Muqaddas, Abdulla, Muhayyo, Fayzulla, Muqaddam, Sayyora.
2- usul. O'qituvchi o'quvchilarga ikkita bir xil undosh ketma-ket yoziladigan ismlar aytishni topshiradi. O'quvchilar aytadilar. Masalan: Abbos, Muzaffar, Nuriddin, Muazzam, Muattar, Mukarram, Muyassar, Muhabbat, Qahhor, Qimmatxon kabi.
Xattaxtaga 4 — 5 ta ism yoziladi.
— Shu ismlarni yozishda nimani bildingiz? (So'z ichida ikkita bir xil undosh harf ketma-ket yoziladi.)
O'qituvchi shunday so'zlardan 4—5 tasini aytib turib yozdiradi. Yozilganlar bo'g'inlab o'qib tekshiriladi.
III. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so 'zlarning talaffuzi va yozilishiga oid ko 'nikmasini shakllantirish, darslik bilan ishlash.
1. So'zlarni aytib turib yozdirish va yozganlarini darslikka qarab tekshirtirish. (Bunda yozilganlarni tekshirish yo'li, albatta, yodga tushiriladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |