Kun tartibidagi masalalarni atroflicha muhokama qilib, yig’ilish
Q A R O R Q I L A D I:
1. Maktabda tuzilgan “Oila-mahalla- ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi tarkibining yig’ilishi bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabning MMIBDO` O`.Abduraxmonov va sinf rahbarlarga:
- 2021-2022 o’quv yili davomida mahalla bilan maktab hamkorligida o’quvchi yoshlar o’rtasida turli tadbirlarni reja asosida tashkil etish;
- sinflar kesimida ota-onalar bilan hamkorligida turli tadbirlar tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu yig’ilish bayoni qarorining bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilishni rasmiylashtirdi: J.Toshbekov
“TASDIQLAYMAN”
56-umumta’lim
maktab direktori
_____________ A.To`rayev
Baxmal tuman 56- umumta’lim maktabining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 175-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi”hamkorligi Jamoat kengashi tarkibining yig’ilish
BAYONN O M A S I №8
Baxmal tuman 2021 yil 24-sentyabr
Raislik qiluvchi : A.To`rayev
Kotib : A.Musayev
Qatnashdilar: Maktabda tuzilgan “Oila-mahalla- ta’lim muassasasi”hamkorligi Jamoat kengashi tarkibi
KUN TARTIBI
Darsga kechikib keluvchi va dars qoldiruvchi o’quvchilar bilan ishlash borasida ota-ona, mahalla va maktab hamkorligi doirasida olib borilayotgan ishlar ahvoli.
______________________________________________________________________________
(A.To`rayev, O`.Abduraxmonov, A.Musayev, A.Abilov)
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning MMIBDO`, O`.Abduraxmonov so’zga chiqib o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Maktabimizda 428 nafar o’quvchi tahsil oladi. Maktabimizda o’tkazilgan reydlar natijasida 10-sinf o’quvchilari __________________________________________________________________kabi o’quvchilarning ba’zi-ba’zida darsga kechikib turishi aniqlandi. Ammo maktabda muntazam dars qoldiruvchi o’quvchilar umuman kuzatilmadi. Maktabimizda o’quvchilarni darsga, turli to’garaklarga jalb qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O`.Abduraxmonovva Yoshlar ittifoqi yetakchisi A.Musayevlar tashabbusi bilan turli tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, “Aytgil do’stim, nima qildik Vatan uchun”, “Vatanimga xizmat qilaman!” , “Jonlar fido senga, Vatanim mening” hamda yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz”, “Toza qo’llar salomatlik garovidir” mavzulari ostida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Qolaversa, 19.09.2021 y kuni maktabimizda “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda hamjihatlikning o’rni” mavzusida umummaktab ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishga tuman otinoyisi __________, Barlos QFY raisi A.Alpomishev, qishloq fuqorolar yig’inida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutahassisi G.Abdullayeva, mahalla imom xatibi B.Zikriyoyevlar taklif qilindi. Yig’ilishda o’quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi, o’zini tutishi, darsga kechib kelmasligi va ularning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda to’garaklarga jalb etish to’g’risida muhokama bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |