Kun tartibidagi masalalarni atroflicha muhokama qilib, yig’ilish
Q A R O R Q I L A D I:
1. Maktabda tuzilgan “Oila-mahalla- ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi tarkibining yig’ilishi bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabning MMIBDO’, maktab kutubxonachisi O.Sattorov hamda sinf rahbarlarga:
- kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, o’quvchilarni kutubxonaga hamda kitobga qiziqishini oshirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish;
- kutubxona va sinf rahbarlar hamkorligida kitoblar taqdimoti va turli tadbirlar tashkil etib borish;
- sinf rahbarlar o’quvchilarni uylariga borib yashash sharoiti bilan tanishib mahalla bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish vazifalari topshirilsin.
3. Ushbu yig’ilish bayoni qarorining bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Yig’ilishni rasmiylashtirdi: O`.Abduraxmonov
“TASDIQLAYMAN”
56-umumta’lim
maktab direktori
_____________ To`rayev
Baxmal tuman 56- umumta’lim maktabining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 175-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi”hamkorligi Jamoat kengashi tarkibining yig’ilish
BAYONN O M A S I №4
Baxmal tuman 2021 yil 20-aprel
Raislik qiluvchi : To`rayev
Kotiba : O.Yaxshiliqov
Qatnashdilar: Maktabda tuzilgan “Oila-mahalla- ta’lim muassasasi”hamkorligi Jamoat kengashi tarkibi
KUN TARTIBI
1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2833-sonli qorori ijrosini ta’minlash maqsadida voyaga yetmaganlar bilan olib borilgan ishlar to’g’risida.
2. Maktabdagi tarbiyasi og’ir, “Ichki hisobga”ga olingan o’quvchilar bilan ishlash va ularni to’g’risida.
Birinchi masala yuzasidan MMIBDO’, O`.Abduraxmonovning so’zi 2020-2021 o’quv yilining 7 oyi davomida voyaga yetmagan yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilmadi. Sinf rahbarlar o’quvchilari bilan doimiy ravishda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning salbiy oqibatlari to’g’risida suhbatlar olib borgan. O’quvchilarni boshqa oqimlarga kirib ketmasligi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarini sodir qilmasliklari uchun ularni to’liq qiziqishlariga ko’ra sport va fan to’garaklari to’liq jalb qilinmoqda. Hurmatli yig’ilish qatnashchilari! 2020-2021 o’quv yili davomida voyaga yetmaganlar komissiyasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. IIB VEN nozirlari bilan hamkorlikda “Davomad” reydi, “O’quvchi” reydlari o’tkazildi. IIB VEN nozirlari, oilaviy polikilinikalar, giyohvandlikka qarshi kurashish bo’limi, prokuratura organlari bilan hamkorlikda har oyda bir marta davra suhbatlari o’tkazildi. O’quv yili davomida 4 nafar o’quvchi “Maktab ichki hisobi”da, hisobiga olingan bo’lib, ushbu o’quvchilarga murabbiylar tayinlangan va ular bilan profilaktik ishlar amalga oshirildi. Yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli oqimlarga kirib qolish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Shu sababli ham har bir olib borayotgan ishimizni o’ylab, mazmun mohiyatini tushungan holda qilishimiz zarurdir. Avvalo siz huquqbuzarlik , jinoyatchilik, diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari to’g’risida to’laligicha ma’lumotga ega bo’lishingiz, turli aldovlarga uchmasdan, to’g’ri yo’ldan ketishmiz zarurdir. Chunki siz bizning, Vatanimizning kelajagi va faxri bo’lishingiz kerak!
“Ichki hisob”da to’ruvchi o’quvchilar, sababsiz muntazam ravishda dars qoldiruvchilar bilan yakka tartibda profilaktik ishlarni kuchaytirish, o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish lozim.
Ikkinchi masala yuzasidan Barlos QFYraisi Jamoat kengashi ham raisi, A.Alpomishevning so’zi 2020-2021 o’quv yilining oxirgi choragida ichki hisobga olingan o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan muntazam aloqada bo’lib, darslarga to’liq qatnashishini, sababsiz dars qoldirmasligini qafolatlashga harakat qilamiz. Ichki hisobda turuvchi o’quvchilarning oilaviy ahvoli haqida gapirib o’tdilar. (Har bir o’quvchi tug’risida ma’lumotnomalar o’qib eshittirildi.)
2020-2021 o’quv yiliga maktab ichki hisobiga olinadigan o’quvchilarning barchasini sport to’garaklariga jalb qilish va murabbiy o’qituvchilar berkitishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |