Халқаро туризм


Dunyoning eng yirik mehmonxona konsorsiumlari



Download 1,06 Mb.
bet187/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Dunyoning eng yirik mehmonxona konsorsiumlari


Konsorsiumlar

Shtab-kvartira ning joylash- gan joyi

Nomerlar soni, mingta

Otellar soni, birlik.

Yutel Inerneshnl

Buyuk britaniya

1368

6576

Anasazi Trevel Risursiz

AQSH

211

955

Leksington Servaysiz Korporeyshn

AQSH

200

1500

DJAL Uorld Xoutelz

Yaponiya

151

365

VIP Inerneshnl Korporeyshn

Kanada

150

1198

Supraneyshnl Xoutelz

Buyuk britaniya

124

650

Keytel

Ispaniya

90

660

Liding Xoutelz of Uorld

AQSH

89

310

Otuza-Yevrostars-Familia Xoutelz

Ispaniya

70

892

Loji de Frans

Fransiya

67

3710

Xalqaro ekspertlarning baholashlaricha, yaqin yillarda mehmonxonalar industriyasi yuqori suratlarda rivajlanadi. Butun dunyodagi investor bu istiqbolli xo‘jalik yuritish sohasiga e’tibor qaratmoqdalar va mehmonxonalar bazalarini kengaytirish va yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xizmat ko‘rsatishning ilg‘or shakllarida sezilarli mablag‘ qo‘ymoqdalar. Kutilayotgan bu mablag‘lar yangi mehmonxonalar zanjirini yaratishga, to‘planish va korporatsiyalar jarayonlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.


8.3 Turistik TMK larning milliy iqtisodiyotga ta’siri
TMK larni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri. ХХ асрнинг 80-yillardan boshlab turistik TMK larning iqtisodiy muammolarga ta’siri olimlar diqqat markazida turibdi. G‘arbda uning turli tamonlari yoritilgan, ko‘plab ilmiy ishlar e’lon qilingan. TMK larni qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri chuqur tadqiq qilingan. Bu borada utaxassislar beshta asosiy masalani ajratib ko‘rsatishadi:

  • TMK larning turistik bozor ustidan nazorati, ya’ni qabul qiluvchi mamlakatlarda turizmni rivojlantirish va uning alohida sektorlari tarkibi ustidan nazorat;

  • turistik oqimlar ustidan nazorat;

  • turistik mahsulotlarga transfert narxlar tashkil etish;

  • xalqaro turizmdan xorijga oqib kelayotgan daromadlar;

  • import qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga TMK larning texnologik ta’siri.

TMK larni tashabbus bo‘yicha jalb etish ko‘p hollarda qabul qiluvchi mamlakatlardan chiqadi. Bunda mahalliy kompaniyalar qatnashmaydi, yoki ular zarur yetarli resurslarga ega bo‘lishaolmaydi. Filippin, Indoneziya, Pokiston, Shri-Lanka hukumatlari xorijiy investorlarga nafaqat soliq imtiyozlari beryapti, balki ularni import uskunalari mexanizm va materiallar uchun poshlina to‘lashdan ozod qilyaptilar. Turistik sektorda TMK larning paydo bo‘lishi ayniqsa sust rivojlangan davlatlarda mahalliy turistik bozor va turizm industiriyasi rivojlanishi tarkibi ustidan ichki nazoratni kuchaytirishga olib kelyapti.

Xalqaro havo yo‘llarida unchalik kata bo‘lmagan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatuvchi chet el avia kompaniyalari bu bozorga chiqishda boshqa, hoh u chet ellik bo‘lsin, hoh u milliy bo‘lsin, boshqalarga turistik xizmat qilishi mumkin.Ular o‘zining monopoliyasini o‘rnatishga intiladi. Bu hamma vaqt ham qabul qiluvchi mamlakatlar manfaatlariga mos kelavermaydi. Ayrim davlatlar turistik kompaniyalar bilan shartnoma tuzib, masalan Fransiyaning «O‘rta yer dengizi klubi» yoki Amerika mehmonxonalari zanjiri bilan, nafaqat raqobatni chegaralaydilar, balki iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlarini tinglashdan mahrum bo‘ladilar. Qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotida o‘zining monopolistik o‘rnini ta’kidlab, TMKlar hukumatga infratuzilma harakatlarni ko‘paytirishni so‘rab bosim o‘tkazishga qodir. Bunday hollar kam emas. Tranmilliy kompaniyalar yangi aeroportlar qurilishi, yer usti tizimida tarkib topgan tartibni yoki yerdan foydalanishni ko‘rib chiqishda o‘z hukmini o‘tkazadilar. TMK lar turizm sohasida o‘z siyosatini belgilar ekan, shaxsiy maqsadlarni ko‘zlashga intiladi. Bu Ispaniya misolida yaqqolk ko‘zga tashlanadi. Chunki infratuzilma rivojidan xorijiy turistlar foyda ko‘rishadi. Harajatlarni esa sharoit yaratgan mahalliy aholi ko‘taradi. Masalan, Senegalda turistik infrastruktura qurilishini rivojlantirish IV milliy rejasi doirasida 22 mlrd. Senegal franki ya’ni davlat budjetining 12% ajratilgan taqqoslash uchun: shu davrda mamlakat uchun sog‘liqni saqlashga 3.6 mlrd. ta’limga 7.4 mlrd, qishloq xo‘jaligiga 24 mlyard. senegal franki ajratilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar turistik obe’ktlari kapital hajmi katta ko‘rinishda bo‘lganligi sababli, TMKlar talablariga javob beradigan infratuzilma yaratish uchun qarz va kreditlar olishga majburlar.

Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarga qaramay ayrim mamlakatlar avvalgidek TMK lar uchun turistik bozor ochishmoqda. Bu bilan qoloqlikka barham berishga so‘ngi umid bog‘lamoqda. Shu bilan birga hukumatlar transmilliy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borishda ko‘proq nozik ta’b bo‘lishmoqda. Xalqaro turizmning o‘sishi bilan TMK lar soni ko‘paymoqda. Ular o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayapti. Qabul qiluvchi mamlakatlar tomonlari esa ular bilan bitim imzolashda toboro ko‘proq hukumronlik qilishyapti.

TMKlar turistik oqim ustidan bevosita nazorat o‘rnatgan oraliq mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazmoqda. Turizm sohasida transmilliy kompaniyalar faoliyati turistik talablar geografiyasida olg‘a siljishni taqazo etmoqda va tashrif buyuuruvchilar oqimi yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Hukumatlarni xo‘ja ko‘rsin siyosatini qarab chiqishga, turistik infratuzilmalarga xarajatlarni ko‘paytirishga majbur etmoqda. Bu juda ko‘p rayonlarda xalqaro turizmga ko‘tarinkilik baxsh etmoqdalar.

Shu bilan birga, turistlarni destinatsiyaga jalb etish bo‘yicha TMK lar harakati milliy turistik ma’muriyatlar manfaatlariga zid kelish hollari ham uchrayapti. Keyingilar ko‘pincha maqsad sifatida elitar turistlarning tor bozor segmentini tanlashyapti. Bu bilan ular xizmat ko‘rsatishdan mo‘may daromad olishni qo‘llashyapti. Ammo, biroq transmilliy kompaniyalar eng ko‘p (maksimum) daromad olish yo‘riqlariga amal qilib, ommaviy turistlar bilan ishlashni ma’qul ko‘rishmoqda. Ular tomonidan tashkil qilinayotgan va yo‘naltirilayotgan keng miqyosidagi turistik oqimlar tabiiy atrof - muhitga va mahalliy madaniyatga xavf tug‘diryapti.

Ajablanmasa ham bo‘ladi, agar TMK lar turistik oqimlar ustidan nazoratni amalga oshirsalar yanada o‘tkir muammolar paydo bo‘ladi. U ko‘proq qashshoq bozorlarda daromad olish imkoniyatini aniqlab beradi va faoliyatini shunga qaratishga intiladi. Kelishuvlar soni unchalik ko‘p emas. Turizm madaniy va tabiatga halokatli ta’sir o‘tkazmaydi, moliyaviy tushumlarni ta’minlaydi. Bunday qaraganda TMK larning bu tariqa faoliyati mahalliy turistik bozorni rivojlantirish imkonini beradi, Milliy iqtisodiyotni ko‘taradiganday, ammo, haqiqatda bunday amaliyot o‘zida xatarni yashirgan.

Turistik markazlar son jihatdan uncha katta bo‘lmagan tashrif buyuruvchilar kategoriyasiga bog‘liq holga tushib qoladilar. Shunday bo‘lishi mumkinki, Bagam orollaridagi kurort rayonlar Nyu-Yorkdan o‘rtacha toifadagi (klass) vakillarini qabul qilishga ixtisoslashadi. Past toifali kurortlar Yaponiyadan keladigan yoshlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu qashshoq bozor kurortlarni raqobatbardoshligi va turg‘un rivojlanishlarini ta’minlash uchun juda torlik qiladi. Keyingi gurux sayohatlarni ma’qul ko‘rgan tashrif buyuruvchilarning salgina bo‘lsada didi va talabiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ularning ishi katta tijorat qaltisliklardan iborat.

Turistik oqimlar ustidan nazorat o‘rnatar ekanlar TMK lar bu dastakdan qabul qiluvchi mamlakatga uning tomonidan soliq va boshqa imtiyozlar kengayishi uchun bosim o‘tkazishda foydalanadi.

O‘tgan asrning 70-yillar oxirlarida shundoq ham katta daromad olayotganiga qaramay uni yanada ko‘paytirishga zo‘r bergan yirik G‘arbiy Germaniya turistik korporatsiyasi bunga to‘sqinlik qilgan. Tunis hukumatiga javoban nemis turistlarini olib borishni keskin (60 dan 12 mingacha) kamaytirdi va Tunis iqtisodiyotiga zarba berdi. Shunday qilib yosh davlatlarning chet el mablag‘iga bog‘liqligi vujudga keladi.

Zamonaviy TMKlar jahon turizm bozorida global strategiya yuritishi bilan ajralib turadi. Bu transfert narx shakllanishi mexanizmida namoyon bo‘ladi. Firma turistik mahsulotlarga ichki operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida narxni oshirish, boshqasida aksincha kamaytirish yo‘li bilan TMKlar korporativ daromad olishini ko‘paytiruvchi kompaniya qo‘lida katta bir imperiyaning ichida daromadni ko‘paytirishning ta’minlovchi mexanizm paydo bo‘ladi, u uning faoliyati strategik maqsadlarga bo‘ysinadi.

Narx darajasining o‘zgarishi TMKlar ixtirosi emas, oddiy tijoriy amaliyot hisoblanadi. Kontragentlar o‘rtasida bitim tuzish bo‘yicha bazaviy narxga ustama qo‘yiladi yoki unga chegirma belgilanadi. Ko‘pchilik tovarlar va xizmatlarga nisbatan ulgurji xarid qilish chog‘ida oborot uchun qo‘laniladigan chegirmaga amal qilinadi. Turizmda, shuningdek mavsumiy chegirmalar ham keng qo‘llaniladi. Ular yordamida mavsumdan boshqa vaqtda mahsulotdlar xarid qilishda talab va extiyojlar muvozanatlashtiriladi. Turoperatorlar va turaganetlar vositachi sifatida turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilardan bozorda narx raqobatiga bardosh berish uchun xizmatlarni amalga oshirishda chegirma oldilar. Misol uchun, nemis va britan turoperatorlari ispan va grek otellarining xizmatlariga juda past narxlari bilan mashhur. Ko‘ngilochar xizmatlar ham shunday arzon.

Har bir aniq holatda narx darajasi bitim ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq holda turlicha bo‘ladi. Bu tamoyil TMKlar mahsulotlariga narx belgilashi chog‘ida ham amal qilishda davom etadi. TMK lar muzokaralarga faqatgina ma’lum shakl va ichki firma harakatlaridagi tusgina bera oladi.

Transfert narx shakllanish mexanizmini misollarda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, A mamlakatda joylashgan turoperator kimsa V mamlakatlar aviakompaniyasi va bir qator turistik korxonalarni S mamlakatda joylashtirish vositalari bilan qo‘shib sotib oladi. Shunday qilib, u o‘z boshqaruvi ostida internatsional ishlab chiqarish tizimini yaratadi. Turoperator 1000 dollardan inklyuziv-tur taklif etadi va uni A mamlakatda amalga oshiradi. Safarning oldi-sotti qismi bilan bog‘liq barcha operatsiyalar tizim ichida kechadi. Turoperator bu integrirlashgan biznes barcha ishtirokchilari uchun hisob-kitob (transfert) belgilaydi. Bular bozor narxidan farq qilishi mumkin. Ba’zan esa ochiq bozorda bunaqasi bo‘lmaydi va turoperator tamonidan soliq va bojxona poshlinasi to‘lashdan bo‘yin tovlashda foydalaniladi.

TMKlar transfert narx shakllanishi mexanizmi yordamida soliq to‘lovlari darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan filiallari uchun su’niy ravishda ishlab chiqarish xarajatlarini ko‘paytiradi. Aksincha soliq kamroq mamlakatlardagi filialari uchun kamaytiradi. Natijada birinchi guruhdagi mamlakatlar TMKlar filiallari o‘zlarining soliq deklaratsiyalarida kam daromad olganligi haqida ma’lumot beradilar. Boshqa mamlakatlarda esa oshirilgan daromad qayd etiladi. TMKlar shunday nolegal yo‘l bilan daromadlarini soliq katta mamlakatlardagi filiallariga o‘tkazadi va to‘lanadigan soliq summasini halol qisqartirishga erishadi.

Bizning misolimizda turoperator o‘z aktivi qiymatini S mamlakatda sun’iy ko‘paytirishi mumkin. YA’ni B mamlakatlar samolyotlarini hisobdan chiqaradi va nakladnoy xarajatlarni qayta taqsimlaydi yoki filiallar o‘rtasida operatsiyalarni amalga oshiradi. Natijada soliq to‘lovlari hajmi 2 marta bojxona poshlinasi 40 dan 20 shartli birlikkacha pasayadi.

Agar turoperator o‘zi uchun foydali kursda valyuta almashlab xalqaro to‘lovlarni o‘tkazsa qo‘shimcha daromad oladi. Transfert narx shakllanishi mexanizmidan soliqlar to‘lovidan bosh tortish maqsadlarida foydalanish qoralanadi. U juda ko‘p mamlakatlarda davlat budjetida katta yo‘qotishlarni vujudga keltiradi.

TMKlar xorijiy faoliyati bilan bog‘liq eng o‘tkir muammolardan biri shuki xalqaro turizmda daromadlar oqimini qabul qiluvchi mamlakatlar hisoblanadi. U ikki tarkibiy qismga bo‘linib ketadi: import qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ga to‘lovlar va ishlab chiqarish resurslari egalarini mukofatlashga to‘lovlar.

O‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatmoqdaki, TMKlarning xorijdagi filiallari mahalliy kompaniyalar darajasida tovarlar (xizmatlar)ni import qilishga moyildirlar. Bundan tashqari, ko‘pchilik TMKlar iloji boricha mahalliy resurslardan foydalanishni ko‘zlab o‘zining nufuzi va mavqeini qabul qiluvchi mamlakatlarda yaratish va mustahkamlashga intiladi.

Shu bilan birga TMKlar ayniqsa turizmda o‘zi kelib chiqqan mamlakat bilan mustahkam aloqada bo‘lib turadi. U «Jonajon» tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni mo‘ljallaydi. Misol uchun, AQSH yirik mehmonxonalar kompaniyalari milliy chegaralaridan tashqariga chiqa boshladilar. Amerikacha mehmonnavozlik standartlarini tarqatish va korxonalar zanjiri yaratishga intilmoqdalar. Izidan chiqish turistik oqimlari kengaymoqda, amerikaliklar o‘zlariga xos bo‘lmagan va tassavur ham qilolmagan xorijiy xizmat ko‘rsatishlardan noliy boshladilar. Bugungi kunda jahon bo‘ylab tarqalgan otellar Amerikaning «Ay-Tt-Ti SHeraton», yoki «Xilton Xoutlez Korporeyshn» tipidagi mehmonxonalari zanjiriga birlashganlar. Vatandoshlari didi va ta’bi hisobga olinib pivo va sigaretalar AQShdan import qilinadi. Yapon TMKlari xorijiy filiallari restoran xo‘jaligida mebellar, oziq-ovqat mahsulotlari Yaponiyadan tashib keltiriladi. «Jonajon» mamlakat qiyofasini yaratish, standartlashtirish bilan bog‘liq global jarayonlar filiallarni o‘z yurti tovarlari va xizmatlarini import qilishga majbur etish boshqa sabablar ham bor albatta. «Er Frans» aviakompaniyasi o‘zining fransuz markasini olg‘a suradi, «Royal Viking Layn» parom kompaniyasi esa hamma narsada Skandinaviyaga tegishli ekani sezilib turishiga harakat qiladi.

Xalqaro turizm yo‘nalishi bo‘yicha tovar va xizmatlar importi bir qator rivojlanayotgan davlatlar budjetiga sezilarli statiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar valyutani chet elga oqimi bilan kechsada, transmilliy kompaniyalar qabul qiluvchi mamlakatlarga pulli turistik ishlab chiqarish xizmatlari ko‘rsatilayotganichalik ko‘p emas. Kapital quyishdan TMKlar foiz ko‘rinishida daromad oladi va «vatani»ga o‘tkazadi. Uning filialida band asosiy ishchi kuchlari ayniqsa xorijdan taklif etilgan malakali kadrlar – yuqori va o‘rta bo‘g‘in menejerlari hisoblanadi.

O‘z mehnatlari uchun ular juda katta miqdorda maosh oladilar va uni doimiy yashash joyiga o‘tkazadilar.

Xalqaro turizmdan tushadigan tushumlarning katta qismini qabul qiluvchi mamlakatlar o‘z daromadlari hisobiga transmilliy kompaniyalar bilan tashish ishlarini bajarishi natijasida yo‘qotadi. TMKlar xususiy korxona egasimi, yoki uni aniqlik bo‘yicha boshqarayaptimi? ahamiyati yo‘q. U tadbirkorlik daromadiga yoki foydaga ega bo‘ladi.

Foyda salbiy ahamiyat ham kasb etishi, ya’ni zarar shaklida ham bo‘lishi mumkin.

Transfert narx shakllanishi mexanizmi yordamida foyda bir mamlakatdan boshqasiga oqizmay-tomizmay o‘tkazilishi mumkin.

Ayrim mamlakatlarda (Shri-Lanka, Filippin, Indoneziya va x.k.) xorijiy investorlarga turistik korxonalardan olingan daromadlarni o‘z mamlakatiga cheklanmagan miqdorda erkin olib ketish kafolati berilgan. Masalan, Gambiyada turistlar olib keladigan xorijiy valyutaning atigi 15% nigina ushlab qolishga muvoffiq bo‘linadi.

Afrikaga safar qiymati juda qimmat bo‘lishiga qaramay qabul qiluvchi mamlakat bu summadan arzimagangina ulush oladi. Yevropalik turist to‘liq kompaniya xizmatlar uchun to‘lovni o‘z vatanida turistik firma orqali amalga oshiradi. U o‘zi bilan qabul qiluvchi mamlakat uchun valyuta ishlab olish manbai hisoblangan sovg‘a-salomga ozroq pul oladi, xolos. Turizmni rivojlantirishning bunday modelini mahalliy iqtisodiyot bilan hech qanday bog‘liq joyi yo‘q. Turistik kompleks u bo‘lmaganida ham, cho‘lda-sahroda yoki oyda ham xorijiy tashrif buyuruvchilar oqimi hisobiga ishlab turaveradi.

Qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro turizmni qo‘shish mahalliy ishchi kuchlarini jalb etish (gap yangi ish turlari haqida borayapti, yuqori malaka va mahsus tayyorgarlikni talab qilmaydi), turistik majmua (kompleks) jihozlashda mahalliy materiallardan, shuningdek xorijiy tashrif buyuruvchilarni ovqatlantirish uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshishi mumkin.

Bunday holda xalqaro turizm o‘sha mamlakatda uning iqtisodiyotini rivojlantirishda ishi milliy mahsulot – ichki milliy mahsulotni ko‘paytirish imkonini beradi.

Agar TMKlar beradigan bilim, tajriba, texnologik sirlar g‘arbda uni «nou-xau» deb atashadi)ga e’tibor berilmasa, milliy iqtisodiyotda TMKlarning ta’sirini baholash to‘liq bo‘lmaydi. Bularning hammasi nomoddiy kapital, lekin ulardan to‘g‘ri foydalanilsa juda bebahodir.

Hozirgi vaqtda amalda TMKlar texnologik yangiliklar «inkubatori»ga aylangan. Ular o‘zlarining xususiy inovatsion dasturlarini ishlab chiqadilar. Intellektual tovarlar yaratishda katta mablag‘ sarflaydilar va ularni jahon bozorida taklif qiladilar.

Turizmda transfert texnologiyalarning ishonchli va yorqin bir misoli butun jahonga mashhur «Mak Donalds» firmalari faoliyati hisoblanadi. Ular tez ovqatlanish industriyasida haqli ravishda yetakchi sanaladi. Uning muvaffaqiyati birinchi navbatda yuqori xizmat ko‘rsatishni ta’minlash g‘oyalariga bo‘lgan o‘ta fidoyi ishonchdir. O‘z faoliyati tarixi davomida u ishlab chiqarish jarayonlarida har bir operatsiyani metodik ravishda takomillashtirib bormoqda.

1940-yillar oxirida aka-uka Richard va Moris Mak - Donaldlar yo‘l bo‘yidagi mo‘jazgina kafe egalari bo‘lgani holda o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishni qanday qilib sifatini oshirish va daromadni ko‘paytirish haqida bosh qotirdilar. Ular taomnoma (menyuda) taomlar sonini uchtagacha qisqartirishga qaror qildilar. Konveyyer tizimi asosida texnologiyani standartlashtirdilar va taomlar tayyorlashni mukamallashtirdilar. Masalan, gamburgerlar 1,6 unsiyaga tepa - teng og‘irlikda, yog‘i 19 % dan ko‘p bo‘lmagan holda tayyorlana boshladi. Xizmatchilar kraxmallangan oq ko‘ylakda faqat bitta yumushni bajaradi: biri tovaqdan gamburgerlarni oladi, boshqasi ularni qaynoq moyga tashlab qovuradi va h. k. Ishlab chiqarishning bunday tashkil etilishi xarajatlarni kamaytirish bilan birga uning samaradorligini oshirdi. “Mak Donalds” yangi avlod mijozlariga ega bo‘ldilar. Ular qayerda bo‘lishmasin o‘zlari sevgan taomlarni va ajoyib tezkor xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik tadbirkorlar biznesning bu yo‘nalishini anglab va qabul qilishib, unga qo‘shildilar. Tezkor xizmat ko‘rsatishning xuddi shunday korxonalari juda ko‘plab paydo bo‘la boshladi.

Tranfert texnologiya nafaqat restorant xo‘jaligida kuzatilayapti, balki mehmonxona, turoperatorlik va turistik industriyaning boshqa sektorlarida ham ko‘zga tashlanmoqda.

TMKlar chet ellarda ko‘p hollarda innovatsion, eng yangi zamonaviy tenikalardan foydalanish bilan mukammal texnologiyalarni qo‘llashib korxonalarini joylashtirish orqali milliy kompaniyalar oldida o‘z ustunligini namoyish etayapti. Keyingisi boshqaruv va tadbirkorlik tajribasini qabul qilayapti. Bu bilan ular o‘zining raqobatbardoshligini oshirayapti va texnologik yangiliklarni izchil joriy etishni o‘rganayapti. Tailand va Tunis kabi mamlakatlarda turizmda chet el ilg‘or tajribalari ayniqsa tez yoyilayapti. Sayohlik industriyasining mahalliy korxonalarida daromad o‘sishi ko‘zga tashlanayapti. Ayrim hukumatlar endi o‘z davlatlari hududlari (territoriyasi)da transfert texnologiyalarni TMK faoliyatining alohida sharti qilib qo‘ymoqdalar.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish