partlyasinmg nashri “Fidokor”, Adolat sotsml-demokratik partiyasining
nashri “Adolat”, 0 ‘zbekiston Milliy tiklanish partiyasining nashri “Milliy
tiklanish”, 0 ‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining nashri “XXI asr”
gazetalan yuqoridagi tamoyillar asosida ish ко‘rib kelmoqda.
Jurnalistika tamoyillari jamiyat taraqqiyoti bilan birlikda rivojlanib,
takomillashib, yangi-yangi qirralari ochilib boravcradi lstiqlol davri
o‘zbek jurnalistikasi va ommaviy axborot vositalari faoliyatida yuqoridagi
tamoyillar keng qo‘llamlib kelinmoqda. Respublika Oliy Majlisi
tomomdan qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari , to‘g‘risida”,
“Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari
va erkinligi to‘g‘nsida” kabi va boshqa qonunlar o‘zbek jurnalistikasi
nashrlari va ommaviy axborot vositalari ishini yanada takomillashtirish,
ularning jumalistikaning bosh tamoyillariga amal qilgan holda asosiy
ijtimoiy vazifalarini bajarishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Oczbek jurnalistlari, publitsistlari, barcha ijodkorlar o‘z faoliyatlarida
jumalistikaning bosh tamoyillariga og'ishmay amal qilib kelmoqdalar.
7.Журналистика – ижодий фаолият соҳаси сифатида
Режа:
Jurnalist mas’uliyati
Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida
Jurnalist mehnatining uch asosi va uch tarkibiy qismi mavjud.
Jurnalist mas’uliyati
Jurnalistika va ommaviy axborot vositalarining mohiyati, uning ichki,
obyektiv nashrlari hamda ommaviy axborot vositalarida ishlash,
jurnalistika materiallarini yozish va tayyorlash, nashrlar va axborot
vositalarini chiqarish (efirga uzatish) va tarqatishda bevosita ishtirok etish,
faoliyat ko‘rsatish demakdir. Ya’ni, jurnalist jumalistikaning ijtimoiy
vazifalarini bajarishda bevosita ishtirok etuvchi shaxsdir. Bizga ma’lumki,
jurnalistika ijtimoiy hayotni aks ettiradi, uni o‘rganadi, tahlil qiladi va unga
qaytadan ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa birinchi navbatda so‘z vositasi bilan
amalga oshiriladi. Shunday ekan, jurnalistika kasbi ijtimoiy hayotni so‘z
orqali tasvirlay bilish, xabarlash, tahlil qilish, so‘z siyosati bo‘lmish
publitsistika bilan shug‘ullanishni talab etadi. Tabiiyki, bu kasb kishidan
yoza bilish, ijtimoiy hayot voqealarini so‘z vositasida (shu bilan birgalikda
mikrofon, kamera, fotoapparat kabi texnik vositalar yordamida) tasvir eta
bilish qobiliyatini talab qiladi. Demak, jurnalistika kasbi avvalo adabiy
faoliyat, adabiy va axboriy ijodning bir ko‘rinishidir.
Bu mazkur kasb kishisidan ijodiy salohiyatni, iste’dodni talab qiladi.
Jurnalist layoqati, qiziqishi, ijodiy imkoniyati bilan jumalistikaning
m aium bir sohasi {gazeta, jurnal, radio, televideniye)da ishlashi, m aium
bir mavzular va janrlarda ijod qilishi lozim. Bu kasb doimiy mehnat, ijodiy
mahoratni talab qiladi. Ana shu talablarga javob bergan kishigina bu
kasbda yetarli darajada faoliyat ko‘rsata oladi. Aksincha b oisa -
muvaffaqiyat qozonishi mumkin emas.
Jurnalistika kasbi faqat bu bilangina cheklanib qolmaydi, balki u
jumalistikaning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy vazifa va tamoyillaridan kelib
chiquvchi talablariga ham bo‘ysunadi. Ya’ni, jurnalistika kasbi faqat
adabiy ijod faoliyatidangina iborat bo‘lib qolmasdan ijtimoiy-siyosiy
faoliyat hamdir. Ya’ni jurnalist ijtimoiy voqelikni shunchaki, beehtiros
qayd etuvchi emas, balki o‘z jamiyati, o‘z xalqi, o‘z millati, o‘z vatanining
manfaat uchun kurashchi, faol siyosatchi, jamoat arbobi ham boiishi shart.
Jurnalist mehnati uning qaysi jamiyatda yashashi, qanday kuchlarga
xizmat qilishi, qanday dunyoqarashga egaligi va qanday g‘oyalarga sodiq
boiishi nuqtai nazaridan oichanadi hamda u yo taraqqiyparvar yoki
teskarichi boiishi mumkin. Hamma davrlarda ham qotib qolgan, eskirgan
g‘oyalar va teskarichi kuchlarga xizmat qiluvchi jurnalistlar ommadan
uzoq, unga yot reaksion g‘oyalarni targ‘ib qilganlar. Faqat o‘sib
kekyotgan va tarixiy taraqqiyotga javob beruvchi kuchlar tarafdorlari
boigan jurnalistlargina xalq ommasining tub manfaatlarini ifoda etadi,
yaxshilikka, to ‘g‘rilikka, adolatga, taraqqiyotga xizmat qiladi.
Jahomting mutafakkir kishilari jurnalistika kasbiga katta baho
berganlar va jurnalistikani jamiyatga xizmat qilishning eng yuksak
naihunasi deb bilganlar. Rus jurnalistikasining atoqli namoyandalari:
buyuk shoir A.S.Pushkin, atoqli olim M.V.Lomonosov, xalqparvar
publitsist N.G.Chernishevskiy, A I.Gertsen va boshqalar haqiqiy jurnalist,
xalq manfaati uchun, ozodlik uchun, ezgulik uchun tolmas kurashchi
boiishi lozimligini ta’kidlagan edilar.
Turkistonda jumalistikaning kasb sifatida shakllanishi masalasiga
kelsak o‘tmishda hali jurnalistika shakllanmagan paytlarda uning ijtimoiy
vazifasini ham yozma adabiyot bajarib kelganligini ko‘rgan edik. 0 ‘zbek
mumtoz adabiyotining atoqli vakillari Alisher Navoiy, Bobur, keyinchalik
Muqimiy, Furqat va Zavqiylar asarlarida o‘z davrlarining muhim
muammolarini ko‘tarib chiqdilar. Shu munosabat bilan ularni o‘zbek
publitsistikasining boshlovchilari deyishimiz mumkin. Jurnalistika kasbi
jurnalistika nashrlarining paydo boiishi bilan bogiiqligini nazarda tutsak
bu kasbning o ‘tgan asrning oxirlarida paydo boiganligini ko'ramiz.
1870-yildan nashr etila boshlangan “Turkiston viloyatining gazeti”da
shoir Furqat, Ishoqxon to'ra, Nodim Namangoniy va boshqalar hamkorlik
qildilar. XX asrning boshlarida vujudga kelgan Turkiston milliy uyg‘onish
jurnalistikasida esa bu harakatlarning atoqli namoyandalari
M.Abdurashidxonov, M.Behbudiy, A.Avloniy, Hamza, S.Ayniy va
boshqalar faol ishtirok etdilar. Bu atoqli ijodkorlar jurnalistika kasbim
xalqqa, millat manfaatlariga, taraqqiyotga xizmat qilish deb bildilar •
Keyinchalik ularning an’analarini Abdulla Qodiriy, ChoTpon, Fitrat va
boshqalar davom ettirdilar. Keyinchalik adiblarimiz G‘afur G‘ulom,
Abdulla Qahhor va boshqalar jurnalistika kasbi bilan samarali
shug‘ullandilar. Atoqli o‘zbek jurnalistlarining boy va sermazmun
an’analarini hozirgi zamon o‘zbek jurnalistlari davom ettirib kelmoqdalar.
Shuni aytish kerakki, jurnalistika kasbi eng qadimiy kasblardan biri
bo‘lib, jurnalistika paydo boiishi bilan vujudga keldi va rivojlandi.
Jumalistikaning dastlabki kurtaklari paydo boigan davrda unda
ishlovchilami “gazettant”, maxsus yangiliklarni yetkazib beruvchilarni esa
“novellant” deb atashgan. “Jurnalist” atamasi jurnallar kelib chiqishi bilan
qoilanila boshlandi va uning mazmuni kengayib, jumalistikaning barcha
turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilarga ham tegishli bo‘Idi.
Jurnalistika taraqqiy etishi bilan bu kasbning turli qirralari, xillari
paydo boidi. Jurnalistika nashrlarini xabardor qiluvchi jumalistlar -
muxbir, reporter deb, keyinchalik jurnalistika va adabiy ijod rivojlanishi
bilan publitsist, sharhlovchi, jumalistikaning ma’lum janrlari bo‘yicha ijod
qiluvchilarni - feletonchi, ocherkchi deb atash odat tusiga kirdi.
Jurnalistika nashrlarini bevosita tayyorlash va chiqarish bilan bogiiq
boigan muharrir, musahhih. (korrektor), matbaachi kabilar kelib chiqdi.
Ommaviy axborot vositalarining paydo boiishi bilan fotojurnalist.
telejurnalist, suxandon, operator kabi kasblar ham paydo boidi.
Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari taraqqiy eta borishi bilan bu
tarmoqlanish yana davom etaveradi.
Jurnalist mehnatining uch asosi va uch tarkibiy qismi mavjud.
Jurnalist mehnatining ijtimoiy-siyosiy asosi uning qaysi jamiyatda, qanday
mafkura va dunyoqarashga xizmat qilishidan kelib chiqadi. O 'z milliy
mustaqilligiga erishgan 0 ‘zbekistonda jurnalistika kasbining ijtimoiysiyosiy va huquqiy asoslari to ‘la ko‘rsatib berilgan. Bu o‘z xalqi, o‘z
vatanining ravnaqi uchun, mustaqillikni yanada mustahkamlash, milliy
taraqqiyotga erishish, adolat va demokratiya y o iid a ijod qilishdan iborat.
Jurnalist mehnatining huquqiy asoslari parlamentimiz tomonidan qabul
qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistik faoliyatni
himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi
to‘g‘risida” kabi qonunlar va 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab
berilgan. Bizning jamiyatimizda jurnalistika kasbi ulug‘lanadi hamda unga
yuksak talablar qo'yiladi.
Jurnalist mehnatining iqtisodiy asosiga uning mehnatiga muvofiq
toiovlar - maosh, qalam haqi, mukofotlar kiradi. Bizda iste’dodli, o‘z
kasbining haqiqiy egasi bo‘lgan jurnalistlar uchun yetarli darajada
iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Eng yaxshi jurnalistlar
davlatimizning mukofotlariga sazovor bo‘lishmoqda, el orasida
ardoqlanishmoqda.
Jurnalist mehnatining ma’naviy asosini jurnalistning ichki dunyosi,
e’tiqodi, maqsadi belgilaydi. 0 ‘z so‘zi bilan xalqqa, vatanga, ezgulikka,
adolatu haqqoniylikka xizmat qilish har bir jurnalistning oliy burchidir.
Jurnalist mehnatining uch tarkibiy qismiga kelganimizda jurnalist
birinchi navbatda muallif, yozuvchidir.
Jurnalist mehnatining ikkinchi muhim tarkibiy qismi esa muharrirlik,
tahrirchilikdan iborat.
Jurnalistning ish faoliyatida uning tashkilotchilik qobiliyati muhim
ahamiyatga ega. Bu - jumalistikaning bosh ijtimoiy vazifalaridan, uning
hayotga bevosita ta’sir etish xususiyatidan kelib chiqadi. Jurnalist
jurnalistika materiallarini uyushtirish, ulaming ta’sirchanligini ta’minlash,
samaradorligini oshirish uchun kurashishi ham lozim. Bu esa jurnalistdan
ijtimoiy hayotga bevosita aralasha bilish, katta salohiyatga ega boiish,
tadbirkor va ishbilarmon, hozirjavob boiishni talab qiladi.
Mustaqil respublikamizda jurnalistika kasbiga boigan talab tobora
oshib bormoqda. Bizda ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat
qilayotgan ijodkorlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat
ko‘rsatishlari, vatanimiz kelajagi, xalq baxt-saodati, millatimiz kamolati
yoiida ijod qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Keng tarmoqli
jurnalistika nashrlari va ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari
o‘z kasblarini ulugiab, mustaqil respublikamizga munosib xizmat qilib
kelmoqdalar. 0 ‘zbekiston Ommaviy axborot vositalarini
demokratlashtirish va qoilab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jam g‘armasi va
boshqa ijodiy tashkilotlar bu kasb egalarining ijodiy kamolotlarini
oshirishda, ularning haq-huquqlarini himoya qilishda muntazam ish olib
bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |