206
Xalqaro shartnomani parafirlash – vakolat berilgan shaxslarning
ismi va otasining ismini qo’ygan holda xalqaro shartnomalarni umuman
yoki bir qismini dastlabki imzolash.
Xalqaro shartnomani prolongatsiya qilish (lot. prolongare –
uzaytirish) – xalqaro shartnomaning amalda bo’lishini, uning muddati
tugagunicha shartnoma muntazamligini ta’minlash maqsadida uzaytirish.
Xalqaro shartnomani promulgatsiya qilish – xalqaro shartnomani
davlat ichida belgilangan tartibda e’lon qilish.
Xalqaro shartnomani reviziya qilish – xalqaro shartnomaga
tuzatishlar kiritish yoki uni o’zgartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: