Amerikalik psixolog Z.Ekman
(1993) esa o‗z asarlarida psixologiya o‗qitishda xissiy ta‘sir
etish, talabalarning qo‗zg‗atuvchilarga javob reaksiyalari muxim ekanligini ta‘kidlaydi (internet
ma‘lumotlari. Psyclojist .394-392). Albatta o‗qitishda talabalarning xissiy emotsional xolatlari
ham ahamiyatga ega, chunki ta‘sirlanish jarayoni bilimlarni kabul qilishda o‗ziga xos xarakterni
kasb etadi. Biznigcha mashg‗ulotlarni tashkil etishda talabalarni individual psixologik xolatlarini
ham xisobga olinishi bejis emas. Yani talaba mashg‗ulotni o‗zlashtirishda o‗z xissiyotini
boshkarishi, ortiqcha emotsiyalarga berilmasligi hamda o‗z-o‗zini boshkarishi, o‗z faoliyatini
adekvat baxolashga o‗rganishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina talaba bilimlarni adekvat
o‗zlashtirish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Shuningdek ayrim fanlarni o‗qitishda talabalarning
qo‗zg‗atuvchilarga ta‘sirini o‗rgangan xolda olib borilishi ularning xissiy irodaviy sifatlarini
shakllantirish va mustaxkamlanishiga yordam beradi. Bu esa talabalarda ilmiy manbaalarni
o‗zlashtirish va unga moslashgan xolda ko‗nikma va malakalar shakllanishiga shart sharoitlar
mavjudligini anglatadi. Buning natijasida ta‘lim samaradorligiga erishiladi.
Psixologik bilimlarni egallashda ta‘limni tashkil etish va uning samarali usullaridan
foydalish imkoniyatlarini kengaytirishda shaxsning yosh davrlarini hisobga olish muhimligi
ma‘lum. Buni biz amerikalik psixolog D.Yelkindning (1968) asarlarida ilgari surgan g‗oyalaridan
bilim olishimiz mumkin. Uning fikricha psixologik bilimlarga egallashda ta‘limni tashkil etish va
uni samaradorligini oshirishda shaxsning yosh davrlarini hisobga olish o‗qitishni takomillashtirish
omillaridan biri xisoblanadi. (internet ma‘lumotlari; ―Yosh davrlarda aqliy rivojlanish‖,
11
Yetuklikni anglash – 2-nashri Boston Allyn&Bacon 332-336). Albatta bugungi ta‘lim tizimida
psixologiya fanlarini o‗qitishni takomillashtirish uchun shaxsning yosh davrlarini ijtimoiy
psixologik xususiyatlaridan kelib chikib olib borish muximdir. Chunki xar bir yosh davr
o‗qitishning ma‘lum bir etaplarini o‗z ichiga oladi. Shunga kura o‗qitish ham oddiydan
murakkabga qarab tashkil etiladi. Biznigcha Djon Yelkind fikrlarini rivojlantirib bugungi
islohotlar asosida o‗qitishning zamonaviy texnalogiyalar asosida tashkil etishda ham bolalarni
yosh davrlari va individual psixologik xususiyatlarini e‘tiborga olgan xolda tashkil etish
maqsadga muvofikdir.
E.X Erikson
. (1964) o‗z asrlarida fanni rivojlantirish va uning ilmiy tadqiqotlarini
takomillashtirishdagi fikrlari ta‘limda ayniqsa shaxs psixologiyasi borasida tushunchalarni
talabalar ongiga singdirishda xissiyot va javobgarlikni muximligini ta‘kidlagan. (internet
ma‘lumotlari; Insig, and responsibility. New York. Norton).
Do'stlaringiz bilan baham: |