Halollik, sabr-qanoat, ishonch, himmat, bardoshlilik, xushxulqlilik



Download 483,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana11.01.2022
Hajmi483,9 Kb.
#349850
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorijiy va milliy tarbiya tizimlari



halollik, sabr-qanoat, ishonch, himmat, bardoshlilik, xushxulqlilik, 

muloyimlik,  latiflik,  marhamat,  to‘g‘rilik,  shukur,  vafo,  saxiylik, 

sadoqat, sabotlilik, kamtarlik, viqorlilik, salohiyat, hayo, tejamkor- 

lik,  sir  saqlash  va  shu  kabilar  jamiyat  ma’naviy  taraqqiyotini 

beigilovchi axloqiy ma’naviy omillar tarzida namoyon bo'ladi.

Musulmon ma’naviy olamida iymon talablariga zid noaxioqiy 

xususiyatlar  keskin  qoralanadi  va  huquqiy  qonunlar  bilan  man 

etiladi. Hadislarda taqiqlangan bunday salbiy xususiyatlami ba’zan 

“gunoh” ham deb yuritiladi. Bunday salbiy xususiyatlar jumlasiga: 

o‘g‘riIik, zino, hayosizlik, munofiqlik, yolg‘on so‘zlash, bevafolik, 

kek  saqlash,  nopoklik,  riyokorlik,  xusumat,  nohaqlik,  hasad, 

nodonlik,  qotillik,  fitna,  yolg‘onchffik,  g'iybat,  ochko‘zlik,  tama- 

girlik, isrofgarchilik, itoatsizlik,  bid’at, xurofot, chaqimchilik, kibr, 

gina,  adovat,  hiyonat,  baxillik,  zulm,  maqtanchoqlik,  ikkiyuzla- 

machilik, takabburlik, manmanlik,  shuhratparastlik,  shoshqaloqlik 

va boshqalar kiradi.

Sharq  mutafakkirlari  dunyoviy  bilim  bilan  bir  qatorda  diniy 

bilimni o‘zlari egallagan holda, umuminsoniy qadriyat tarzida har 

bir insonda uning mazmun va mohiyatidan voqif bo‘lish kerak, ilm 

olib  aqliy  kamol  topish  kishining  yoshligidan  va  umrining 

oxirigacha  davom  etmog‘i  lozim  degan  g'oyani  ilgari  suradilar. 

Barcha  guruhdagi  ma’naviy  qadriyatlaming  mohiyatida  eng  oliy 

tuyg‘u- insonparvarlik yotadi. Insonparvarlik qadriyati mazmunida 

musibatli  kishiga  hamdard  bo‘lish,  keksalarga,  muhtojlarga. 

ayolmandlarga  yordam  berish,  hojatbarorlik  qilish,  andishalik, 

vazminlik, samimiylik, kamtarlik kabi  yuksak fazilatlar yotadi.

A.Navoiy nazdida ta’ma aralashgan yaxshilik, hikmat, himmat 

insonning  ma’naviy  hissiyotiga  salbiy  ta’sir  etuvchi  holatdir. 

Ta’masiz yaxshilik qilish, bu -  saxiylikdir. Odamgarchilikning eng 

yuksak  belgisi  saxiylik  va  himmatdir.  Demak,  insonparvarlik 

qadriyatining  mohiyatida  samimiy  hojatbarorlik  tushunchasi 

yotadi.  Yuksak  insoniylikning  o‘lchovi  burch  va  vijdon 

hisoblanadi. Shu boisdan  sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, 

ota-ona,  ustoz,  xalq,  farzand  burchi  haqida  olg‘a  surilgan  g‘oya- 

laming asosini insonparvarlik tashkil etadi.

Mehnat awalo insonning moddiy ehtiyojini qondirish, qolaversa



238


ma’naviy  ongini  shakllantirishning  muhim  omili  hisoblanadi. 

Mehnatsevarlik  qadriyatining  mohiyatini  aqliy  va jismoniy  ijodiy 

munosabat  ongli  va  halol  mehnat  qilib,  jamiyatning  moddiy  va 

ma’naviy rivojlanishiga ta’sir  etish,  mehnat  natijalaridan rohatlana 

bilish,  o‘zgalar  manfaati  uchun  mas’uliyatni  his  etish  kabi 

tushunchalar yotadi.

Yu.X.Xojib  mehnat jaryonida shoshmasdan  ishlash,  sabrli va 

ehtiyotli bo‘lish kerak deb ta’kidlaydi.

Sharq mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida  ma’­

naviy  madaniyatni  shakllantirishning  shakl,  usul  va  vositalarini 

umumlashtirilgan holda bayon  etdilar.  Chunki  o‘rta  asr pedagogik 

fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning insoniy  shakl va usullariga 

tayangan.  Ta’lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo‘lib hi- 

soblangan  edi.  Bu  qoida  ayniqsa  Ibn  Sinoning  tibbiy  risolalarida, 

“Donishnoma”  asarida,  Kaykovusning  “Qobusnoma”,  Yu.X.Xojib- 

ning “Qutadg‘u bilig”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston”, A.Navoiy- 

ning  “Hayrat-ul  abror”,  “Mahbub  ul-qulub”  asarlariga  bevosita 

taaluqlidir.

Bir so‘z bilan aytganda,  mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy 

qadriyatlami  umuminsoniy  qadriyatlar  doirasida  talqin  etdilar  va 

targ‘ib  qildilar,  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotida 

ma’naviy omillami yuksak baholadilar.

Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qad­

riyatlar  ruhida  tarbiyalash  zamon 



talabi

  bo‘lib  kelmoqda.  В uning 

uchun esa ta’lim tizimining barcha bo4g‘inlarida jumladan  umumiy 

ta’lim maktablarida xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ti- 

liga, diniga, ruhiyatiga asoslanib kelajakka ishonch, mehr-oqibat, in- 

sof,  sabr-qanoat,  adolat,  ma’rifat,  insonparvarlik,  iymon,  e’tiqod, 

mehnatsevarlik  tuyg‘ularini  har  bir  yosh  ongiga  singdirish  talab 

etiladi.



Download 483,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish