BAYONN O M A S I № 11
Baxmal tuman 2021 yil 27-noyabr
Raislik qiluvchi : A.To`rayev
Kotib : O.Yaxshiliqov
Qatnashdilar: Maktabda tuzilgan “Oila-mahalla- ta’lim muassasasi”hamkorligi Jamoat kengashi tarkibi
KUN TARTIBI
O’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va faol Jamoat kengashi a’zolarini rag’batlantirishni tizimli amalga oshirish hamda, hamkorlar bilan o’zaro tezkor axborot almashishni yo’lga qo’yish to’g’risida
______________________________________________________________________________
( A.To`rayev, A.Eshonqulov, O`.Abduraxmonov , O.Yaxshiliqov)
Kun tartibidagi masala yuzasidan jamoat kengashi raisi A.To`rayev so’zga chiqdi. Maktabimizda 45 nafar o’qituvchi, 428 nafar o’quvchi, va 11 nafar jamoat kengashi a’zolari o’z ish faoliyatini olib borishadi. Maktabda 2-chorak yakunida ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi. Ushbu yig’ilishda sinf rahbarlarga ko’makchi ota-onalar, maktabdagi jamoat ishlarida faol bo’lgan ota-onalar, farzandlari a’lo baholarga o’qigan ota-onalar umummaktab yig’ilishida faxriy yorliqlar bilan rag’batlantirildi. Yig’ilishga “Baxmal” mahallasi raisi A.Alpomishev, mahalla fuqorolar yig’inida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutahassisi G.Abdullayeva , mahalla profilaktika inspektori D.Narimonovlar taklif etildi. Barlos QFY raisi A.Alpomishev ham mahallaning faol fuqarolarini rag’batlantirdilar. Maktabda faoliyat yurituvchi o’qituvchilarimizga esa tumanda, viloyatda olgan yutuqlarini, ish faoliyatidagi yutuqlarni hisobga olib moddiy rag’batlantirishlar berib borilmoqda. O’qituvchilarimizdan maktabda turli bellashuvlarda va musobaqalarda g’olib bo’lgan bir qator o’qituvchilarga maktabning faxriy yorliqlari topshirildi. Qolaversa, maktab o’quvchilari ham maktabning turli tadbir va bellashuvlarida faol ishtirok etib g’olib bo’lgan o’quvchilarga maktabning maqtov yorliqlari topshirildi. Jumladan, texnologiya fanidan o’tkazilgan “Ijodiy ishlar” tanlovida innovasion texnologiya yaratganligi uchun 9-sinf o’quvchisi Toshtemirova O` 1-o’rinni, kashtachilik yo’nalishi bo’yicha 9-sinf o’quvchisi Aripova N 1-o’rinni, biser tikish yo’nalishi bo’yicha 7-”a” sinf o’quvchisi Normurodova Sabina . Maktabda o’tkaziladigan har bir tadbirga mahalla xodimlari albatta taklif etiladi, ko’ngilli ota-onalarimiz ham tashrif buyursalar o’quvchilar ham, maktab o’qituvchilari ham, rahbariyat ham juda mamnun bo’ladilar.
Kun tartibidagi masala yuzasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O`.Abduraxmonov so’zga chiqib, maktabda hamkorlar bilan o’zaro tezkor axborot almashishni yo’lga qo’yish lozimligi to’g’risida gapirib o’tdilar. Biz maktabda biror tadbir o’tkazishni rejalashtirsak, albatta Barlos QFY raisiga xabar beramiz va mahalla fuqorolar yig’inida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutahassisi G.Abdullayeva esa kelib tadbirlarni kuzatadilar. Bundan tashqari o’quvchilarning ota-onalari ham taklif qilinadi faqat ko’ngilli ota-onalar tashrif buyurishadi. Agarda biz har qanday holatda ham axborot almashishni yo’lga qo’ysak ko’zlagan maqsadimizga erishamiz degan umiddaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |