H jamolxonov



Download 0,78 Mb.
bet73/170
Sana01.05.2022
Hajmi0,78 Mb.
#601011
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170
Bog'liq
Jamolxonov - копия (2)

Morfografemalar — morfemalarni ifodalovchi belgilar.
Orfografik belgi - to'g'ri yozish me’yorlarini ta’minlashda qo'llana- digan maxsus noharfiy belgilar (mas., defis).
Diakritik belgilar — harfga qo'shimcha ravishda birikitirilgan ishora belgilari.
Diakritik harflar - o'z referentiga ega bo'lmagan, ammo so'z qismlari yoki fonemalarning o'ziga xos jihatlariga ishora qiladigan harflar.
Simvollar — ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus idegrafik belgilar.
ORFOGRAFIYA
Adabiyotlar: 3 [63-77], 9 [26-38], 10 [100—114], 22 [123-126], 25 [29-53], 27 [45-49], 30 [3-21], 106 [5-21], 123 [6-27],

  1. §. Orfografiya haqida ma’lumot

Orfografiya (grek. orthos — «to‘g‘ri» + grapho — «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini (referentini) kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi. Chunonchi, odam so'zida «d» ning yozilishi «d» grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga
101
mos, shu sababli bu so‘zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi. Savod so‘zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi: so'z oxiridagi «d» jarangsiz «t» ga o‘tadi {savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) — savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me’yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada qo‘shma so‘z komponentlarining qo‘shilib yoki ajratilib yozilishini, so‘z qismlarining satrdan satrga ko‘chirilishini, bosh va kichik harflaming qo‘llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo'lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.
Adabiy tilning og'zaki shaklida so‘z tanlash, gap tuzish va to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga amal qilish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa,uning yozma shaklida orfografiya me’yorlariga (imlo qoidalariga) amal qilish shunchalik muhimdir. Bunday me’yorlarga amal qilish yozma nutq mazmunining to'g'ri va aniq idrok qilinishiga yordam beradi, yozma nutqda anarxiyaning (boshboshdoqlikning) avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Adabiy tilning, xususan, yozma nutqning ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy rolini mustahkamlashda buning o‘ziga yarasha ahamiyati bor.

  1. §. Orfografiya prinsiplari

Orfografiya prinsiplari — orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bo'lgan prinsiplar. Ularning quyidagi turlari bor:


  1. Download 0,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish