Halollik, sabr-qanoat, ishonch, himmat, bardoshlilik, xushxulqlilik



Download 483,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.01.2022
Hajmi483,9 Kb.
#349850
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijiy va milliy tarbiya tizimlari

Ota-onani iiurmatlash borasida:

Otaga itoat qilish-Tangriga inoat qilishdir. Uning oldida gunoh 

qilish-Tangri  oldida  gunoh,  qilish  bilan  barobardir.  Ota-onasi 

qarg‘aganni - Tangri qarg‘aydi.

Bu haqida buyuk allomalarimizning fikrlari ham ibratlidir:

Masalan: A.Navoiy:

Boshni fido ayla Ato qoshig'a,

Jismni qil sadqa Ano boshig‘a..,



Ustozni hurmatlash borasida;

Haq yoiinda kim sanga bir harf o‘rgatmish ranj ila, 

Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila..,

Odob baqida:

“Odobli  garchi barcha kishilardan yaxshidir,  hamma haloyiq- 

dan yoqimlidir. Odobli o‘z tengqurlari orasida bir-biriga matonatli 

bo‘ladi, kattadan-kichik orasida yaxshi ko‘rinadi.

Saxiylik  qilmay,  elni  shod  qiladi  va  bir  narsa  xadya  qilmay 

kishini  g‘amdan  ozod  qiladi.  Odob  kichik yoshdagilarni  ulug'lar 

duosiga  sazovor  etadi  va  duo  barakati  bilan  imirbod  baxramand

244



bo‘ladi.  Odob  kichkinalar mehrini  ulugiar ko‘ngliga  soladi  va u 

muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi”.

З.МИИу tarbiyaning o‘ziga xosligi va mezonlari

Xalqimiz  azal-azaldan  axloqiy  fazilatlarga  boy  bo'lgan.  Ota- 

boboladmiz  farzand  o‘stirar  ekanlar,  ulaming  xulq-atvorlariga, 

gap-so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqi- 

da  fikrlashib,  o‘z  maqsadlarini  qanday  so‘zlar  bilan  tushunti- 

rishlariga katta  ahamiyat  berishgan.  Ular  farzandlarining  qo‘rslik 

qilishi,  kattalar  suhbatiga  aralashishi,  nojo‘ya  ishlariga  zinhor va 

zinhor yo‘J  qo‘ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng 

muhim  tomoni  deb  qaraganlar.  Ammo,  ming  taassufki,  yaqin 

tariximizda  sharqona tarbiya,  axloq-odobning ming  yillik  tajriba- 

lardan “estetik sarqiti” deb voz kechdik, o‘zligimizni unutayozdik. 

Axloqsizlik,  hayosizlik,  ichkilikbozlik,  qadimiy  merosimizdan 

nafratlanish asosida ko‘rilgan “yangi ahloq” zo‘rlab targ‘ib qilindi. 

Bu  “ovro‘pocha  odob”ning  samarasini,  xalqimiz  boshiga  solgan 

kulfatlarini,  ma’naviyatimizga  yetkazgan  zararlarini  bugun 

hammamiz ko‘rib turibmiz.

Sharqona  odob  ming  yillar  mobaynida  islomiy  tarbiya 

qoidalari  asosida  tarkib  topib,  takomillashib  borganligi  tarixdan 

ma’lum.

Odamzod  dunyoga  kelibdiki,  mudom  mukammal  timsol 

axtaradi, komillikka intilib, rahiy najot yo‘lini qidiradi.  Shu orzu- 

intilish  samarasi  o‘laroq,  ma’naviyat bobida  beqiyos  kashfiyotlar 

qilingan. Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga 

yetishini  ko‘zda  tutadi.  Komillik  bu  -   insonning  Yerda  qilgan 

hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan sug‘orilishidir.

0 ‘zbek xalqi o‘z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlami 

voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asarlar 

davomida  aql-  zakovatga,  qomusiy  bilim  va  qobiliyatga  ega 

bo‘lgan  Az-Zamaxshariy,  Abu  Rayhon  Beruniy  va  Al-Forobiy, 

Abu  Ali  ibn  Sino  va  Ai-Xorazmiy,  Amir  Temur  va  Ulugbek, 

Alisher  Navoiy  va  Bobur,  Qgahiy  kabi  komil  insonlar  yetishib 

chiqdi  va  olamga  tanildi.  Ular  tufayli  xalqimiz  mag‘rur  yashadi,



245


mehnat qiladi, doimo hurriyat va erk sari intildi.  Bizga ma’lumki, 

Abu Ali  ibn Sno buyuk qomusiy olim  sifatida tibbiyot, riyoziyot 

(matematika),  falakkiyot,  fizika,  kimyo,  biologiya,  dorishunoslik, 

ruhshunoslik, fiziologiya, fflologiya, falsafa, axloq va badantarbiya 

kabi  ko‘plab  fanlaming  yetuk  bilimdoni  bo‘lgan.  Uning  aql- 

zakovati, yaratgan asarlari 0 ‘rta Osiyodagina emas, balki Sharq va 

G’arbiy Ovro‘po mamlakatlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. U 

har tomonlama komillik darajasiga yetgan ulug inson bo‘lgan. Abu 

Ali ibn Sino yigirma to‘rt yoshida ilmlaming hammasidan xabardor 

bo‘lib, Buxoroda olimlar bilan bo‘lgan baxsda ularni mot qilganligi 

ma’lum.  Bunday  muvaffaqiyatga  olim  kamolotga  erishganligi 

tufayli muvafFaq bo‘lgan edi.

Abu  Ali  ibn  Sino  o ‘z  hayoti  va  faoliyati  davomida  doimo 

ezgulikka  intilgan  komil  inson  bo‘lgan.  Uning  nomi  va  asarlari 

hamisha tillardan-tillarga, dillardan-dillarga o‘tib yuraveradi.

Inson komilikka intilar ekan, zinhor bu intilishning oxiriga yeta 

olmaydi.  Shu  bois,  men  komilman,  kamolotga  erishdim,  degan 

odam xato  qiladi.  Inson o‘z faoliyati mobaynida,  nuqson va kam- 

chiliklarga ham yo‘l qo‘yadi. Ammo shu nuqson-u kamchiliklarini 

tushunib,  tuzatib  ularni  takrorlamaslikka  harakat  qiladigan  kishi 

barkamol insondir. Bu haqda Alisher Navoiy shunday degan: 

Nokis uldirkim, o‘zin komil degay,

Komil ulkim, nuksin isbot aylagay.

Inson  kamolotiga  chek-chegara  yo‘q.  Muttasil  kamolot  sari 

intilmoq -   taraqqiyot boisidir.  Kishi  umrini baland himmat bilan 

boyitmogH shart. Yuksak maqsadlar sari intilmoq, insoniyatga naf 

yetkazib  yashashni  hayotning  mazmuni  deb  bilmoq  -  himmat 

balandlikdan  nishonadir.  Alisher  Navoiy  bu  xususda  bunday 

degan:

Birovkim, anga himmat uldi baland,



Erur olam ahli aro arjumand 

Ani, anga mufliski yuk himmati,

Chu yuk ximmati, yuk aning hurmati.

0 ‘tmish  ma’naviy  merosimiz  komil  inson  g‘oyasi  bilan 

charog‘on. Hazrat Alisher Navoiy dostonlarining har biri komillik- 

ning o‘ziga xos mezonidir. Darhaqiqat, Navoiy asarlarining har bir



246


sahifasi,  misrasi  va  xulosasida  ana  shu  mezon  zo‘r  kuch  bilan 

tashviq etila boradi. Chunonchi, buyuk shoiming “Arba’in” asarida 

quyidagi hikmat, ayniqsa, muhimdir:

El aro yaxshiroq, deding, kimdur,

Eshitib shubha ayla raf andin.

Yaxshiroq bil ana ulus arokim,

Etsa ko‘proq ulusga naf andin.

Ya’ni,  el  orasidagi  eng  yaxshi  odam  ~  ulusga  (xalqqa)  ko‘p 

foyda  yetkazgan  kishidir.  Inson  koinotdagi  barcha  mavjudotlar 

ichida  hammadan  ulug‘i  hisoblanadi.  Uning  kamoloti  oldida  aql 

hayron  qoladi,  chunki,  inson  haqiqat  haqida  chuqur  o‘ylaydi. 

Kamolot yo‘liga chiqish uchun u asta-sekin o‘zligini izlaydi, olimni 

tanlaydi.  Alisher  Navoiy  „kaniol  et  kasbkim“  deya  da’vat 

qilganlarida komillik uchun zarur juda ko‘p xususiyatlami nazarda 

tutgan.  Kishi  o‘zini  xirs-ta’ma,  nafs,  g‘aflat,  nodonlik  singari 

mayllardan poklansa, hech payt komil bo‘la olmaydi. „Olam uyi“da 

yashash -  uning  fuqarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning 

jahon  farzandi  mavqega  ko‘tarilishini  xohlagan.  Xuddi  shu 

mavqeni esa kamolotning oliy cho'qqisi deb bilgan.

Navoiy o‘z davrida komil  insonlami  „ahli  ma’ni“ deb bilgan. 

5yAhli  ma’ni“  bu  fikrli  odamlardir.  Fikrsiz  haloyiqning  ongida 

ma’ni  chuqurligi bo‘lmaydi. Fikrlash -  haqiqatni anglashdir. „Ahli 

ma’ni“ deganda oqil va dono, kamtar va olijanob. haqiqatparvar va 

fidoiy kishilami tushunish kerak.  Bunday fazilatlarga ega bolgan 

kishilaming  tafakkur  qilishi  keng  bo‘ladi.  Chunki  ular  aql  oddiy 

so‘z va tushunchalardan emas, balki diyonat, adolat, insof, iymon, 

ishq, dard tuhfalaridan kamol topgan bo‘ladi. Inson go‘za.l xislatlar, 

yaxshi  fazilatlar,  nurdek  pokiza  umid-niyatlar bilan komillikka -  

kamolotga  intilib  boradi.  Hayotning  hamma  achchiq-chuchugini, 

bulardan  namuna-yu  ibrat  olib,  yashash  va  yaratish  iqtidoriga 

erishadi;  inson  minglarcha  yillar  mobaynida  boshidan  kechirgan 

barcha  tajriba-saboqlaridan  xulosa  chiqarib,  munawar  yoiga 

chiqqan.  Dunyoda  insonga  tuhfa  etilgan  aql  ne’mati  shunday 

qudratli  kucliki,  u  bilan  odam  o‘zini  istagan  holatda  tarbiya  eta 

oladi, har qanday azob-mashaqqatni, har qanday  yomonlikni, eng 

murakkab  muammolarni  ham  aql  ne’mati  bilan yengadi  va hai



247


etadi. Ruhiy kamolot odam qalbida ezgulikning yuksak koslionasini 

yaratadi.  Aql-zakovatning  kamoli  o‘qish,  o‘rganish,  tahlil  etish. 

idora qilish, e’tiqod qilish, hayot tajribasini egallash bilan ro‘yobga 

chiqadi.  Yosh  niholning  basavlat  daraxtga  aylanishi  parvarishga 

bog‘liq bo‘lganidek, odam bolasining komil inson bo‘Iib yetishishi 

uchun 



Download 483,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish