qarshi kurashuvi, harbiy xujumlarni aviatsiya va piyoda qo'shinlarni xarakatga keltirishga tayyor bo'lgan AQSH, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa davlatlarni tushunish kerak.
Bir necha yil davomida terrorizmga qarshi kurashish, Afg'onistondagi murakkab vaziyat xususida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov xalqaro jamiyatga tinmay murojat qilib kelgan edi. CHunki, sobiq SSSR parchalanish natijasida siyosiy kuchlarning jahoniy qarama-qarshiligi barham topgan bo'lsada dunyoda tinchlik, barqarorlik xali mo'rt, murakkab va muammoli bo'lib qolaveradi.
Bugungi kunda Germaniya poytaxtidagi kelishuv asosida Afg'oniston muvaqqat xukumati tuzildi. Bu xukumat olti oydan keyin to'planadigan xalq vakillari majlisi - jirg'agacha ishlaydi. Ushbu Jirg'adan so'ng Afg'onistonda tashkil topilgan xukumatlar qanday bo'lishidan va kimlardan tashkil topishidan qathiy nazar, eng avvalo, Afg'on xalqining oddiy odamlarning manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |