22
Yuqori molekulyar birikmalar deb molekulalari tarkibida o’zaro kovalent
bog’lanishlar orqali birikkan yuz, ming va o’n minglargacha atomlar bo’ladigan
moddalarga aytiladi. Haqiqatdan ham polimerlarning molekulyar massalari o’n
ming uglerod birligidan tortib, to bir necha millionlargacha bo’ladi. Masalan, tabiiy
polimer sellulozaning molekulyar massasi bir million uglerod birligidan ortiqdir.
Tabiatda selluloza, oqsil va boshqa polimerlar ko’p tarqalgan. Yuqori molekulyar
birikmalarning eng muhim mexanik xossalari molekulalararo bog’larning
xarakteriga va ularning puxtaliliga bog’liq bo’ladi.
Yuqori moddalar eritmalarining liofob kolloid sistemalardan asosiy farqi
shundaki, ular xuddi quyi molekulyar modda (masalan, qand) eritmalari kabi
termodinamik jihatdan barqaror bo’ladi. Shunga muvofiq, yuqori molekulyar
moddalarning eritmalarida haqiqiy muvozanat qaror topa oladi. Biroq, bu
muvozanat asta-sekin qaror topadi. Bu jihatdan yuqori molekulyar moddalarning
eritmalari quyi molekulyar moddalarning eritmalaridan farq qiladi.
Yuqori molekulyar moddalar eritmalari uchun fazalar qoidasini tatbiq etish
mumkin. Zamonaviy tekshirishlar ko’rsatishicha, yuqori molekulyar birikmalar-
ning eritmalari, umuman, barcha liozollar kabi, haqiqiy mikrogeterogen sistemalar
bilan haqiqiy eritmalar o’rtasidagi oraliq holatni egallaydi.
Yuqori molekulyar modda eritmalari past molekulyar modda eritmalaridan
asosan juda qovushqoqligi bilan farq qiladi.Yuqori modda birikmalari (YuMB)
eritmalari qovushqoqligining kattaligiga sabab shuki, erigan modda molekulalari
katta va ular ipsimon tuzilgan bo’ladi. Bu kabi molekulalar erituvchi xarakteriga
ko’ndalang joylashib qolsa, u harakatga katta qarshilik ko’rsatadi.
Polimer eritmasining konsentratsiyasi ortishi bilan eritmaning qovushqoqligi
juda tez ortadi. Bu hodisaning sababi shundaki, polimerlarning konsentrlangan
eritmalarida ayrim-ayrim molekulalar bilan bir qatorda ularning assotsilanish
mahsulotlari ham bo’ladi. Bundan tashqari, konsentratsiya oshgandaYuMB
eritmasida ichki struktura hosil bo’ladi. Ichki struktura turlari orasida joylashgan
suyuqlik immobilizatsiyalangan bo’ladi, ya’ni o’zining oquvchanligini yo’qotadi.
23
Shuning uchun ham YuMB ning konsentrlangan eritmalari juda qovushqoq
bo’ladi.
Lekin to’rsimon tuzilishga ega bo’lmagan YuMB eritmalarida polimerning
uzunchoq molekulalari suyuqlikning oqish yo’nalishiga parallel joylashganida
eritmaning qovushqoqligi pasayadi.
YuMB eritmalaridagi zarrachalar bir xil molekulyar massaga ega bo’lgan
molekulalardangina tuzilgan emas, uning tarkibiga turli darajada polimerlangan
fraksiyalar kirishi mumkin. Agar zarracha tarkibiga kiradigan yuqori molekulyar
massaga ega bo’lgan fraksiyalar ajratib olinsa, bu fraksiyalar ayni suyuqlikda
erimaydi. Lekin bu fraksiyalar molekulyar massasi kichik fraksiyalar bilan
aralashtirilib, o’sha suyuqlikda eritilsa, ikkala fraksiya ham eritmaga o’tadi. Bunda
molekulyar massasi kichik bo’lgan fraksiya molekulyar massasi katta va
erimaydigan fraksiya uchun peptizatorlik funksiyasini bajaradi.
Agar YuMB eritmasiga liofob kolloidni koagulyatsiyalaydigan miqdorda
(ba’zan hatto eritmani to’yintirish uchun yetarli miqdorda) elektrolit qo’shilsa,
erigan modda ajralib chiqmaydi. Lekin elektrolitdan yana ko’proq miqdorda
qo’shilsa, erigan modda elektrolit ta’siridan ajralib chiqadi. YuMB eritmalariga
ko’p miqdorda elektrolit qo’shilganda erigan moddaning ajralib chiqishi
Do'stlaringiz bilan baham: