Hakimov shahbozbek kurs ishi mavzu



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.11.2019
Hajmi1,29 Mb.
#26340
1   2   3   4
Bog'liq
fransiya-prussiya urushi 1870-1871 davri diplomatiyasi. (3)


 

3.

 URUSHNING BORISHI VA HARBIY HARAKATLARNING JADALLASHUVI

.  

1870-  yilning    4-avgust  kuni  Veysenburgda  5  ming  Fransuzlar  40  ming 

kishilik  nemis  armiyasining  xujumiga  dosh  bera  olmay  katta  qurbonlar  berdi  va 

Strasburg    tomon  chekinishdi.  Strasburg  yaqinida  6-avgustda  Freshviler  bilan  

Forbak yonida turgan 46 ming Fransuz askarining ahvoli yanada tang edi. Chunki 

unga  xujum  uyushtirgan  nemis  armiyasi  120.000  kishidan  iborat  bo‘lgan.  Bu 

ketma-ket  mag‘lubiyatlar  Napoleon  III  armiyasining  zaifligini  va  ayniqsa,  shu 

armiyani vujudga keltirgan tuzumning zaifliginI ko‘rsatuvchi yaqqol dalil edi. 

 Shiddatli  janglar  davomida  prussiyaliklar  marshal  Mak  Meton 

qo‘mondonligidagi Fransuz armiyasini janubiy guruhini tor-mor etdilar.  

Fransuz  qurolli  kuchlarining  mag‘lubiyatga  uchraganligi  to‘g‘risidagi 

xabarlar  Parijga,  so‘ngra  esa  mamlakatning  boshqa  qismiga  yetib  borgan  zahoti 

xalq g‘azabi qaynab ketdi. 6-9 avgustda Parijda, shuningdek viloyatlarda dahshatli 

xalq  g‘alayonlari  bo‘ldi;  rahbarlik  ishlari  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilganda  va  burjua 

respublikachilarixalq  ommasidan  dahshatga  tushib,  bonapartchilar  rejmini 

quvvatlamaganda  edi,  bu  g‘alayonlar  imperiyaga  nisbatan  ochiq  inqilobiy 

harakatga aylanib ketgan bo‘lardi.    

“Burjua  respublikachilarning  qo‘rqoqligi  va  ojizligi  Qonun  chiqaruvchi 

korpusda  hukmronlik  qiluvchi  ,,mamluk”larning  (bonapartchilrni  kinoya  bilan 

shunday  atardilar,  ya’ni  deputatlar)  hukumatni  o‘zgartirishga  imkon  berdi.  Olive 

hukumati  istefo  berdi.  Ashaddiy  urushqoq  bonapartchilardan  tuzilgan  yangi 

hukumat  shafqatsizlik  bilan  politsiya  ta’qibi  yo‘liga  –  demokratik  gazetalarni 

yopish, 

Parijning 

hamma 

hududlarida 



respublikachi-demokratlarni 

va 


sotsialistlarni qamoqqa olish yo‘liga o‘tdi, bu hukumat mamlakatda qaynab turgan 

17 

 

jamoatchilik  g‘azabini  shunday  terror  vositasi  yo‘li  bilan  bo‘g‘ib  tashlamoqchi 



bo‘ldi.”

1

  



 O‘sha  yilning  12-avgustida  Mets  qal’asining  qo‘mondonligi  marshal 

Bazepga  topshirildi.  14-avgustda  blankichilar  Belgiyadan  yashirincha  kelgan 

Blanki  rahbarligida  Parijda  qo‘zg‘olon  ko‘tarishga  va  La-Villet  bulvaridagi 

kazarmalarini  qo‘lga  olishga  urinib  ko‘rdilar.  Lekin,  blankichilarning  ommani 

siyosiy jihatdan tayyorlamasdan ob’ektiv shart-sharoitlarni hisobga olmasdan, eski 

klassik  fitnachilik  usullari  bilan  uyushtirgan  va  o‘tkazgan  harakati  bu  gal  ham 

tamomila  muvaffaqiyatsizlikka  uchradi.  «Mamluklar»  La–Vilett  bog‘idagi 

muvaffaqiyatsizlikni bahona  qilib, bunday demokratlarni yana shafqatsizlik bilan 

ta’qib    ostiga  olish  va  mamlakatda      terrorni  kuchaytirish  uchun  foydalandilar. 

Lekin bu hatti-harakatlar jon talvasasiga tushib qolgan bonapartchilar rejimini o‘z 

halokatini orqaga surish uchun qilayotgan so‘ngi urinishlari edi. 

“14-  va  16-avgustdagi  Shpixern  yonidagi  uchinchi  mag‘lubiyatdan  keyin   

fransuz armiyasi barcha imtiyozlaridan  mahrum  bo‘lib  qoldi.”

1

  



 

 

 

 

 

 

                                                           

1

 Янги тарих / И.С.Галкин таҳрири остида. – Т.: 1964. 



2

 Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Авeрянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда.—  Укитувчи,T.: 1989. 

1

 Янги тарих , И.С.Галкин таҳрири остида. – T.: 1964. 



 

  


18 

 

 



 

 

 

 

4.

  FRANSIYA

-

PRUSSIYA  URUSHINING  YAKUNLARI

.

    FRANS

-

PRUSS  YARASH 

SULHINI IMZOLANISHI

.  

Armiyaning marshal Bazen rahbarlik qilayotgan so‘l qanoti g‘aflatda qolib, 

Mets  yonida  og‘ir  janglarga  duchor  qilib  qo‘ydi,  natijada  mag‘lubiyatga  uchradi. 

Fransuz  askarlari  bu  janglarda  zo‘r  qahramonlik  va  matonat  ko‘rsatdilar,    lekin 

Bazen  Mak-Magon  armiyasi  bilan  qo‘shilish  uchun  so‘nggi  imkoniyatdan 

foydalana  olmay,  butun  armiyasini  Mets  qal’asiga  qamab  qo‘yishlariga  imkon 

berdi, bu yerda Bazen armiyasini nemislarning ustun turgan kuchlari qurshab oldi. 

Bazenning xatolari va kamchiliklari o‘sha vaqtdayoq xiyonatkorlik deb baholangan 

edi.  

Mak-Magon ixtiyorida 120 mingdan ortiq qurolli kishi bor edi. Lekin Mak 



-Magon  qo‘shinlari  olg‘a  tomon  tez  va  dalil  bormadi.  U  Parijdagi  istehkomlarga 

tayanib ish ko‘rish  uchun Parijga bormoqchi edi, lekin xalqni yolg‘on axborotlar 

bilan  aldab  kelgan  hukumat:  chekinib  kelayotgan  armiyani  va  bu  armiyadagi 

imperatorni  ko‘rgan  xalq  inqilob  boshlab  yuboradi,  deb  qo‘rqib  Mak-Magonga 

Metsda  Bazen  bilan  borib  qo‘shilishni  buyurdi.  Mak-Magon  dushman  kuchlariga 

duch kelib, shimoliy-sharqqa burildi va biron - bir maqsadni ko‘zlamay, soldatlarni 

holdan  toydiradigan  yurishlar  qilib,  oqibatda  o‘z  armiyasiga  fransuz 

qo‘mondonligining  hamma  xatolaridan  ustalik  bilan  foydalangan  dushman 

zarbalariga tutib berdi.  

“30-  avgustda  Mak-Magon  armiyasi  Bomon  yonida    yana  mag‘lubiyatga 

uchradi  va  orqaga  chekinib  borib  keyinchalik,  Avgust  oyidagi  urush 

harakatlarining  borishi  nemis  qo‘shinlari  foydasiga  o‘zgara  bordi.  Natijada  Mak-



19 

 

Magonning  90  ming  kishilik  armiyasi  ikki  nemis  armiyasining  qurshoviga  tushib 



Sedan  daryosi  bo‘yida  juda  noqulay  pozitsiyalarda  to‘xtadi.  Bu  yerda  fransuz 

armiyasini  nemislar  qurshab  oldi.  Nemislar  tevarak  atrofdagi  tepaliklarga  juda 

kuchli artileriyani joylashtirib olib, Sedan soyligida qopqonga tushgandek, qamalib 

qolgan fransuz armiyasini 1-sentabr erta tongdan to‘pga tuta boshladi. O‘sha kuni 

kuni 140 ming kishilik nemis armiyasi to‘plar yordamida ketma ket uyushtirilgan 

xujumi  natijasida  katta  qurbonlar  berishdi.”

1

  Soldatlar  va  ofitserlar  dushmanning 



o‘zlaridan ustunlik qiladigan kuchlariga qarshi g‘oyat zo‘r qahramonlik va jasorat 

bilan  jang  qildilar,  lekin  ular  ko‘rsatgan  jasorat  va  qurbonliklarning  hammasi 

behuda ketdi.  

“Ikkinchi  imperiyaning  iste’dodsiz  lashkarboshilari  askarlarni  g‘alabaga 

olib  borish  u  yoqda  tursin,  hatto  milliy  bayroq  sha’ni  uchun  jang  qilishdan  ham 

ojiz edilar. Mak- Magon jang boshida yengil  yarador bo‘lgandan keyin, armiyani 

o‘zi  halokat  yoqasiga  keltirib  qo‘ygan  bo‘lsa  ham,  o‘zini  javobgarlikdan  olib 

qochish uchun darrov qo‘mondonlikni zimmasidan soqit qila qoldi. Uning o‘rnini 

egallagan  gen.  Vimpenning  harakatlari  ham  og‘ir  ahvolni  o‘zgartirmadi.  Qariyib 

12 soat davom etgan jang harakatlari oqibatida sharmandali mag‘lubiyat ro‘y berdi. 

Fransuz  soldatlari  sharoit  juda  og‘ir  bo‘lishiga  qaramay,  qat’iy  jangga    shaylanib  

turgan edilar. Lekin, kunduzi soat 3:00 da Sedanga etib kelgan imperatorning o‘zi 

shahar  markazidagi  minorada  oq  bayroq  o‘rnatishga  buyruq  berdi,  o`zining 

qilichini  esa  Prussiya  qiroliga  jo`natishga  majbur  bo`ldi.  Imperator  buyrug‘iga 

asosan  Metsga  yordamga  borayotgan  Mak-Magon  armiyasi  prussiyaliklar 

tomonidan  Sedanga  surub  chiqarildi  va  o‘sha  yerda  qurshab  olindi.  Imperator 

Napoleon III ham Mak-Magon armiyasida edi. qurshovda qolgan Mets qal’asidagi 

Fransuz  qo‘shinlari  urush  harakatlarida  ishtirok  eta  olmadi,  O‘sha  og‘ir  janglarda 

Fransuzlardan 3 ming kishi o‘ldi, 14 ming jangchi qattiq jahorat olishdi. 

                                                           

1

 Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М.  Янги тарих  III том (1871-1918), Т.: 1964. 



 

20 

 

 Fransuz  armiyasining  Sedan  bo‘yidagi  mag‘lubiyati  Parijda  norozilik 



harakatlarining  boshlanishiga  sabab  bo‘ldi.  Natijada  imperator  va  xukumatning 

obro‘i butunlay barbod bo‘ldi. keyinchalik, o‘sha yilning 27- oktabrida dushmanga 

to‘la taslim bo‘ldi. Avgust oyidagi urush harakatlarining borishi nemis qo‘shinlari 

foydasiga o‘zgara bordi. Natijada Mak-Magonning 90 ming kishilik armiyasi ikki 

nemis  armiyasining qurshoviga  tushib Sedan  daryosi bo‘yida g‘oyat  noqulay  past 

ham joyiga to‘planib qolishgan. 

2-sentabrda  fransuz  imperatori  butun  Mak-Magon  armiyasi  bilan  taslim 

bo‘ldi.  Prussiya  armiyasi  muvafaqqiyati  ko‘p  jihatdan  son  bo‘yicha  ustunlik 

evaziga  erishildi.  Fransiya-Prussiya  urushining  barcha  janglarida  (16-  avgustdagi 

Mars-Lya-Turdagi  jangdan  tashqari)  son  jihatdan  ustunlikda  g‘alaba  qozonildi. 

Barcha  kuchlarni  bir  frontda-Fransiyaga  qarshi  mujassam  etish  imkoniyatiga  ega 

bo‘lish-bu Prussiya uchun katta siyosiy yutuq edi. Shu tariqa, bu yerdagi 80 ming 

kishilik  armiya  Napoleon  boshchiligida  taslim  bo`ldi.  Napoleon  III  Sedanda  o`z 

Vaterloosini  topdi.  100  ming  kishilik  ikkinchi  armiya  ham  Mets  qaPasida 

qurshovga  tushib  qoldi.  Endi,  Fransiya  Germaniyaga  tahdid  sola  olmas  edi.  Bu 

mag`lubiyat, ayni paytda ikkinchi imperiya hokimiyatining ham halokati bo`ldi. 2-

sentabrda  jami    3      ming    kishini    talafot    bergan  fransuz      armiyasi      imperator   

Napoleon      boshliq      82000  soldat,    ofitserlar  bilan  g‘oliblarga  taslim  bo‘ldi. 

Fransiya olib borgan urushlar tarixda misli ko‘rilmagan bu sharmandalik ikkinchi 

imperiya halokatining qonuniy xotimasi edi.”

1

  

 



 

 

 

 

                                                           

1

 “Янги тарих” (1871-1917), I. M. Kривогуз тахрири остида, T.: 1989. 



21 

 

 



 

 

5.

  FRANSIYADA  DAVLAT  TO

`

NTARISHI  VA  UNING  OQIBATLARI

,

  FRANS

-

PRUSS YARASH SULHINI IMZOLANISHI

 

Sedan  halokati  to‘g‘risidagi  xabar  Parijning  hukumat  va  parlament 

a’zolariga  2-sentabr  kechqurun  allamahalda  yetib  bordi.  Bonapartchilar  ham, 

oppozitsiya  vakillari  burjua  respublikachilari  ham  bu  xabarni  ommadan 

yashirishga  harakat  qildilar.  Ter  sulh  tuzish  to‘g‘risida  Prussiyaliklar  bilan darhol 

muzokara  boshlashni  taklif  qildi.  Burjua  respublikachilari  va  orlenchilar 

bonapartchilar  bilan  maxfiy  siyosiy  kombinatsiyalar  tuzish  to‘g‘risida  muzokara 

olib boradilar: ularning hammasi xalqdan qo‘rqar va ustalik bilan siyosiy manyovr 

qilib, inqilobning oldini olishga harakat qilardi.   

“Lekin yuz bergan mudhish voqeadan xabar topgan Parij mehnatkashlari 3- 

sentabr 

kechqurundan 

 

boshlaboq 



qo‘zg‘alon  ko‘tardilar.  Ko‘chalarda   

namoyishlar      boshlanib      ketdi,  xalq  harakatining  tashabbuskorlari  blankichilar 

bo‘ldi.  4-sentabr    ertalabdan        boshlab      poytaxt    mehnatkashlari  ko‘chalarga 

chiqdilar.”

1

 Praijda siyosiy beqarorlik kuchaydi. Parijda qonun chiqaruvchi korpus 



binosida  Respublikachilar  va  monarxiyachilarning  siyosiy  kurashlari  avj  oldi. 

Ularning  biri  Respublika  tuzimi  va  islohatlarga  tarafdor  bo‘lsa,  ikkinchisi 

monarxiyani  tiklash,  taxtga  orlean  sulolasiga  mansub  bo‘lgan  graf  Parijskiyni 

tiklashni istashdi va xokazo. O‘ziga xos siyosiy kurash maydoniga aylangan qonun 

chiqaruvchi  korpus  binosiga  poytaxtdagi  olomon  bostirib  kirib,  Fransiyada 

respublika tuzimini e’lon qilishni qat’iy tarzda talab etishdi 

                                                           

1

 



U.Jo‘raev, E.Xoliqov, D.Qodirov “Jahon tarixi”, O‘qituvchi, T.:2014.

 

 



22 

 

Namoyishchilar  qonun  chiqaruvchi  korpusning  majlislar  zaliga  bostirib 



kirdilar  va  blankichilar  boshchiligidagi  ishchilar  respublika  e’lon  qilishni  qat’iy 

talab  etdilar.  Gambetta  va  Favr  boshliq  burjua  respublikachilar  ishchilarning  bu 

qat’iy qaroridan bosh tortish niyatida, Qonun chiqaruvchi korpus binosi liq to‘lib 

ketgan  Parijliklarni    ratusha  tomon  boshlab  ketdilar.  Lekin  bu  ko‘p  kishilik 

marosim ratushaga yetib borganda, Grev maydonida xuddi dengizday to‘lqinlanib 

turgan  boshlarni,  korjama  kiygan,  qo‘lini  musht  qilib  ko‘targan  olamonni  ko‘rdi, 

ratusha  gumbazi  ustida  esa  qizil  bayroq  xilpirab  turardi.  Ratusha  binolaridan 

blankichilar  bo‘lajak  revolyutsion  hukumat  ro‘yxatini  tuzayotgan  edilar.  Bu 

hukumatga  Blanki  Flurans,  Deleklyuz,  Rashfor  va  boshqalar  kirishi  lozim  edi. 

Burjua  respublikachilari  tashabbus  blankichilar  qo‘liga  o‘tib  ketishdan  qo‘rqib, 

chaqqonlik  bilan  ish  ko‘rishga  qaror  qildilar.  Shu  tariqa  Parij  mehnatkashlari 

inqilobning  dastlabki  soatlaridayoq  Fransiyani  respublika  deb  e’lon  qilishga 

majbur qildi. 

“Ba’zi  o‘zgarishlardan  keyin  hukumat  quyidagi  sostavda  tuzilgan  edi: 

hukumat  boshlig‘i  va  Parij  harbiy  gubernatori  orleanchi  general  Troshyu  bosh 

ministr  o‘rinbosari  va  tashqi  ishlar  ministri  burjua  respublikachisi  advokat  Jyul 

Favr,  ichki  ishlar  ministri  burjua  respublikachisi  Lyui  Gambetta,  xarbiy  ministr 

orleanchi  general  Morlo  va  boshqalar  edi.”

1

  Fransiyada  imperiyani  ag‘darib 



tashlagan va respublika tuzumini o‘rnatgan 1870-yil 4-sentabr inqilobini Parijning 

barcha  mehnatkashlari  qo‘llab-quvvatlagan  ishchilar  sinfi  amalga  oshirgan  edi. 

Shunga  qaramay,  hokimiyatni  burjuaziya  o‘z  qo‘liga  oldi.  Lekin  burjuaziya 

ommaning  talablari  bilan  hisoblashishga  va  respublika  e’lon  qilishga  majbur 

bo‘lgan  edi.  1870-  yil  sentabr  inqilobi  o‘z  xarakteri  jihatidan  burjua-demokratik 

inqilob edi. 

Fransiyaning  o‘zida  4-sentabr  (1870y.)  inqilobi  natijasida  mamlakatda 

respublika  o‘rnatildi.  Hokimiyatni  o‘z  qo‘liga  olgan  burjua  «Milliy  mudofaa 

                                                           

1

 Янги тарих , И.С.Галкин таҳрири остида. – Т.. 1964. 



23 

 

hukumati»  keng  xalq  ommasining  vatanparvarlik  g‘ayrat-shijoati  bilan 



hisoblashishga majbur bo‘lib, shosha-pisha o‘zini «milliy mudofaa hukumati» deb 

e’lon  qildi.  Troshyu  manifestlar  chiqarib,  ularda,  «Parij  gubernatori  hech  qachon 

pruslarga taslim bo‘lmaydi» dedi, Jyul Favr esa tashqi ishlar ministri sifatida, «Bir 

qarich  yerimizni  ham,    qal’alarimizning    bironta  toshini    ham    hech    qachon 

birovga bermaymiz» deb qasam ichdi. 

Xalq  ommasigina  emas,  balki  ularga  boshchilik  qilgan  siyosiy  rahbarlar 

blankichilar,  krudonistlar  ham  boshda  burjua  hukumati  siyosatining  bu  haqiqiy 

basharasini ko‘ra  bilmadilar va tushunmadilar. 

Mana  shunday  davrda  g‘oyat  ulkan  siyosiy  o‘zgarishlarga  qaramay, 

mamlakatdagi  vaziyat  og‘ir  edi.  Vatanparvar  kuchlarning  harakati  tufayli 

mamlakat  mudofaasi  biroz  yaxshilansa-da,  Fransiyaning  strategik  holati  yaxshi 

emas  edi.  Mamlakatning  Shimoliy  –  Sharqiy  qismini  nemislar  ishg‘ol  qilgan  edi, 

Yangi  tashkil  etilgan  Fransuz  armiyasi  zarur  xarbiy  tayyorgarlikka  ega  emas  edi. 

Xarbiy qismlarning harakatlari puxta reja asosida olib borilmas edi.  

1870-yilgi  burjua  «milliy  mudofaa  hukumati»,  1793  yildagi  burjua 

inqilobiy  hukumati  singari,  respublikaning  tashqi  dushmanlariga  qarshi  

mardonavor  kurash  olib  bordi.  7-sentabrdagi  «Vatan  xavf  ostida»degan  gazeta 

chiqara boshlagan Blanki gazetaning birinchi sonidayoq hukumatga so‘zsiz qattiq 

yordam  ko‘rsatishga  va  dushman  oldida  hukumatga  qarshi  har  qanday  kurashdan 

va xatto unga nisbatan oppozitsiya tashkil  qilishdan ham  voz  kechishga  da’vat 

qildi. Bu, albatta soddadillik bilan qilingan, xayollarga asoslangan  qo‘pol xato edi, 

bu yo‘l juda xavfli edi.  

 Shu  damda,  Sedan  jangidan  so‘ng  prus  armiyasining  bir  qismi  Parijga 

hujum  harakatlarini  boshladi.  Prus  armiyasining  boshqa  qismi  Metsda  Bazen 

armiyasini qamal qilish bilan band edi. 1870 yilning o‘rtalarida Parij har tomondan 

qurshab olindi.Poytaxt tez – tez to‘pga tutib turildi. O‘sha yilning qishida Parijadgi 

iqtisodiy  ahvol nihoyatda qiyinlashdi.  Shahardagi  oziq  -  ovqat zaxiralari kamayib 


24 

 

ketdi.  Kuniga  har  bir  odamga  300  gramdan  non  berildi.  Mana  shunday  sharoitda 



xukumat  dushmanga  keskin  zarba  berishni  tashkil  eta  olmadi.  19-chi  sentabrda 

prussiyaliklar  Parijni  qurshab  olishni  yakunlashdi.  Xarbiy  qismlarning  harakatlari 

puxta reja asosida olib borilmas edi.  

“Lekin  bu  yerda  ularni ko‘p  sonli  garnizon  va  Parij  aholisining  qarshiligi 

kutib  turardi.    1870-yil  7-oktabrda  «milliy  mudofaa  hukumatining»  a’zolaridan 

biri,  Gambetta,  Tur  shahriga  kelib  joylashdi  va  bu  yerda  yangi  armiyalar  tuzish 

bo‘yicha  jadal  faoliyat  olib  bordi.”

1

  Nemislarning  ahvoli  mukammalasha  bordi. 



Boshqa  buyuk  davlatlarning  urushga  aralashish  ehtimoli  paydo  bo‘lishi  mumkin 

edi.  Mets  va  Parij  qamali  nemislarning  ko‘plab  kuchini  band  qilar  ekan, 

Gambettaning  yangi  armiyalarni  shakllantirish  rejasi  amalda  muvaffaqiyatga 

erishish imkoniyaga ega edi. Lekin, 1870-yil 27-oktabrda marshal Bazen o‘zining 

armiyasi  bilan  Metsni  nemislarga  topshirdi.  Bazenning  taslim  bo‘lishi  Fransiya 

uchun  vaziyatni  og‘irlashtirdi:  Mets  qal’asi  qamalida  band  bo‘lgan  nemis 

qo‘shinlari erkin harbiy harakatlar imkonini qo‘lga kiritdi. Va bu vaziyatda «milliy 

mudofaa hukumati» har qanday qarshilikni to‘xtatdi: hukumat nemislar bilan sulh 

tuzdi.  “Rossiyaning  chor  hukumati,  vujudga  kelgan  vaziyatdan  foydalanib,  1870-

yil  Parij  traktatining  o‘zi  uchun  og‘ir  bo‘lgan  shartlaridan  qutilib  oldi.  Bunday 

holat  Londondagi  1871-yil  yanvar  konferensiyasida  tasdiqlandi.1871-yil  18-

yanvarda  Germaniya  imperiyasining  tashkil  etilganligi  e’lon  qilindi.”

2

  1871-


yilning  28  -yanvar  kuni  Vaqtli  xukumatning  tashqi  ishlar  vaziri-  Jyul  Fabr 

Verselga  borib,  Germaniya  xukumati  bilan  qisqa  muddatli  sulx  shartnomasini 

imzoladi.  Mazkur  shartnoma  nemislar  uchun  favqulodda  muhim  moddalarga  ega 

edi.  O‘sha  shartlardan  biri  –  darxil  Milliy  majlisni  chaqirib,  sulx  shartnomasini 

tasdiqlashdan  iborat  edi.  Milliy  majlis  mamlakatda  8-fevral  kuni  o‘tkazildi. 

                                                           

1

 Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М.  Янги тарих  III том (1871-1918), Т.: 1964. 



2

 Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Авeрянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда. Укитувчи,T.: 1989. 

 


25 

 

Saylovlar  22-yanvar  qo‘zg‘oloni      bostirilganidan      keyin      boshlangan  qattiq 



reaksiya sharoitida o‘tdi. Demokratik kuchlar ta’qib ostiga olindi. Xatto Gambetta 

aslida  Bismarkning  talabiga  muvofiq,  ichki  ishlar  ministri  vazifasidan    ketishi  

lozim  edi. 

 Yangi parlament tarkibida 200 ligitnmistlar, o‘shancha orleanchilar, 120 ta 

mo’tadil Respublikachilar bor edi. 12 fevral kuni Bordoda yig‘ilgan Milliy majlis 

yangi  xukumat  tuzdi.  Uning  boshlig‘i  Tyer  bo‘ldi.  Sulx  shartnomasi  tasdiqlandi 

Yirtqich  burjuaziya  yuqori  doiralarining  eng  jirkanch  xususiyatlarini  o‘zida 

mujassamlashtirilgan  shu  kishining  o‘taketgan  reaksion  Millat  majlisi  tomonidan 

davlat boshlig‘i qilib saylanganligi bejiz emas edi. 

Tyer  Parijning  itoatsiz  proletariatidan  o‘ch  olish  uchun  mumkin  qadar 

tezroq  qo‘lini  bo‘shatib  olish  uchun  sulh  shartnomalari  to‘g‘risida  kelishib  olish 

maqsadida  darrov  Bismark  huzuriga  yugurdi.  Bismark  esa  endi  Prussiya 

qirolligining  vakili  emas,  balki  1871-yil  18-yanvarda  Versalda  e’lon  qilingan 

Germaniya imperiyasining vakili edi. 



 “Parijdagi  yigirma  okrug  delegatlarining  1871-yil  yanvarida  aholiga 

qilgan murojaatidan: 

4  sentabr  hukumati  mamlakatni  mudofaa  qilish  vazifasini  o‘z  zimmasiga 

olgan  edi:  xo‘sh,  u  bu  vazifani  bajardimi?  Yo‘q.  Bizlar  500  ming  jangchidan 

iboratmiz,  prusslar  esa  faqat  200  ming  kishidan  iborat  bo‘lgani  holda  bizlarni 

bo‘g‘ib  tashlamoqda!  Bunga  bizlarni  idora  qilayotganlardan  bo‘lak  kim  aybdor? 

Ular  to‘p-zambaraklar  quyish  va  qurollar  yasash  o‘rniga  faqat  muzokaralar 

yurgizishni o‘ylab keldilar. Ular yalpi safarbarlik o‘tkazishdan voz kechdilar. Ular 

bonapartchilarni 

o‘z  o‘rinlarida  qoldirib,  respublikachilarni  turmalarga 

tashladilar...”

1

 

                                                           



1

 Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Авeрянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда. Укитувчи-T.: 1989. 

  


26 

 

Hukumat o‘z basharasini tamomila ochib ko‘rsatdi, u bizlarni o‘ldirmoqda. 



Parijni xalos qilish uchun tezlik bilan qat’iy bir qarorga kelish kerak. Munitsipalitet 

yoki  Kommuna,  nima  deb  atalmasin,  xalq  uchun  birdan-bir  najotdir.  Xalqning 

o‘limga  qarshi  birdan-bir  boshpanasidir.  Bastiliyani  vayron  qilib,  toj-taxtlarni 

ag‘darib  tashlaydigan  1789-yilgi  Ulug‘  Xalq  sovuq  va  ochlik  holdan  toydirib, 

tomirlarida  qon  qotib  qolguncha,  yuragining  urishi  to‘xtab  qolguncha  qo‘l 

qovushtirib  kutib  turadimi,  axir?  Yo‘q!  Dushman  esa  yuragimiz  qancha  urishini 

sanab  turibdi.  Parij  aholisi  bunday  kulfatlarni  boshdan  kechirishni  va  bunday 

sharmanda  bo‘lib  qolishni  sira  istamaydi.  Parij  aqolisi  hali  fursat  borligini,  qat’iy 

choralar  ko‘rilganda  mehnatkashlar  yashab  qolishi,  butun  aqoli  esa  shaylanib, 

jangga  chiqishi  mumkinligini  biladi.  Yalpisiga  musodara  qilinsin!  Bepul  oziq-

ovqat berilsin! Ommaviy hujum qilinsin!!! 

Qamal holatda turgan Parij aholisining iqtisodiy qiyinchiliklar ta’siri ostida 

vatanparvarlik  tuyg‘ulari  kuchaya  bordi.  Ular  Tyerning  siyosatidan  norozi 

bo‘lishdi.  Jamiyatni  o‘zgartirish,  qayta  qurish  haqidagi  g‘oyalar  omma  orasida 

tarqaldi. Parijda boshqa ilg‘or shaharlardagi siyosiy klublarda inqilobiy Komunna 

haqidagi  fikrlar  keng  tarqaldi.  Zero,  1793-yilda  Parijda  dastlabki  inqilobiy 

Kommunalar paydo bo‘lgan edi. Xalq ommasi Kommunada og‘ir qiyinchiliklardan 

xalos  bo‘lishni,  tashqi  dushman  ustidan  g‘alabaga  erishish  imkoni  bor.  Deb 

o‘ylashdi.  Ba’zi  odamlar  esa,  Kommuna  erkin  mehnatni  ta’minlaydi,  deb 

hisoblashdi. Eng  muhimi,  Kommunalar  demokratik  shiorlar  orqali  Respubilka 

tuzumini  orzu  qilishdi.  Nihoyat  “Milliy  mudofaa  xukumati”  milliy  gvardiya  – 

ko‘ngilli 

lashkarlar 

tuzilmalarini 

tashkil 

qilishiga 

rozilik 

bildirdi. 

Mehnatkashlardan  iborat  200  dan  ortiq  milliy  gvardiya  batalonlari  tuzildi. 

Vaxolanki,  ilgari  faqat  milliy  gvardiyaning  faqat  burjua  batalonlari  mavjud  edi. 

Milliy  gvardiyaning  ishchi  batalonlariga  M.K.  boshchilik  qildi.  O‘sha  murakkab 

davrda  Tyer  xukumati  demokratik  kuchlarning  talablari  bilan  hisoblashishni 

istamagani holda dushman oldida taslimchilik siyosatini ilgari surdi. Parij aholisini 


27 

 

qurolsizlashtirishga  shoshildi.  O‘sha  sababli,  sotqin  xukumat  “Tinchlik  sulxini” 



bahona  qilib  Parij  darbozasini  1871-yilning  1-mart  kuni  dushmanga  ochib  berdi. 

Aslida  Tyerchilar  tish  tirnog‘iga  qadar  qurollangan  nemis  qo‘shinlari  bilan  milliy 

gvardiyaning ishchi batalonlari, qolaversa qurolsiz xalqni to‘qnashtirishni maqsad 

qilib  qo‘ygan  edi.  Lekin  Ter  xukumatining  bu  yovo‘z  rejasi  amalga  oshmadi.  

1871-  yilning  18-mart  kuni  inqilobiy  kayfiyatdagi  xalq  ommasi  “Milliy  mudofaa 

xukumati” ga qarshi hal qiluvchi kurshga otlandi. Aslida unga turtki bergan voqea 

Tyer  buyrug‘iga  asosan,  Monmartr  va  Belvill  tepaliklaridan  og‘ir  artillariya 

qismlariga  tegishli  bo‘lgan  qurol  aslahalarni  tashib  ketishga  qaratilgan  harakat 

sabab bo‘lgan edi.  O‘sha 18-mart kuni boshlangan stixiyali xalq harakatlari keskin 

inqilobiy  kurashga  aylandi.  Parij  egallandi.  Milliy  gvardiya  MK  Parijda  qonuniy 

hokimyatga  aylandi.  Eski  rejim  tarafdorlari  Verselga  qochib  borib  o‘rnashishdi. 

Yangi  xokimyat  xarbiy  sudlarni  bekor  qildi,  mahbuslarga  avf  e’lon  qilindi. 

Natijada  11.000  siyosiy  ayblar  bilan  qamalgan  maxbuslar  ozod  etildi.  Shaharda 

kvartira  haqini  to‘lash  va  savdo  sotiq  veksellari  bo‘yicha  to‘lanadigan  qarzlar 

muddati  kechiktirildi.  Parij  aholisining  eng  kam  ta’inlangan qismiga  1  mln.  frank 

tarqatib  berildi.  Bunday  demokratik  tadbirlar  Tyerning  ag‘darilgan  hukumatiga 

tarafdor bo‘lganlarning tashvishini kuchaytirdi. 18-mart inqilobini qurol yordamida 

bostirishga qaratilgan tayyorgarlik boshlandi.  



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish