D) rivojlantiruvchi : husnixat ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at boyliklarini oshirish,
Darsning turi: aralash.
Darsning metodi: suhbat. „Alfobingo“ mashg'ulotini o'tkazish.
Darsning jihozi: har bir o'quvchi uchun „Alifbo“ yozilgan plakat.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.
2. Uy ishini tekshirish.
3. Yoddan yozuv diktanti.
Yoddan yozuv diktantida doskaga yozib qo'yilgan quyidagi she’rdan foydalaniladi:
Onajonim, mehribonim,
Men gul bo'lsam, .siz bog'bonim.
Ko‘zim ochib sizni ko'rdim,
Siz tufayli inson bo'ldim.
She’r doskadan 2—3 marta o'qib beriladi. Turli usullar bilan (ichdan mustaqil o'qish, ovoz chiqarib o'qish, jo'r bo'lib o'qish, harakatlar bilan o'qish) bir necha bor o'qitilib, mazmuni so'z-latiladi. Doskadagi she’r parda bilan to'sib qo'yilgach, o'quvchilar yoddan yozadilar. Ma'lum vaqt o'tgach, o'qituvchi she’rni ocha-di, o'quvchilar yozganlarini tekshiradilar. Birorta so'zni tushirib qoldirmay, imlo xatolarga yo'l qo'ymay yozgan o'quvchilar rag'bat-lantiriladi.
4. Alifbo haqida tushuncha berish.
Doskaga plakatga chiroyli qilib yozilgan „Alifbo“ osib qo'yiladi. O’quvchilar diqqati unga qaratiladi va savollar beriladi.
— Plakatda nimalarni ko‘ryapsiz?
— Harflarni.
— Ularni o‘qing (hamma harflar tartib bilan birma-bir o'qib chiqiladi).
— Harflar qanday qilib berilgan?
— Tartib bilan berilgan.
— Tartib bilan berilgan barcha harflar nima deyiladi?
— Alifbo deyiladi.
— Qani, sanab chiqaylik-chi, ular nechta ekan? (O'quvchilarning har biri harflarni mustaqil sanab chiqadi.)
— 29 ta.
— Unlilar nechta?
— 6 ta.
— A unlisi nechanchi o‘rinda turibdi?
— Birinchi o'rinda.
— O unlisi-chi?
— 14-o‘rinda.
— Har bir harfning nimasi bor ekan?
— Har bir harfning o'z nomi bor.
Suhbatdan quyidagicha xulosa chiqariladi:
— Tartib bilan berilgan barcha harflar alifbodir. Alifboda 29 ta harf bor. Har bir harfning o'z o'rni va nomi bor.
Mazkur qoida darslikdan topib o'qitiladi.
5. Darslik bilan ishlash. 27-mashqda berilgan so'zlarning birinchi harfi bilan boshlanuvchi so'zlar topilib, ular yonma-yon yoziladi: ariq, anor, oliygoh, oromgoh va h. k. Mashq doskada va o'quvchilarning daftarlarida bajariladi.
28- mashq avval og'zaki, so'ngra yozma bajariladi. Alifboning birinchi beshta harfi ajratib o'qiladi. So'ngra ularning har biriga o'quvchilar ismlar topib, navbat bilan aytadilar va doskaga chiqib yozadilar. Bu mashq mustaqil bajarishga topshirilishi ham mumkin. Bunda har bir o‘quvchi har qaysi harfga 5 tadan tanlagan ismlarini o‘qiydi.
6. „Alfobingo“ mashg'uloti. Bu mashg‘ulot alifbodagi harflarni tartibi bilan tez-tez yoza olishga, o'quvchilar lug'atini boyitishga yordam beradi. O'quvchilarning har biriga A-4 bichimli qog'ozga yozilgan harflardan tarqatiladi. O'quvchi o'ziga berilgan harf bilan boshlanadigan bir necha so'zlar topib yozadi. Masalan: A — anor, asal, an, ayiq... Yozganlarini maxsus belgilangan joyga alifbo tartibida osib qo'yadilar. O'quvchilar bir-birlarining yozganlarini imlo tomondan ko'rib chiqadilar va zarur bo'lsa, qo'shimcha kiritadilar. O'quvchilarning o'zlari tuzgan alifbo sinfda uzoq saqlab turilsa, yangi-yangi so'zlar har kuni qo'shib boriladi.
7. Husnixat mashqlari.
Husnixat uchun material. Hh. Halima, rayhon.
8. Darsni mustahkamlash.
Savollar:
1. Alifboda nechta harf bor?
2. Unli harflar nechta?
3. Nechta harf birikmasi bor?
4. Alifbo deb nimaga aytiladi?
9. Uyga vazifa: 29-mashq. Mashqda tushirib qoldirilgan harflar o'rniga qo'yiladi. Alifbodagi harflar tartibini yod olish, harflar nomini to'g'ri talaffuz qilishga o'rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |