Kun tartibidagi masalalarni atroflicha muhokama qilib, yig’ilish
Q A R O R Q I L A D I:
1. Maktabda tuzilgan “Oila-mahalla- ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi tarkibining yig’ilishi bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabning MMIBDO` A.Musayev, Yoshlar yetakchisi va sinf rahbarlarga:
- Darsga kechikib keluvchi o’quvchilar bilan ko’proq shug’illanishni tashkil etish;
- sinflar kesimida ota-onalar yig’ilishini ish rejaga asosan o’z vaqtida tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu yig’ilish bayoni qarorining bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilishni rasmiylashtirdi: J.Toshbekov
“TASDIQLAYMAN”
56-umumta’lim
maktab direktori
_____________ A.To`rayev
Baxmal tuman 56- umumiy o’rta ta’lim maktabining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 175-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi”hamkorligi Jamoat kengashi tarkibining yig’ilish
BAYONN O M A S I № 10
Baxmal tuman 2021 yil 29-oktyabr
Raislik qiluvchi: A.To`rayev
Kotiba : O`.Abduraxmonov
Qatnashdilar: Maktabda tuzilgan “Oila-mahalla- ta’lim muassasasi”hamkorligi Jamoat kengashi tarkibi
KUN TARTIBI
Maktabda Xotin-qizlar kengashining olib borayotgan ishlari. “Qizlarjon”, “Zulfiyaxonim qizlari” to’garaklari hamda “O’g’il bolalar kengashi” faoliyati tahlili to’g’risida
______________________________________________________________________________
( A.To`rayev, A.Eshonqulov, O`.Abduraxmonov , O.Yaxshiliqov)
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning Xotin-qizlar kengashi raisi O.Karimova so’zga chiqib o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Maktabimizda 45 nafar pedagog xodim va ishchi-xizmatchi faoliyat yuritadi. Shulardan 14 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Maktabda esa 428 nafar o’quvchi tahsil oladi. Ularning 211 nafarini qizlar tashkil etadi. Maktabimizda xotin-qizlar bilan doimiy yig’ilishlar va davra suhbatlari o’tkazib borilmoqda. Bundan tashqari maktabning o’qituvchi ayollari o’rtasida 24-sentyabr kuni “Quvnoq startlar” musobaqasi o’tkazildi. Musobaqada “Epchillar” jamoasi g’olib bo’lishdi. O’quvchi qizlar orasida esa “ Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon!” shiori ostida “Vatanimga munosib farzand bo’laman!” mavzusida bellashuv o’tkazildi. Ushbu bellashuvga 8-11 sinf o’quvchi qizlari ishtirok etishdi. Bellashuvda 10-sinf qizlari g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Qolaversa maktabda xotin-qizlarning yurish-turishi, odob-axloqi, jamoada kiyinish va o’zini tutush madaniyati borasida ham ko’plab davra suhbatlari tashkil etilib kelinmoqda. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning “Qizlarjon” va “Zulfiyaxonim qizlari” to’garaklari rahbarlari S.Allamurodova va N.O`tayevalar o’z fikr-mulohazalarini bayon etishdii. Maktabda “Qizlarjon” to’garagi muntazam faoliyat olib bormoqda. “Qizlarjon” to’garagining ish rejasiga muvofiq oyma-oy “Qizlar yig’ilishlari” o’tkazib kelinmoqda. Qizlar yig’ilishida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi. Qizlarning gigenaga rioya qilishlari, toza va ozoda yurishi, sochlari o’rilgan va orasta bo’lishi, ularning iboli, hayoli bo’lishi masalalari ko’rib chiqilmoqda. Maktabda har bir sinfdan barchaga o’rnak bo’ladigan qizlardan “Qizlar raisi” saylab olingan. Bu qizlar sinf qizlariga o’rnak bo’lgan holda boshqa qizlarni ham orastalikka chorlaydilar. “Zulfiyaxonim qizlari” klubi faoliyati ham ancha qizg’in faoliyat yuritmoqda. “Zulfiyaxonim qizlari” klubining oltita yo’nalishi bo’yicha maktabning har tomonlama ilg’or, barchaga namunali xulqli, iqtidorli va iste’dodli o’quvchi qizlari bo’lgan 56-9-10-11 sinf qizlaridan oltita yo’nalish bo’yicha faoliyat olib borishmoqda. “Ta’lim” yo’nalishi bo’yicha o’quvchilari ish olib borishmoqda. “Sport” yo’nalishi bo’yicha “Madaniyat” yo’nalishi bo’yicha ushbu sohalarda erishgan yutuqlari loyiq topilib ushbu yo’nalishlar bo’yicha faoliyat yuritib kelishmoqda. Kun tartibidagi masala yuzasidan “O’g’il bolalar kengashi” raisi O.Yaxshiliqov o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. Maktabda “O’g’il bolalar kengashi” oniqarli faoliyat yuritib kelmoqda. Barcha sinf yigitlari o’zlarining namunali xulqi bilan maktabda barchaga o’rnak bo’lib kelimoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |