Jumladan, Paktning 6-moddasining 1-bandidan “Yashash huquqi har bir
insonning ajralmas huquqidir” deb ko’rsatib o’tilgan yashash huquqi to’g’risidagi
qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida konstitutsiyaviy
implementatsiya qilingan: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir”.
Mazkur qoida esa, jinoyat qonunchiligidagi islohotlarning hozirgi bosqichida
implementatsiya qilib bo’lindi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005
yilning 1 avgustidagi “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish
to’g’risida”gi Farmoni va undan kelib chiqib, 2007 yilda qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasining “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
to’g’risida”gi qonuniga asosan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining,
124
Jinoyat-protsessual kodeksining, Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi
1
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilning 8 avgustidagi
“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o’tkazish to’g’risida”gi
Farmoni va undan kelib chiqib, 2007 yilda qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasining “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga
o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuni mazkur Paktning 9-
moddasining 3-bandidagi “Jinoiy ayblov bilan qamalgan yoki ushlangan har bir
shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun bo’yicha sud hukmronligini amalga oshirish
huquqi bo’lgan boshqa mansabor shaxs huzuriga keltiriladi va ayblanayotgan shaxs
oqilona muddat ichida ishi sudda ko’rilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqiga
ega”
2
degan normasi qoidalarini milliy qonunchilikga to’la qo’llanilganligining
yorqin misolidir.
Chunki, odilsudlovni amalga oshirishdagi qamoqqa olishga sanksiya
berish instituti, boshqacha qilib aytganda, “Habeas Corpus” instituti
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zining konstitutsiyaviy
maqomini
topgan,
ya’ni, uning 19-moddasida “Fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari
daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab
qo’yishga hech kim haqli emas”, deb ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa,
yuqoridagi
Qonunni
qabul
qilinishi
bilan,
endi
O’zbekiston
Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksi”ning, “Sudlar to’g’risida”gi
Qonunining, “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunining tegishli moddalariga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi
3
.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 7-
moddasida hech kim azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, g’ayriinsoniy yoki
qadr-qimmatni xo’rlaydigan muomala va jazoga mustahiq bo’lmasligi
kerakligi belgilangan. Konstitutsiyaning 26-moddasi 2-bandida ham bu
qoida o’zining konstitutsiyaviy maqomini olgan. Jinoyat kodeksida bunday
harakatlar ijtimoiy xavfli oqibatlarga sabab bo’lsa, tegishlicha jazolanishi
belgilab qo’yilgan.
1
Batafsil mahlumotlar uchun qarang: Ўлим жазосини бекор қилиш ҳамда қамоққа олишга санкция бериш
ҳуқуқини судларга ўтказишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами: Расмий нашр /Ўзбекистон
Республикаси Олий суди, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси, Ўзбекистон Республикаси Миллий
хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Адлия
вазирлиги. -Т.: Адолат, 2007. -Б.8-18
2
Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар: тўплам /А.Саидов таърири остида. -Т.: Адолат, 2004. -Б.39-40
3
Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Ўлим жазосини бекор қилиш ҳамда қамоққа олишга санкция бериш
ҳуқуқини судларга ўтказишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами: Расмий нашр /Ўзбекистон
Республикаси Олий суди, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси, Ўзбекистон Республикаси Миллий
хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Адлия
вазирлиги. -Т.Адолат, 2007. -Б.19-34
125
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt har kimning o’z sha’ni va obro’siga
qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va
turarjoy daxlsizligi huquqini belgilab beradi. Konstitutsiya ham ushbu
huquqlarni o’zida mujassamlashtirgan. Jinoyat kodeksi tuhmat uchun
ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan mazkur harakatning
qayta sodir etilishiga nisbatan jinoiy javobgarlik kelib chiqishini
belgilaydi. Kodeksda shaxsning qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik
uchun ham (ma’muriy jazo chorasi qo’llangandan so’ng qayta sodir etilsa)
jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoyat kodeksiga binoan, uy-joyga u yerda
yashovchilarning erkiga qarshi, zo’rlik ishlatib noqonuniy tarzda kirish
ham tegishlicha tartibda jazolanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 15-moddasi har bir
insonning fuqarolik huquqi mavjudligini belgilaydi. Konstitutsiyaning 21-
moddasi va “Fuqarolik to’g’risida”gi Qonun (1992 yil 2 iyulda qabul
qilingan) yuqoridagi qoidalarni o’zlarida mujassamlashtirgan. Shu yerda
qayd etish kerakki, shaxs O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul
qilar ekan, bu bilan u Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab
qo’yilgan huquq va erkinliklarga ega bo’lishi bilan birga, ma’lum
burchlarni ham bajarishga majburdir. Shu bilan bir qatorda, ta’kidlash
kerakki, O’zbekistonda yagona fuqarolik o’rnatilgan, chunki, “Ikki davlat
fuqaroligiga mansublik achinarli holdir. Bu bevatanlik bilan barobardir»
1
.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda mavjud so’z va
fikr, axborot olish erkinligi masalasi Konstitutsiyaning 29-, 30-
moddalarida yoritib berilgan. Bu qoidalar “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to’g’risida” (2014 yil), “Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonun (2014),
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida” (1997 yil), “Ommaviy
axborot vositalari to’g’risida” (1997 yil) kabi qonunlarda o’z aksini
topgan. Mazkur huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali,
bu huquqlarni ta’minlab beruvchi normlar esa Ma’muriy javobgarlik
to’g’risidagi kodeks, Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida o’z
ifodasini topgan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 21-, 22-
moddalarida har bir insonning osoyishta yig’ilishlar o’tkazish va
uyushmalar tuzish huquqi mustahkamlangan. Konstitutsiyaning 33-, 34- va
57-moddalarida yuqoridagi masalaga doir asosiy me’yorlar belgilab
1
Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. -Тошкент, «Ўзбекистон», 1993. – Б.10
126
qo’yilgan. Fuqarolarning ushbu huquqi “O’zbekiston Respublikasida
jamoat birlashmalari to’g’risida” (1991 yil), “Kasaba uyushmalari,
ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida” (1992 yil),
“Siyosiy partiyalar to’g’risida” (1996 yil), “Nodavlat notijorat tashkilotlari
to’g’risida” (1999 yil) kabi qonun hujjatlarida o’z ifodasini topgan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda mavjud
insonlarning bevosita va vakillar vositasida mamlakat boshqaruvida
ishtirok etish, davlat xizmatiga kirish huquqi va xalq hokimiyati
to’g’risidagi qoidalar Konstitutsiyaning 32-moddasida, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga, O’zbekiston Respublikasining Oliy
Majlisi palatalarini, mahalliy xalq deputatlari kengashlarini shakllantirish
uchun o’tkaziladigan saylovlarga oid qonunchilik hujjatlari, referendum
to’g’risidagi qonun hujjatlarida o’z aksini topgan.
Yuqoridagi misollar, mamlakat nafaqat demokratik yo’ldan
borayotganini, balki uning yuqorida qayd etilgan Paktdan kelib chiqib, o’z
zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini sobitqadamlik bilan bajarib
borayotganligini isbotidir.
Ijtimoiy himoya va ta’minot to’g’risidagi me’yorlar hamda Iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 9-moddasida
belgilab
qo’yilgan. Bu masala Konstitutsiyaning 39-moddasida,
shuningdek, “Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to’g’risida”gi va
“Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi
qonunlarda ham o’z ifodasini topgan. Chunki, mamlakatda olib
borilayotgan islohotlarda “Aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy
himoyalash... eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi
bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi”
1
.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda
har bir insonning mehnat qilish, teng mehnatga teng haq olish, kasaba
uyushmalari tuzish, dam olish va haq to’lanadigan ta’tillar olish huquqlari
ham belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 37-moddasi, Mehnat kodeksi,
Fuqarolik kodeksi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va kafolatlari
to’g’risida” (1992 yil), “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida” (1998
yil), “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”, kabi qonunlar ham shaxsning
mehnat qilish va u bilan bog’liq boshqa huquqlarini kafolatlaydi va
yuqoridagi Paktda ko’rsatib o’tilgan huquqlarni implementatsiyasi bo’lib
xizmat qiladi.
1
Каримов И.А. Ўзбекистон - бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. -Тошкент, Ўзбекистон, 1993, -
Б.74.
127
Ta’lim olish huquqi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
to’g’risidagi xalqaro paktning 13-, 14-moddalarida, 1960 yil 14 dekabrdagi
YuNESKO tashkilotining “Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash
to’g’risida”gi konvensiyada mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida, 1997 yil 29 avgustdagi
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda “Kadarlar tayyorlash milliy dasturi”da
yuqoridagi xalqaro shartnomalarda ta’lim sohasidagi huquqlar o’z aksini
topgan.
Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya 1989 yil 20 noyabr kuni
Nyu-Yorkda qabul qilingan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi ushbu
xalqaro hujjatga 1992 yil 9 dekabrda Oliy Kengashning №757-XII
qaroriga asosan qo’shildi. Mazkur Konvensiya bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi bolalarning sog’lig’i, o’sishi va yashashi uchun sharoit
yaratish, bolalar uchun g’amxo’rlik qilish, ularni himoya qilish, ularning
o’z qarashlari bo’yicha erkin tasavvur qilishi uchun imkoniyatlar yaratib
berish kabi bir qator majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan.
Bola huquqlariga oid milliy qonunchilik deganda, avvalambor,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-, 65-moddalariga e’tibor
qaratish lozimdir. Jumladan, 64-moddada, “Ota-onalar o’z farzandlarini
voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va
jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan
bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga
bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi” deb ko’rsatib
o’tilgan. 65-moddada esa, “Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va
fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik
davlat
tomonidan
muhofaza
qilinadi”
deb
belgilab
qo’yilgan.
Konstitutsiyada ko’rsatilgan onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi
O’zbekiston Respublikasining qator qonunlari bilan tartibga solinadi.
Bolalarning to’la sog’lom rivojlanishi uchun, birinchi o’rinda, yosh bolali
ayollarning huquqlari ham ta’minlab berilishi kerak. Jumladan, mehnat
qonunchiligiga ko’ra, homilador ayollarni, bolasi uch yoshga yetmagan
ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga, ish vaqtidan tashqari ishlashga, dam
olish kunlarida ishlatishga va xizmat safarlariga yuborishga yo’l
qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |