Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri.
Estoniya PISA-2015 tadqiqotida matematika, oʻqish va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha eng yuqori reytingga ega boʻlgan oʻnta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun kichkina Boltiqboʻyi davlati “Yangi Finlyandiya” deya atala boshlandi. Chunonchi, 2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar boʻyicha Finlyandiyadan oʻzib ketdi. Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi taʼlim islohotlari masalalari boʻyicha estoniyalik hamkasblariga maslahatlar berdi. Darhaqiqat, bu mamlakatlar muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda qilingan niyat boʻladimi yoki madaniy xususiyatmi, taʼlimdagi tenglik katta qadriyat sifatida tan olinadi. Bu yaxshi taʼminlangan yoki kam taʼminlangan oilalardan chiqqan bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |