HADISLAR
(«Al-jome’ as-sahih»dan)
SALOM BERISH ISLOM AMALLARIDANDIR
Sahoba Ammorl aytganlar: «Uchta xislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lg’aydir:
insofli va adolatli bo’lmoq;
barchaga salom bermoq;
kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so’radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» Dedilar: «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik».5
1 Ammor ibn Yosir (564—657) - Hazrati Alining yordamchilaridan, sahoba.
2 Rasululloh - Allohning elchisi, payg’ambar.
3 Sollallohu alayhi vasallam - payg’ambarimizning haqlariga aytilgan duo.
Do'stlaringiz bilan baham: |