Halimova Muhabbat Rahim qizi stereometriya masalalarni yechishda koordinatalar metodidan foydalanish



Download 0,91 Mb.
bet3/49
Sana13.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#359608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Stereometriya masalalarni yechishda koordinatalar metodidan foydalanish

Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................

68



KIRISH.

Agar biz O’zbekistonni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelejagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasiga boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalombor, buyuk olimlarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.

I.A.Karimov

Barkamol avlod tarbiyalash har bir insonning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Barcha mamlakatlar, millatlar shunga intilgan. Bizning vatanimizda ham bu borada ancha samarali ishlar olib borilmoqda. Bunga yaqqol misol qilib, 1997-yilda qabul qilingan (yangi tahriri) “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur”ini aytish mumkin.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida hukumat darajasidagi quyidagi fikrni O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasi- ning “O’zbekistonning 1996-yildagi ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyoti yakunlari hamda 1997-yildagi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlari”ga bag’ishlangan majlisidagi nutqida bayon etdi:

“1997-yilda biz yaxshi, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berishimiz kerak.

Ta’lim tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish vaqti yetdi. Professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma’mur-menejerlarnitayyorlashni yo’lga qo’yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo’lga qo’yish lozim”.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi inson omiliga juda katta ma’no, buyuk ma’no beradi maqsad va vazifalar strategiyasidan tortib to ta’lim-tarbiya jarayonini hamma qirralariga oid aniq dasturlar majmuasichahar biri negizida inson asosiy omil hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash tizimida shaxs bosh sub’ekt sifatida ko’riladi. U bir vaqtning o’zida ta’limiy xizmatlarning ham iste’molchisi, ham yaratuvchisi deb qaraladi. Jamiyat va davlat, ishlab chiqarish, fan va uzluksiz ta’lim, barkamol ijodkor shaxsning shakllanishida kafolat hisoblanadi.

Ta’lim tizimini isloh qilish bilan bir qatorda, ta’lim jarayonining mazmunini uning shakl tuzilmasi va unga qo’yilgan talablar ham o’zining oldingi, ya’ni sobiq tizimi davridagi qotib qolgan ma’muriy, pedagogik tizimdan tubdan farq qilishi bilan xarakterlanadi.

Bugungi kunda katta umid, orzu-maqsadlar bilan, Vatanim taraqqiyotiga hissa qo’shaman, deb belini mahkam bog’lab maydonga chiqayotgan, azm-u shijoatli yoshlarimizni har tomonlama qo’llab-quvvatlash barchamizning nafaqat vazifamiz, balki burchimizga aylanishi kerak.”

Yurtimizda ta’lim sohasida o’quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 2014-yilda hammasi bo’lib 540 dan ziyod obyekt, shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litseylar tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so’m sarflandi. Ushbu mablag’larning 120 milliard so’mdan ortig’i ta’lim muassasalarini o’quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi.

2011-2016-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo’yicha qiymati 230 milliard so’mlik ishlar bajarildi. Andijon davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, O’zbekiston Milliy Universitetida yangi o’quv binolari barpo etildi.

2014-yilda bir qator yangi institut va fakultetlar, o’quv ilmiy markazlari ochildi. Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti va hududlardagi tibbiyot oliy o’quv yurtlari negizida Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallariga ega bo’lgan Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkil etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida xitoyshunoslik fakulteti ochildi, shuningdek, ushbu institut qoshida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo’lyozmalari markazi tashkil qilindi.

Janubiy koreyalik sheriklar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Inxa universiteti tashkil etildi. Mazkur oliy o’quv yurtida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqarish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlari tizimlarini boshqarish bo’yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

2016-2017-yillarda Buxoro davlat universiteti ham to’la rekonstruksiya qilinib to’la foydalanishga topshirildi.

2014-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning takomillashtirilgan tizimi joriy etildi, ya’ni test sinovlariga informatika bo’yicha savollar kiritildi, mutaxassislikka oid fanlar bo’yicha baholash ballari oshirildi. Bu esa oliy o’quv yurtlariga tanlagan kasbini hisobga olgan holda, eng yaxshi tayyorgarlik ko’rgan abituriyentlarni saralab olish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, 2011-2016-yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham ta’lim sohasiga ayniqsa oliy ta’limga juda katta e’tibor qaratmoqdalar. Jumladan, iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo’nalishlari va ixtisosliklari bo’yicha o’qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’ lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha yangilangan davlat oliy ta’ lim standartlari va o’quv dasturlari joriy qilindi. Oliy ta’lim tizimida o’z yo’nalishlari bo’yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Oliy ta’ lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida bir qator qarorlar qabul qilindi. Masalan, 2017-2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

Unga ko’ra 2017-2021-yillarda qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, ta’lim va o’qitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini o’rnatish, professor-o’qituvchilar tarkibini, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish; idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish masalalari ko’rilgan.




Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish