Kalendar kuni esa sal boshqacharoq, ya’ni unda dam olish, bayram kunlari chiqarib tashlanadi. Masalan xodimga 2019-yil 2-dekabrdan o‘n besh kalendar kuni hisobida mehnat ta’tili beridi. Bu qanday hisoblanadi? Xodim qachon ishga chiqadi? Bunda xodim 19-dekabrda ishga qaytadi. Chunki ushbu muddat ichidan 8- va 15-dekabr dam olish kunlarini chiqarib tashlaymiz.
Hozirda ish beruvchilar tomonidan juda ko‘p takrorlanadigan jumla bu “sizni uch yoki to‘rt oylik sinov muddati bilan ishga olaman. Agar sinovdan o‘tsangiz ishni davom ettirishingiz mumkin”. Xo‘sh, amaldagi mehnat qonunchiligida sinov muddati haqida qanday qoidalar belgilangan? Demak MK 85-moddasiga muvofiq sinov muddati uch oydan ortiq bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran
Do'stlaringiz bilan baham: |