a) Zolga elektrolit qo’shish yo’li bilan. Agar kolloid eritmaga har qanday
elektrolitdan yetarli miqdorda qo’shilsa, koagulyatsiya sodir bo’ladi.
Koagulyatsiya sodir bo’lganligini bevosita ko’rish mumkin bo’lsa, u ochiq
koagulyatsiya, ko’rish mumkin bo’lmasa, yashirin koagulyatsiya deyiladi.
Koagulyatsiya elektrolitning faqat bir ioni sabab bo’ladi. Musbat zaryadli
kolloidlar anionlar ta’sirida, manfiy zaryadli kolloidlar esa kationlar ta’siridan
koagulyatsiyalanadi.
Shul’se va Gardi elektrolit ionining valentligi bilan uning koagulyatsiyalash
kuchi orasidagi bog’liqlikni aniqladilar. Shul’se-Gardi qoidasi bo’yicha
koagullovchi ionning valentligi qancha katta bo’lsa, uning koagulyatsiyalash kuchi
shuncha ko’p.
Do'stlaringiz bilan baham: |