28
6.
1871-
YILDAGI PARIJ KOMMUNASI
;
VA UNING TOR
-
MOR ETILISHI
,
FRANKFURT SULX SHARTNOMASI
.
“1871-yilning 26-mart kuni Parijning munitsipial kengashi (Kommuna) ga
saylov o‘tkazildi. Unda xalq ommasining keng qatlamlari ishtirok etishdi. Lekin
Kommunaning tarkibida turli siyosiy guruhlarning vakillari bor edi. Ayniqsa,
neoyakobinchilar, blankichilar, prudonchilarning ta’siri Kommuna Kengashida
katta edi.”
1
Ular o‘zlarining asosiy maqsadi sifatida monarxistik aksilinqilobchilar
xujumi va tashqi dushmandan Fransiyani himoya qilishdan iborat edi. “86 kishidan
iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Bu kengash o`z a’zolaridan iborat 10 ta
komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Vazirlar delegat deb ataldi. Shu tariqa, Parij
shahri o`ziga xos kichik bir davlatga aylandi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining
davlati edi.”
1
1871-yilning 28-mart kuni ratusha binosi oldidagi maydonda 200
ming kishilik Parijliklar guvohligida milliy gvardiya MK o‘z vakolatini Parij
Kommunasiga topshirdi. Kommuna muntazam armiyani va politsiyani qurollangan
xalq vakillari – milliy gvardiya bilan almashtirdi. Eski byuroqratik burjua davlat
apparatini yangicha ruhdagi xokimyat bilan almashtirdi. Unda quyidan yuqoriga
qadar saylash tamoyiliga amal qilinadigan bo‘ldi.
1
Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих III том (1871-1918), Т.:1964
2
U.Jo‘raev, E.Xoliqov, D.Qodirov “Jahon tarixi”, O‘qituvchi, T.:2014.
29
Eng muhimi, hokimyat boshqaruvining barcha bo‘g‘imlari va sud tizimida
almashib turish va xalq oldida hisobot berib turish qoidasiga amal qilindi.
Kommuna qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimyatni o‘zida mujassam qildi. Uning
dekretiga asosan, o‘nta komissiya tuzildi. “Kommuna ijtimoiy – iqtisodiy sohada
xalq manfaatlariga mos keladigan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi:
-
Cherkov davlatlan ajratildi ;
-
Maktablarda dunyoviy bilimlar o‘qitiladigan bo‘ldi;
-
Egallari tashlab ketgan korxonalarni boshqarish ishchi assosatsiyalari
ixtiyoriga berildi;
-
Egalari bor bo‘lgan korxonalarda ishchi anzorati kuchaytirildi;
-
Maxsus dekret asosida o‘zboshimcha jarimalar solish bekor qilindi;
-
Novvoyxonalarda tungi ishlash taqiqlandi;
-
10 soatli ish kuni joriy etildi;
-
Ishsizlar uchun ishga joylash masalalari bilan shug‘ulanadigan
byurolar tashkil etildi;
-
San’at muassasalari oddiy xalq uchun ochib qo‘yildi;”
1
Kommuna o‘z faoliyati davomida ba’zi xatolarga ham yo‘l qo‘yildi:
Birinchidan, Parijdan qochib ketgan Ter hukumatini ta’qib qilmadi. Bu esa Terga
Kommunaga qarshi kurash uchun zarur kuch to`plab olishga imkon berdi.
Natijada, hukumat armiyasi Parijni qamalga olishga muvaffaq bo`ldi;
Ikkinchidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo`llab quvatlamadi.
Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni dushman ishg`ol qilib turgan
paytda bosh ko`targan isyonchilar deb yuritgan nafratli tashviqotining natijasi edi.
Dehqonlarni, Kommuna to`la g`alaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi
mumkinligi bilan qo`rqitishga erisha oldi; Uchinchidan, Kommuna davlat
xazinasini, banklarni to`la o`z qo`liga olmadi; To`rtinchidan, Kommuna kengashi
1
Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих III том (1871-1918), Т.: 1964.
30
ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo`lmadi; Beshinchidan,
Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi;
“Chunonchi, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni asirlikdan
bo`shatib, ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi. Tashabbusni o`z qo`liga olgan
hamda Germaniyadan katta yordam olishga erishgan Tyer Kommunani tor-mor
qilishga qaror qildi. Parij Kommunasining qisqa 72 kunlik faoliyati g‘oyat
murakkab sharoitlarda davom etdi. Versal shahri Kommunalarga qarshi kurash
markaziga aylandi.”
1
U erdagi qora kuchlarni Germaniya quvvatlab turdi. Natijada
yaxshi qurollangan muntazam armiya tashkil etildi. 2-aprel kuni verselchilar
Kommunalarga qarshi xujum boshlaydi. Kommunalar fidoyilik bilan mudofaa
janglarini olib borishdi. Lekin xarbiy kuchlar nisbat teng bo‘lgani sababidan
kommunalar mag‘lub bo‘lishdi. Ayniqsa 21-maydan e’tiboran shiddatli janglar
Parijning har bir metr eri uchun bordi. Hukumat armiyasi 21- may kuni hujumga
o`tdi va beparvolik tufayli himoyasiz qoldirilgan Sen Klu darvozasi orqali shu kuni
Parijga kirib keldi.
Kommunachilar mardona jang qildilar. Biroq, kuchlar noteng edi. 28 may
kuni
Kommunaning
so‘nggi barrilsadasi taslim bo‘ldi. Verselchilar
Kommunalardan shafqatsizlik bilan o‘ch ola boshlaydi. Shiddatli janglar
mobaynida 30 ming odam xalok bo‘ldi. 50 ming kishi qamalda va 14 ming odam
katorgelarga surgun qilingan. Bular orasida minglab xotin-qizlar va 650 bola bor
edi. Shu tariqa, 72 kun yashagan Kommunaga xotima berildi. Parij Kommunasi
bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna
halokatining oqibatlari hokimiyat bilan fuqarolarning o`zaro manfaatli
kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini istbotlab berdi.
Xulosa tarzida aytish mumkinki, Kommunachilarning faoliyati davomida
Fransuz xalqga xos bo‘lgan eng ezgu xislatlar yaqqol ko‘rindi. Kommunarlar hayot
1
U.Jo‘raev, E.Xoliqov, D.Qodirov “Jahon tarixi”, O‘qituvchi, T.:2014.
31
– mamot jangini olib borayotgan bir sharoitda 10-may kuni (1871) Ter Frankfurut
shahrida to‘la ma’nodagi sulx shartnomasini Germaniya bilan imzoladi. Unga
asosan, Fransiya 5 millyard frank miqdorida tovon to‘lashi haqidagi majburiyatni
o‘z zimmasiga oldi. O‘sha ulkan mablag‘ to‘langunicha, nemis qo‘shinlari
Fransiyaning Shimoliy – Sharqiy qismini ishg‘ol qilib turadigan bo‘ldi. Sulh
shartnomasi Millat majlisi tomonidan ratifikatsiya qilinguncha nemislar o‘z
qo‘shinlarini Parijda saqlab turishga kelishishib oldi.
Uning ustiga Fransiya iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Elzas va
Lotaringiya viloyatlaridan ajraldi. “Ayni paytda, 28 ta qal’a Germaniya tasarrufiga
o‘tdi. Bu talonchilik shartnomasining tasdiklanishiga erishish hamda hokimiyat
tepasida mustahkamlanib olish uchun hukmron doiralar shosha-pisha Millat
majlisiga saylov o‘tkazdilar. Mamlakat aholisining asosiy kismini tashkil etgan
dehqonlarning qoloqligi monarxistlarning Millat majlisida ko‘pchilik bo‘lib
olishlariga imkon berdi. Bu ko‘pchilik reaksion hukumat tuzdi. Hukumatga
revolyutsiyaning ashaddiy dushmani bo‘lgan A. Tyer boshchilik kildi. Tyer
hukumati Parijni o‘z rezidensiyasi qilib olib, Germaniyaning hukmron doiralaridan
qo‘llab-quvvatlash haqida va’da oldi va revolyutsion harakatni bostirish uchun
kuch to‘play boshladi. Mana shu tarzda Fransiya – Prussiya urushi natijasida
Germaniya imperiyasi tashkil topdi.”
1
1
Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Авeрянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда. Укитувчи-T.: 1989.
32
7.
KOMMUNA
INQIROZIDAN
KEYINGI
FRANSIYA
-
PRUSSIYA
MUNOSABATLARINI KESKINLASHUVI
.
Bu davrdagi siyosiy jarayonlar avvalgi kurashning bevosita davomi edi.
Agar eslasak, 1871 yilning boshlarida Fransiya o‘z tarixidagi g‘oyat murakkab va
ziddiyatli voqealarni boshidan kechirdi. Parij qamal holatida turgan bo‘lishiga
qaramay, Millat majlisiga saylovlar 1871-yilning 8-fevralida o‘tkazildi.
Parlamentdagi 630 ta deputatlik mandatining 400 tasini monarxiyachilar egalladi.
“Garchand 1870-yilning 4-sentyabrida xalq qo‘zg‘oloni tufayli Fransiyada
respublika tuzumi e’lon qilingan bo‘lsa-da, Milliy majlisdagi ko‘pchilik o‘rinlarni
monarxiyachilar egallashgan. Respublikachilar parlamentda ozchilikni tashkil
qilishgan.
Ular
turli
oqimlarga
mansub
edilar,
go‘yo mamlakatda
“respublikachilarsiz respublika mavjud edi”. Monarxiyachilar guruhi siyosiy
hokimiyat uchun kurashishdi.
1.
Ligitimistlar.
2.
Burbonlar.
3.
Bonopartchilar.
Ligitimistlar-Burbonlar sulolasining nomzodi Karl X ning nabirasi graf
Shamborni quvvatlashsa, orleanchilar sulolasiga mansub monarxiyachi deputatlar
Lui Filippning nabirasi graf Parijskiyni quvvatlashdi. Monarxiyachi deputatlar
o‘rtasidagi kurashdan Ter ustalik bilan foydalandi. U 1871- yilning 31-avgust kuni
Fransiya prezidenti etib saylandi. Mamlakatda chiqarilgan ichki zayomlar evaziga
qisqa muddat oralig‘ida 1873 -yilning martiga qadar Germaniyaga 5 milliard frank
33
miqdoridagi tovon puli to‘landi. Tyer Fransiyada konservativ respublika tuzumini
amalda saqlanishiga majbur bo‘ldi. Ter monarxiyani tiklashga jur’at etolmadi va
monarxiyachilar
ishonchini
oqlamadi.”
1
Mana
shu
tarzda
Tyer
monarxiyachilarning ishonchini oqlay olmaganligi uchun Tyer 24-may (1873y)
iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng, Burbonlarga mansub Mak Magon o‘sha
yilning may oyida respublika prezidenti lavozimini egalladi. 1873-yilning
noyabrida monarxiyachilarning xoxishi bilan prezidentlik vakolati 7 yilga
cho‘zildi. Mak Magon mamlakatdagi “ahloqiy tartiblar”ni tiklash maqsadida davlat
maxkamalaridagi amaldorlarni monarxiyachilar bilan almashtirdi. O‘sha davrdagi
Fransiyani istehzo bilan “Gersoglar respublikasi” deb atalgan. 1875-yilning 21-
yanvarida Fransiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unda davlat tuzumining
shakli haqida so‘z ketganda, “Respublika” atamasi ishlatiladi. Faqat bir ovoz farqi
tufayli (353 qarshi 352) konstitutsiya qabul qilindi. Germaniyaning «yuqoridan»
va Prussiya monarxiyasi boshchiligidagi birlashishi yakunlandi.
“Frankfurt shartnomasi Veralda imzolangan shartnomaning asosiy
shartlarini tasdiqladi. Umuman, shartnomaning shartlari iqtisodiy, siyosiy va
harbiy jixatdan Fransiyani zaiflashtirdi va Germaniyani kuchaytirdi. Fransiya-
Prussiya urushi davrida Rimda joylashgan va papani qo‘llab-quvvatlagan fransuz
korpusi vataniga chaqirib olindi; Papa viloyati Italiya bilan birlashdi - Italiyaning
birlashishi yakunlandi.”
1
Urush lokal tarzda bo‘lib o‘tadimi yoki boshqa davlatlar
ham bu urushga aralashishadimi? Bunday asosiy muammo fransuz va prus
diplomatlari oldida turar edi. Fransuz hukumati Avstriya-Vengriya va Italiyaning
ko‘magini qo‘lga kiritishga intilardi; pruss hukumati esa ularning betarafligiga
1
Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих III том (1871-1918), Т.:1964.
1
Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих III том (1871-1918), Т.: 1964.
34
erishmoqchi edi. Avstriya-Vengriyaning urushga kirishi yoki betarafligi
masalasining hal etilishida Rossiyaning munosabati eng katta ahamiyatga ega edi.
Ikkinchi imperiya 60-yillarda Sharqda Rossiyaga qarama-qarshi harakatlar
olib borar edi. Parij-Rim koalitsiyasi siyosati Fransiya tomonidan davom etardi.
Bundan tashqari, Napoleon III rus-polyak ishlariga (1863-yil Polshadagi
qo‘zg‘olon) aralashishga urinardi. Prussiyaning urushda Fransiyadan mag‘lubiyati
Avstro-Vengriyaning kuchayshiga olib borardi. Bu holat ham Peterburgda
inobatga olinardi. Barcha omillarni inobatga olib, rus podshohi, Avstriyaning
urushga aralashgan taqdirda, Prussiyaga harbiy yorda ko‘rsatish va’dasini berdi.
Bundan tashqari, fransuz armiyasining Sedandagi mag‘lubiyatidan so‘ng
Avstriyaning urushga aralashuvi to‘g‘risidagi masala kun tartibidan olib tashlandi.
Ikkinchi imperiya siyosati Italiyaning birlashishiga to‘sqinlik qilardi va ikki
davlat o‘rtasidagi kelishuvga imkoniyat bermasdi. Ikkinchi tomondin, Italiya
Fransiyadan moliyaviy jihatdan qaram edi. Shuning uchun, Italiya hukumati
Napoleon III bilan munosabatlarni keskinlashtira olmasdi. Oxiriga kelib,
Italiyaning tashqi siyosiy munosabatini Sedan belgilab berdi. Fransuz armiyasining
halokatidan so‘ng, Fransiyaga yordam berish rejalari chetga surib tashlandi.
“Angliyaga to‘xtalsak, Gladston hukumati qit’adagi urushga aralashishga
intilmasdi. Ikki urushayotgan tomondan Belgiya betarafligini saqlash tasdig‘ini
olish bilan ingliz hukumati kifoyalandi. Angliyaning hukumat doiralari kuchli
dengiz va mustalakachi davlat-Fransiyaning zaiflashuvidan manfaatdor edi.”
1
Fransiya-Prussiya urushi XIX asrning oxirgi choragidagi xalqaro munosabatlar
tarixida yangi sahifa ochib berdi. Yevropaning siyosiy xaritasida qudratli
Germaniya imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davlat kuchli va yirik harbiy, sanoat va
moliyaviy salohiyatga ega edi. Fransiya-Prussiya urushining muhim xalqaro
1
У.Жўраев, E.Холиқов, Д.Қодиров “Жаҳон тарихи”, Ўқитувчи- Т.: 2014.
2
Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих III том (1871-1918), Т.: 1964.
35
ahamiyatga ega natijasi sifatida Italiya birlashishining yakunlanishi namoyon
bo‘ldi. Bu buyuk davlat O‘rta yer dengizi xavzasida Fransiyaning raqibi bo‘lib
qoldi. “Avstriya-Vengriya, o‘z navbatida, urushidagi mag‘lubiyati uchun revansh
olish g‘oyasidan voz kechib, Germaniya bilan yaqinlashishiga qaror qildi.
Germaniya iqtisodiy qudratining tez kuchayishi va uning mustamlakachilik
ekspansiyasi maydoniga chiqishi ingliz-german ziddiyatlarning keskinlashuvini
muqarrar qilib qo‘ydi.”
2
Shunday qilib, Fransiya-Prussiya urushi va Germaniya imperiyasining
tashkil topishi Yevropada kuchlarning qayta guruhlanishiga olib keldi va xalqaro
vaziyatni keskinlashtirdi. Germaniya imperiyasining asoschisi va uning birinchi
kansleri Otto fon Bismark Germaniya boshchiligida harbiy-siyosiy koalitsiya
(ittifoq) tuzishga intildi. Bundan asosiy maqsad Fransiyani yakkalab qo‘yish va
keyinchalik unga qarshi yangi urush uchun qulay diplomatik sharoit yaratish edi.
Fransiyaga qarshi Bismarkning tashqi siyosati «Uch imperator» ittifoqini (Rossiya,
Avstriya-Vengriya, Germaniya) 1873-yilda tashkil etishida namoyon bo‘ldi.
Fransiyani ehtimoliy ittifoqchilar sifatida Rossiya va Avtsriya-Vengriyadan
mahrum etish uchun Bismark Yevropada «tartibni» mustahkamlashda monarxik
birdamlik qilish g‘oyasidan foydalandi. «Uch imperator» ittifoqi 1887- yilgacha
umr ko‘rdi. Bu paytga kelib Avstriya-Rossiya va Germaniya-Rossiya ziddiyatlari
yangi kuch bilan keskinlashib ketdi. Rossiyaning «Uch imperator» ittifoqiga kirishi
yangi german tajovuzi paytida Fransiyani qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi
emasdi. Rossiya Fransiyaning yanada zaiflashuvidan manfaatdor emasdi.
“«Evropada kuchlar muvozanatini» saqlab qolish siyosatini olib borgan Angliya
ham harbiy Yevropada bitta buyuk davlatning (Germaniyaning) ustivorligi
o‘rnatilishiga qarshi edi. Aynan Rossiya va Angliyaning pozitsiyalari (mavqei)
1875-yilda Bismarkka Fransiyaga qarshi yangi urush ochishga to‘sqinlik qildi.”
1
1
Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Авeрянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда. Укитувчи-T.: 1989.
36
Xulosa
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgach jamiyat ijtimoiy siyosiy
hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Bu jarayon
intelektual qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
Chunki sobiq ittifoq tarixshunosligi tomonidan ilmiy tadqiqot obyekti sifatida
o‘rganilgan mavzular ma’naviy jihatdan yaroqsiz holda ekanligi ikkinchidan esa
tarixni o‘rganishdagi ko‘pgina masalalarni tarixni “qora dog‘”lari sifatida talqin
qilinishi mustaqillikning ilk kunlaridanoq qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb
masalaga aylandi.
O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy
hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon
intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan
hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni
ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan
o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning
isboti sifatida yurtboshimizning, “Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda
tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina
chinakam tarix bo’ladi”
1
, deb aytgan fikrlari nihoyatda o’rinlidir. Bundan tashqari
tarixning “oq dog‘lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyati
qo‘lga kiritildi. “Dunyo haritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ular
hozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy
mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil
rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular
1
Karimov I.A.Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. Manaviyat-T.: 2008.
37
dunyodagi boshqa mamalakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga
intilmoqda”
Mustamlakachilik siyosati natijasida, XIX asrning oxiriga kelib,
„egallanmagan yerlar"ni bosib olish yakunlandi. Iqtisodiy jihatdan qudratli
davlatlarning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kam taraqqiy etgan
mamlakatlarga ta'siri tobora kuchaydi. Kun tartibida mustamlakalarni va ta'sir
doiralarni qayta bo'lish masalasi paydo bo'ldi. Ko'plab davlatlar muammoni hal
qilishning vositasi sifatida kuchga tayanishni lozim topdilar. Oqibatda, hayotni
harbiylashtirish borgan sari avj oldi.
Yevropa davlatlari o'rtasidagi hududiy nizolar ham bor edi. Yevropa
davlatlari o'rtasida munosabatlarni keskinlashtirgan yana boshqa bir sabab,
ularning bir-biridan iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi
bo'ldi.
Ayni paytda, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, barcha sohalar: savdo-
iqtisodiy, harbiy, mustamlakalar, tashqi siyosat- Yevropada gegemonlik, ya’ni
birinchi darajali davlat o’rni uchun Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyaning
qizg’in kurashi ostida kechdi. Lekin
Fransiya iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha o'z
qo'shnilari bo'lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotgan
edi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda Prussiyaning Germaniyani
birlashtirishiga to'sqinlik qila olmay qoldi natijada muvaffaqiyatsizlikka uchray
boshladi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo'lsa, Fransiyaning xalqaro
maydondagi obro'siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek
mavqeyi barham topar edi. Tabiiyki, Fransiya hukmron doiralari buni aslo
xohlamas edi. Shuningdek, mamlakatda ishsizlik, qimmatchilik mehnatkashlarning
doimiy yo'ldoshi bo'lib qolgandi. Bu hodisa ishchilarning keskin noroziligini
vujudga keltirdi. Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi
g'olibona urush-barcha muammolaring to’g’ri yechimidek tuyuldi. Bu urash
Fransiyaning, shuningdek, Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo'lardi.
38
Buning uchun esa urushda g'alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo'l
qo'ymaslik va Germaniyaning ba'zi hududlarini bosib olish zarar edi.
„Ems depeshasi"ni Fransiya o'z sha'ni uchun haqorat deb hisobladi. Natijada
minglab odamlarning hayotiga zomin bo’lgan , qirg’inbarot fojia- 1870-yil 17-
iyulda Fransiyaning Prussiyaga urush e'lon qilishi bilan boshlandi. Biroq, tez
orada, Fransiya harbiy kuchlarining urushga tayyor emasligi, Fransiyaning
Prussiya qudratini yetarli baholamaganligi ma'lum bo'lib qoldi. Mamlakat
hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir
ko‘rsatgan edi. Armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi; harbiy
qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan; ularning yo‘nalishlar va ma’lum
yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib ketgan;ularning ta’minoti yo‘lga
qo‘yilmagan edi; qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori
borligini bilmasdi.
1-sentabr kuni Napoleon III Sedan qamali tufayli Napoleon III
2-sentabr kuni oq bayroq ko'tardi. Natijada Napoleon III Sedanda o'z Vaterloosini
topdi. Oqibatda Fransiya Germaniyaga tahdid sola olish qudratidan mahrum bo’ldi.
Bu mag'lubiyat ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining halokati ham bo'ldi.
3-sentabr kuni qo'zg'olon, 4-sentabrda imperator hokimyati ag'darilishi- Fransiya
Respublika deb e'lon qilindi. (Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi.)
Prussiya hukmron doiralari Fransiyani iloji boricha ko'proq holdan
toydirishi, katta tovon undirishga hamda uning foydali qazilmalarga boy viloyatlari
bo'lmish Elzas va Lotaringiyani tortib olishga intilishi urushni Prussiya uchun
bosqinchilik urushiga aylanganini ko’rsatardi. Urushdagi g'alaba Prussiyaga o'z
qo'l ostida butun Germaniyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. 1871-
yil 18-yanvar kuni Fransiyaning Versal saroyida Germaniya — imperiya, Prussiya
qiroli Vilgelm I esa Germaniya imperatori deb e'lon qilindi. 26-fevralda Fransiya-
Germaniya tinchlik shartnomasi imzolandi.
1871- yil 18- mart Prussiyaga qarshi urushdagi mag'lubiyat va
voqealari ayanchli shartlar asosida vaqtincha imzolangan tinchlik shartnomasi
39
parijliklarning hukumatga qarshi qahr-g'azabini kuchaytirib yubordi. Buning
ustiga, Parijda muhtojlik, ishsizlik, oziq-ovqat mahsulotlari nar-xining keskin
oshib ketishi yuz berdi. Parijliklarda hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo
bo'ldi. Bu hodisalar Parij aholisini oyoqqa turg'azdi. Ular Milliy gvardiya bilan
birgalikda harakat qilib, shaharning muhim ahamiyatga ega bo'lgan joylarini qo'lga
kiritdilar.
Ishchilar, ziyolilar va qo'zg'olonning boshqa qatnashchilari vakillaridan
iborat Kommuna Kengashi tuzildi. Shu tariqa Parij shahri o'ziga xos kichik bir
davlat edi. Bu davlat Parij mehnatkashlarining davlati edi. Parij Kommunasi xalq
farovonligini ko’zlab qator tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Biroq,
Kommuna o'z faoliyatida qator xatolarga ham yo'l qo'ydi. Mamlakatning qolgan
qismi Kommunani qo'llab-quvvatlamagani, Kommuna kengashi ichida Kommuna
ichki siyosati xususida birlikka erishib bo'lmagani, stixiyali harakatlar- olib
bormagani oqibatida Kommuna to'la tor-mor etildi. Asir olingan 30 mingga yaqin
kommunachi otib tashlandi. 50 mingga yaqin kommunachilar qamoqqa olindi.
Bular orasida minglab xotin-qizlar va bolalar ham bor edi. Shu tariqa 72 kun
yashagan Kommunaga xotima berildi. Parij Kommunasi bilan ayni paytda
Fransiyada inqiloblar davri nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari
hokimiyat bilan fuqarolarning o'zaro manfaatli kelishuvchilik asosida yashashi
zarurligini isbotlab berdi.Xulosa tarzida aytish mumkinki, Kommunachilarning
faoliyati davomida Fransuz xalqiga xos bo‘lgan eng ezgu xislatlar yaqqol
ko‘rindi…
Do'stlaringiz bilan baham: |