Qattiq jism sirtidagi adsorbilanish. Xuddi suyuqlik kabi, qattiq jism ham sirt energiya va demak, sirt taranglikka ega bo’ladi. Qattiq jismlarda bo’ladigan adsorbilanish hodisasini tekshirish natijasida qutblangan adsorbentlar qutblangan moddalarni va ionlarni yaxshi adsorblashi, qutblanmagan adsorbentlar esa qutblanmagan moddalarni yaxshi adsorblashi aniqlangan.
Agar qutblanmagan adsorbent sirtida -COOH, -OH, -NH2 va shular kabi qutblangan guruhi bo’lgan organik moddalar eritmalardan adsorbilansa, bu molekulalarning qutblanmagan radikallari adsorbentga yo’nalgan holda molekulaning qutblangan guruhlari qutblangan suyuqlik tomon yo’naladi.
Agar yutuluvchi moddada adsorbent tarkibidagi atom yoki atomlar guruhi bo’lsa, u modda yaxshi adsorblanadi. Qutblangan va geterogen adsorbentlarning sirti suvni yaxshi, lekin benzolni (qutblanmagan) yomon adsorblaydi. Bular gidrofil adsorbentlar deyiladi. Aksincha, adsorbent suvni yomon, lekin benzolni yaxshi adsorblagan bo’lsa, u gidrofob (yoki liofob) adsorbent deyiladi. Masalan, ko’mir gidrofob adsorbentlarning tipik vakili, silikagel esa gidrofil adsorbentlarning vakilidir.
Adsorblash maqsadlari uchun aktivlangan ko’mir juda ko’p ishlatiladi. Lekin adsorbilanish bilan bog’liq ishlarda ko’mirdan tashqari boshqa bir adsorbent- silikagel ham ko’p ishlatiladi. Silikagel-silikat kislotaning suvsizlantirilgan gelidir. Silikagel kislota xarakteriga ega bo’lgan adsorbentlar qatoriga kiradi, u asosan asoslarni adsorblaydi.
Qattiq jism sirtida gazning adsorblanishini miqdor jihatdan xarakterlash uchun yo gaz bosimning kamayishi yoki adsorbent massasining ortishi o’lchanadi. Adsorbentning sirt birligiga (1sm2 ga) yutilgan moddaning mol hisobidagi miqdori solishtirma adsorbilanish deyiladi. Solishtirma adsorbilanishni toppish uchun adsorbsion muvozanat vaqtida yutilgan modda miqdorini (mol hisobida)
adsorbent sirtiga bo’lish kerak:
x
G
bu yerda: G - solishtirma adsorbilanish, x - yutilgan modda miqdori, s - adsorbent sirti.
Lekin qattiq g’ovak adsorbentlarning (ko’mir, silikagel va hokazolarning) sirtini o’lchash juda qiyin bo’lgani uchun amalda solishtirma adsorbilanishni topishda yutilgan modda miqdori adsorbent massasiga bo’linadi:
x
G
m
bu yerda: x-yutilgan moddaning gramm hisobidagi massasi, m-adsorbentning grammda olingan massasi. Har qanday adsorbent ma’lum, o’ziga xos, miqdordan ortiq moddani yuta olmaydi. Moddaning sirt birligiga (1m2 ga) yutilishi mumkin
bo’lgan eng ko’p miqdori maksimal solishtirma adsorbilanish deyilib, bilan belgilanadi.
G ishora
Kimyoviy texnologiyada adsorbilanish jarayoni katta rol o’ynaydi. Masalan,
gaz aralashmalarini ajratib tozalashda aktiv ko’mir, silikagel, kolloid moddalar kabi adsorbentlar ishlatiladi. Organik moddalarni rangli qo’shimchalardan tozalashda ham aktivlangan ko’mir ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |