1 KAZUS. O’zbekiston Respublikasi va Qozog’iston Respublikasi o’rtasida iqtisodiy
hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama idoralararo shartnoma tuzildi. Muzokaralar olib
borilganidan so’ng xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risidagi taklif O’zR
Oliy Majlisiga 01.03.2015 yilda kiritildi. Mazkur xalqaro shartnomani ratifikatsiya
qilish to’g’risida taklif Oliy Majlisga kiritilgan paytda Oliy Majlisning yalpi majlisi
o’tkaziladigan sana 28.03.2015. ga belgilangan edi.
Mazkur vaziyatda Qozog’iston Respublikasi shartnomani ratifikatsiya qilishga
ko’p vaqt ketishi, bu paytda o’ziga ko’p zarar yetishini va o’zining “Xalqaro
shartnomalar to’g’risida”gi Qonunining 5- va 13-moddalariga muvofiq Qozog’iston
Respublikasining Prezident va Hukumati Parlamentga xalqaro shartnoma tuzish
to’g’risida taklif kiritganidan o’n to’rt kundan kechiktirmay o’z taklifini bildirishi
lozim hisoblanadi deb shartnomani o’n to’rt kun ichida ratifikatsiya qilish talabini
O’zbekistonga qo’yadi.
1. Xalqaro idoralararo shartnomalar nima? O’zbekiston Respublikasida qaysi
sub’ektlar xalqaro shartnomar tuzish vakolatiga ega hisoblanadi?
2. O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to’g’risida”gi qonuniga
ko’ra xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risida takliflarni kimlar kiritishi
mumkin?
3. Mazkur vaziyatda xalqaro shartnoma qay tarzda ratifikatsiya qilinadi?
Qozog’iston Respublikasining talabi asoslimi?
2 KAZUS. O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati
o’rtasida madaniy sohasida hamkorlik to’g’risida 2005 yilda shartnoma imzolash
bo’yicha muzokaralar olib borildi. Shartnomani imzolash davomida shartnomaga
qanday nom berish va shartnoma tili to’g’risidagi masala borasida tomonlar bir
to’xtamga kela olmadi.
Ya’ni shartnomaga nom berishda O’zbekiston bu shartnomani bitim deb
nomlashni taklif qildi, Hindiston esa bu shartnomaga keyinchalik boshqa manfaatdor
davlatlarni qo’shish mumkin deb shartnomani kelishuv yoki konvensiya deb
nomlashni taklif qildi.
Shartnomaning tili masalasida esa, O’zbekiston Hindiston tili tushunarsiz,
shuning uchun 25.12.1995 yildagi “O’zbekiston Ruspublikasining xalqaro
shartnomalar to’g’risida”gi qonuniga ko’ra uchinchi til sifatida rus tilini tanlaydi.
Hindiston esa ham o’zbek tili, ham rus tiliga rozi bo’lmagan holda shartnomaning tili
sifatida ingliz tilini tanlaydi.
1. O’zbekiston Respublikasing xalqaro shartnomalarining tili va nomi
to’g’risidagi talablar nimalardan iborat?
2. Davlatlar o’rtasidagi shartnomaga nisbatan qaysi til va qanday nom beriladi?
3. Ushbu vaziyatda qaysi davlatning talablari xalqaro huquq odat va normalariga
ko’proq mos keladi?