8-bob. Yakuniy qoidalar
26. Jamoat kengashi a’zolariga mazkur Nizomda belgilanmagan vakolatlariga ega bo’lishlariga, ta’lim muassasalarining ichki ishlariga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.
30. Mazkur nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda o’rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
28. Mazkur Nizom Sog’liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kasb-hunar ta’lim markazi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan kelishilgan.
Ta’lim muassasasi qoshidagi
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat
kengashi a’zolarining namunaviy tarkibi
Umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori - jamoatchilik markazi raisi
Mahalla fuqarolar yig’ini raisi - jamoatchilik markazi hamraisi
Oilaviy poliklinika vakili
Hududiy profilaktika inspektori
Mahalla fuqarolar yig’inining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutaxassisi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
Maktab psixologi
Tajribali sinf rahbari
Ota-onalar qo’mitasi raisi
Mahalladagi obro’-e’tiborga ega bo’lgan otaxon / onaxon
Kotib (Yoshlar yetakchisi)
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo’linmasi vakili
Ota-onalar Universiteti to`g`risida nizom
XALQ TA`LIMIVning 2005 yil 22 oktabrdagi 262-sonli buyrug`iga ilova.
Nizom
I. Umumiy qoidalar
Barcha turdagi ta’lim muassasalarida O`zbekiston Respublikasi «Ta’lim to`g`risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi va ta’limga oid boshqa me’yoriy hujjatlar asaosida yosh avlod ta’lim va tarbiyasini zamonaviy talablar darajasida tashkil etish bo`yicha ota-onalar bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish, ular o`rtasida pedagogik bilimlarni keng targ`ib-tashviq etish maqsadida ta’lim muassasasida Ota-onalar Universiteti tashkil etiladi.
Ota-onalar universiteti o`z faoliyatida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimini takomillashtirishga yo`naltirilgan hukumat qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining qaror, buyruq va tadbirlarining mazmunini ota-onalar o`rtasida keng targ`ibot-tashviqot qiladi.
Ota-onalar universiteti ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik, huquqiy bilim asoslari, sog`lom avlodni tarbiyalash kabi yo`nalishlarda ish olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |