1939-yilning 25—27- mart kunlari shu institutda alifbo va orfografiya masalalariga bag'ishlangan respublika ilmiy sessiyasi bo'lib o'tadi, bu sessiyada garchi lotin grafikasidagi o'zbek orfografiyasining 1938- yil dekabr oyida e’lon qilingan yangi loyihasi va uning muhokamasi yakunlari ko'rilgan bo‘lsa-da, unda rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o'tish vaqti kelganligi alohida ta’kidlanadi80.
yilning 13- oktabrida Toshkentda poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti tomonidan uyushtirilgan yig'ilishi bo'ladi. Unda ais grafikasi asosidagi yangi o'zbek alifbosiga ko'chish masalasi ko'riladi. Yig'ilish qarorida bu haqda shunday deyiladi: «Biz, intelligensiya yig‘ilishining qatnashchilari, bu eng muhim masalani mehnatkashlarning keng muhokamasiga qo‘yishni tabriklaymiz va o‘z vaqtida qilinayotgan ish deb topamiz.
Biz 0‘zbekiston Hukumatidan lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi alifbega o‘tishni tezlashtirishni so‘raymiz»81.
1939- yilning 22- oktabrida 0‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi Raisinirig o‘rinbosari Qori Niyozov huzurida rus grafikasi asosidagi yangi o'zbek alifbösining proektini muhokama qilishga bag'ishlangan yana bir muhim kengash bo'lib o'tadi. Unda Faxri Kamolov proekt haqida doklad qiladi. Muzokaraga chiqqanlar proyektni asosan ma’qullab, uni tezroq omma muhokamasiga qo'yish va joriy qilish zarurligini aytishidi.
yilning 23- oktabrida «0‘qituvchilargazetasi»da «0‘zbek adabiy tilining rus grafikasi asosidagi yangi alfaviti» nomli bosh maqola chop etiladi. Unda shunday deyiladi: «Hozirgi kunda RSFSR da 36 millat rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko'chdi. Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog'iston va boshqa qardosh respublikalar yangi alfavitga o'tish oldida turadilar...». «Rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga o'tish — kelajakda ham shakl, ham mazmun jihatdan bir ... madaniyat va tilga qo'shilib ketuvchi o'zbek xalqi madaniyati va tilining taraqqiyotini tezlatish demakdir».
yilning 18- noyabrida matbuotda «Rus grafikasi asosida tuzilgan yangi o'zbek alifbesi» ning proekti muhokama uchun e’lon qilinadi. Unga quyidagi harflar kiritilganligini ko'ramiz; a, 6, b, r, a, e (e), >k, 3, h, h, k, ji, m, h, o, n, p, c, t, y, cj), x, it, q, m, m, u, b, 3, ro, a, e, h, K, f, h, h.
yilning 26—28- martida Toshkentda yangi o'zbek alfaviti va orfografiyasi masalalariga bag'ishlangan Respublika ilmiy kengashi bo'lib o'tadi. Kengash alifbo loyihasi bo'yicha bildirilgan fikrlarni hisobga olib, unga quyidagi o'zgarishlarni kiritadi: a) «bi» va «m» harflari alifbodan chiqariladi; b) «h», «h», «e» harflari
«e» mustaqil harf deb belgilanadi. Natijada loyiha quyidagi harflarni o'z ichiga oladi: a,' 6, b, r, R, e, e, 5tc, 3, h, h, k, ji, m, h, o, n, p, c, t, y, (j), x, it, q, in, ï>, b, 3, ro, n, y, *„ k,, f, jq h,82.
Uchinchi daw: 1940- yilning 5—8- mayida O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1- chaqiriq 111 sessiyasi bo‘lib o'tadi. Sessiya o‘zining 8- maydagi yig‘ilishida rus grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining 35 harfdan iborat quyidagi loyihasini tasdiqlaydi: a, 6, b, r, tt, e, e, xc, 3, h, it, k, ji, m, h, o, n, p, c, t, y, (J), x, u, n, iu, t>, b, 3, io, a, y, k, f,
Oliy Kengash 0‘zbekistonning barcha xälq komissarliklariga, respublika muassasalariga, mehnatkashlar deputatlari kengashlarining oblast ijroiya komitetlariga respublikada lotinlashtirilgan yozuvdan yangi alifbega ko'chish ishlarining hammasini ikki yil ichida o‘tkazish, bu ishni 1942-yilning 1 - yanvarigacha tugallash majburiyatini yuklaydi83.
Do'stlaringiz bilan baham: |