Халкаро шартномалар хукуки


    6.3. Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib qo’yilishi



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   185
107 
 
6.3. Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi, to’xtatib qo’yilishi 
 
Odatda,  xalqaro  shartnomada  belgilangan  tartibda  xalqaro 
shartnoma bekor qilinishi, tomonlardan birining  milliy  manfaatlariga  mos 
kelmagan,  yoki  uning  normalarini  bajarishning  imkoni  bo’lmagan,  kabi 
sharoitlarda  xalqaro  shartnoma  bekor  qilinishi  yoki  shartnoma 
tomonlaridan biri uchun bir tomonlama tarzda to’xtatib qo’yilishi mumkin. 
O’zbekiston  Respublikasining  “Xalqaro  shartnomlari  to’g’risida”gi 
Qonunning 
41-moddasida 
O’zbekiston 
Respublikasi 
xalqaro 
shartnomalarining  amal  qilishini  to’xtatib  turishni  tartibga  solish  bilan 
bog’liq  normalar  o’z  aksini  topgan.  Jumladan,  unda,
 
O’zbekiston 
Respublikasi  xalqaro  shartnomalarining  amal  qilishini  to’xtatib  turish 
shartnomaning  o’zidan  kelib  chiqadigan  shartlar  va  xalqaro  huquq 
normalariga 
binoan 
O’zbekiston 
Respublikasi 
uchun 
xalqaro 
shartnomaning  majburiy  ekanligiga  rozilik  to’g’risidagi  qarorni  qabul 
qilgan  organ  tomonidan  amalga  oshirilishi,  ko’zda  tutilgan.  Shuningdek, 
O’zbekiston  Respublikasi  xalqaro  shartnomasi  amal  qilishining  to’xtatib 
turilishi,  agar  shartnomada  boshqacha  hol  nazarda  tutilmagan  yoki  uning 
o’zga  ishtirokchilari  bilan  boshqacha  kelishilmagan  bo’lsa,  O’zbekiston 
Respublikasini  shartnoma  to’xtatib  turilgan  muddat  davomida  uni 
bajarishni  o’z  zimmasidan  soqit  qiladi.  Qonunning  42-moddasida 
O’zbekiston Respublikasining
 
idoralararo shartnomalarining amal qilishini 
to’xtatish  va  to’xtatib  turish  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati 
belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, uning asosida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 yanvardagi 
15-son  qarori  bilan  “O’zbekiston  Respublikasining  idoralararo  tusdagi 
xalqaro  shartnomalarini  tuzish,  bajarish,  to’xtatib  turish,  to’xtatish  va 
bekor qilish tartibi” ishlab chiqilgan.  
Xalqaro  shartnomaning  bekor  qilinishi  yoki  undan  chiqish 
shartnoma qoidalariga muvofiq yoxud ishtirokchilarning kelishuvi asosida 
amalga oshiriladi. Ko’pchilik hollarda xalqaro shartnoma muddati va ijrosi 
yakuniga  yetishi  natijasida  bekor  qilinadi.  Ijro  faktini  tomonlar  yuridik 
jihatdan rasmiylashtiradilar. 
Xalqaro  shartnomaning  amal  qilish  muddatining  tugashi,  boshqa 
shartnomani kuchga kirishi bilan ham bog’lab qo’yilishi mumkin.  
Misol  uchun,  2012  yilnng  20  sentyabridan  imzolangan  O’zbekiston 
Respublikasi  Hukumati  bilan  Koreya  Respublikasi  Hukumati  o’rtasida  turizm 
sohasida  hamkorlik  qilish  to’g’risida”gi  bitimning  14-moddasining  2-bandida 
mazkur  bitimning  kuchga  kirishi  boshqa  bitimning  amal  qilishini  tugatilishiga 


108 
 
bog’lab  qo’yilmoqda,  ya’ni,  unga  ko’ra:  “Mazkur  bitim  kuchga  kirgan  sanadan 
boshlab  1995  yil  16  fevralda  imzolangan  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati  va 
Koreya  Respublikasi  Hukumati  o’rtasida  sayyohlik  sohasida  hamkorlik  qilish 
to’g’risida O’zaro tushunish memorandumining amal qilishi tugatiladi”. 
2012  yil  11  iyulda  imzolangan  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati  bilan 
Irlandiya  Hukumati  o’rtasida  ikki  yoqlama  soliq  solinishiga  yo’l  qo’ymaslik  hamda 
daromad  va  mol-mulk  solig’ini  to’lashdan  bosh  tortishning  oldini  olish  to’g’risida 
konvensiyaning  30-moddasida  Konvensiyaning  amal  qilish  vaqtini  tomonlarning 
birida  Konvensiyaning  kuchi  to’htalgunigacha  davom  etishiga  bog’lab  qo’yilgan. 
Shuningdek,  unda,  “Har  bir  Ahdlashuvchi  Davlat  Konvensiya  kuchga  kirgan 
sanadan  5  yil  o’tgandan  so’ng  boshlanadigan  har  bir  kalendar  yili  tugashidan 
kamida olti oy oldin amal qilishni to’htatish to’g’risida diplomatik kanallar orqaliri 
habar  berish  yo’li  bilan  Konvensiyaning  amal  qilishini  to’htatishi  mumkin”ligi 
belgilab qo’yilgan
1
.  
Aksariyat  xalqaro  shartnomalarda  denonsatsiya,  ya’ni  shartnoma 
harakatini  unda  ko’rsatilgan  tegishli  shartlar  asosida  bir  tomonlama 
to’xtatish to’g’risidagi qoidalar mavjud bo’ladi.  
Misol  uchun,  “Harakatdagi  armiyalarda  yaradorlar  va  bemorlarning 
qismatini yaxshilash to’g’risida”gi I-Jeneva konvensiyasining 63-moddasiga binoan, 
Konvensiya  tomonlarining  har  birining,  Shveytsariya  Federal  Kengashiga  yozma 
bayonot berishi yo’li bilan, bu hujjatni denonsatsiya qilish imkoniyatiga ega ekanligi 
mustahkamlab qo’yilgan.  
Odatda,  xalqaro  shartnomada  denonsatsiyaning  qachon  kuchga 
kirishi bilan bog’liq qoida ko’rsatib o’tiladi.  
Alohida  qayd  etish  lozimki,  barcha  xalqaro  shartnomalarda  ham, 
“denonsatsiya” atamasi ishlatilavermaydi.  
Misol  uchun,  “Shanxay  Hamkorlik  Tashkilotining  a’zo-davlatlari  o’rtasida 
Mintaqaviy  antirerror  tuzilmani  tashkil  etish  to’g’risida”gi  bitimning  26 
moddasining  uchinchi  xat  boshisiga  binoan,  har  qanday  tomon,  Bitimdan  chiqishi 
mumkin,  buning  uchun  u,  chiqish  kuniga  12  oy  qolgan  muddatda,  depozitariyga, 
Bitimdan  chiqishi  to’g’risidagi  yozma  bildirishi  lozim.    Depozitariy  esa,  bildirishni 
olgandan  so’ng  30  kun  ichida,  bu  to’g’rida  boshqa  Tomonlarni  habardor  qilishi 
kerak
2
.  
Xalqaro shartnoma harakatini unda ko’rsatilmagan shartlar tartibida, 
huquqiy  normalarga  muvofiq  ravishda,  bir  tomonlama  bekor  qilish 
(annulirovanie)  kuchdan  qoldirish  deb  ataladi.  Xalqaro  huquqda  buning 
uchun quyidagi asoslar nazarda tutilgan: 
                                                 
1
 Ўзбекистон Республикаси ҳукумати билан Ирландия Ҳукумати ўртасида икки ёқлама солиқ солинишига йўл 
қўймаслик  ҳамда  даромад  ва  мол-мулк  солиғини  тўлашдан  бош  тортишнинг  олдини  олиш  тўғрисида 
конвенция. Дублин, 2012 йил 11 июль. 
www.lex.uz
.  
2
  Соглашение  между  государствами  -  членами  Шанхайской  Организации  Сотрудничества  о  Региональной 
антитеррористической структуре. Санкт-Петербург, 7 июня 2002 г. 
www.lex.uz
.  


109 
 
birinchidan,  shartnomaning  boshqa  ishtirokchilar  tomonidan 
buzilishi; 
ikkinchidan, shartnomani ijro etishning imkonsizligi; 
uchinchidan,  shartnoma  tuzilgan  vaziyatning  tubdan  o’zgarib 
ketishi; 
to’rtinchidan, shartnomaga zid keluvchi yangi imperativ normaning 
paydo bo’lishi.
1
 
To’xtatib  qo’yish  shartnoma  harakatining  vaqtincha  to’xtatilishidir. 
U  shartnomaga  muvofiq  ravishda,  ishtirokchilar  roziligi  bo’yicha, 
shuningdek  xalqaro  huquq  asosida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Keyingi 
holda shartnomaning jiddiy ravishda buzilganligi va uni bajarish vaqtincha 
imkonsiz  ekanligi  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  To’xtatib  qo’yish 
ishtirokchilarni  shartnomani  bajarish  majburiyatidan  vaqtincha  muddatga 
ozod  etadi,  orttirilgan  huquq  va  majburiyatlarga  ta’sir  ko’rsatmaydi. 
Ishtirokchilar  shartnomaning  qayta  kuchga  kirishiga  xalal  beruvchi 
harakatlardan tiyilishi shart. 
Keyingi  vaqtda,  odatda,  xalqaro  huquqni  buzganlik  uchun  jazo 
sifatida  xalqaro  tashkilotlar  qarorlari  asosida  shartnomalarning  bekor 
qilinishi  va  ular  harakatining  to’xtatib  qo’yilishi  bilan  bog’liq  hollar 
ko’plab  uchramoqda.  Buni  davlatning  xalqaro  tashkilotdan  chiqarilishi 
mumkinligi 
misolida 
ko’rish  mumkin.  Ishtirokchilarning  o’zaro 
kelishuviga muvofiq, shartnomadagi, masalan, MDHni tuzish to’g’risidagi 
bitimdagi  ayrim  qoidalarni  to’xtatib  qo’yish  yoki  bekor  qilish  hollariga 
yo’l qo’yiladi. 
Qurolli 
mojaro 
o’z-o’zidan 
barcha 
ikki 
tomonlama 
shartnomalarning bekor qilinganligini anglatmaydi. Buni hal etish  mojaro 
ishtirokchilarining  xohish-irodasiga  bog’liqdir.  Urush  tufayli  siyosiy 
mazmun  kasb  etgan  va  mojaro  tabiatiga  muvofiq  kelmaydigan 
shartnomalar barham topadi.  
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish