H. T. Tursunov, T. U. Raximov ekologiya o’quv qo’llanma Toshkent


 Quruqlik va suv ekosistemalarining tuzilishi



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/89
Sana13.05.2023
Hajmi3,1 Mb.
#938080
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
Ekologiya. Tursunov H.T. Raximov T.U.

5.3 Quruqlik va suv ekosistemalarining tuzilishi
Suv ekosistemalarida baliqlar, boshqa suv hayvonlari va suv 
o’tlari har xil chuqurliklarda yashaydi. Suv bilan yerdagi ekosistemalar 
orasidagi farq ulami yaratuvchi muhitda qayd etiladi.
Suv havzalari 2 ta katta guruhga bo’linadi:
1. Tinch turib qolgan suv havzalari yoki lentik muhit. Bunga: 
ko’llar, havzalar va botqoq o’tliklar kiradi.
2. Oqar suvlar lotik muhit bunga: daryolar va soylar kiradi.
Suvlar termodinamik xarakteristikasi, yorug’likni o’tkazish 
xususiyati, oqim tezligi, sho’rligi va unda erigan gazlaming miqdori 
bilan harakterlanadi.
Yorug’likni suvining turli qatlamlariga bir xilda tushmasligi, 
bosimning har xil chuqurliklarda o’zgarishi va boshqalar suvda 
hayvonlaming turlicha joylashishiga sabab bo’ladi. Ulaming ba’zilari
39


suvning chuqur joylarida, ikkinchilari suvning yuza qismida, 
uchinchilari esa suv qatlamida yashaydi.
Tinch yoki lentik suv xavzasida 3 zonani ajratish mumkin:
1. Litoral zona — suvning chuqur bo’lmagan qismi yorug’lik suv 
tubigacha yetib boradi. Bu yerda yuksak o’simliklar va ba’zi bir suv 
o’tlari uchraydi.
2. Limnik zona- suvning undan pastroq qismi bo’lib, bunga kam 
yorug’lik tushib turadi. Bu zonadan keyin esa yorug’lik tushmaydi. 
Natijada biomassa to’planmaydi. Limnik zonaning pastki chegarasi 
kompensatsiya gorizonta deyiladi.
3. Profundal zona- bu joyga yorug’lik tushmaydi.
Yashash muhitiga bog’liq holda suv organizmlari quyidagi hayot 
formalariga bo’linadi:
1) Bentos (grekcha «bentos» chuqurlik) suvning tubida yerga 
yopishib yoki erkin holda hayot kechiruvchi hayvonlar va o ’simliklar. 
Bunga, mollyuskalar, ba’zi bir suv o’tlari, hasharotlar lichinkasi misol 
bo’ladi.
2) Perifiton (grekcha «peri» atrofida, oldida) 
bu yuksak 
o’simliklaming 
poyasiga 
yopishib, 
ko’tariluvchi 
mollyuska, 
kolovratka, gidra va boshqalar.
3) Plankton («planktos» suzib yuruvchi organizmlar) suvning 
vertikal va gorizontal oqimi bilan harakat qiluvchi organizmlar.
Plankton holda yashovchi organizmlaming o’lchami kichik 
mikroskopik bo’lib, bularga mayda qisqichbaqasimonlar, lichinkalar, 
yashil, ko’k yashil suv o’tlari, diatomalar kiradi.
4) Nekton (grekcha «nektos» suzib yuruvchi) erkin suzuvchi va 
aralashib yumvchi organizmlar. Bu baliqlar, amfibiyalar, hasharotlar.
5) Neyston (grekcha «neystos» suzuvchi). Suvning yuzida 
suzuvchi organizmlar. Bunga ba’zi bir chivinlar va ulaming 
lichinkalari, o’simliklardan ryaska misol bo’lishi mumkin.
Quyidagi hususiyatlar Yer havo muhiti, ya’ni quruqlik 
ekosistemalari uchun harakterlidir.
Ular suv muhitidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi.
1) Quruqlikda asosiy cheklovchi omil namlik hisoblanadi.
40


2) Temperatura quruqlikda suv muhitiga nisbatan ko’prok, 
o’zgarib turadi.
3) Tuproq — organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini 
bajaradi.
4) Quruqlikda turli geografik to’siqlar (tog’lar, daryolar, cho’llar) 
organizmlaming erkin harakat qilishiga xalaqit beradi.
5) Substrat harakteri quruqlik ekosistemalari uchun muhimdir. 
Tuproq har xil biogen elementlar manbai bo’lib, yuqori taraqqiy
etgan ekologik muhitdir. Quruqlikda yuqori taraqqiy etgan o’simlik va 
hayvon taksonomik guruhari mavjud bo’lib, ulaming murakkablari 
dominantlik qiladi.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish