Tayanch tushunchalar
Kursning obyekti — hozirgi o'zbek adabiy tili
Kursning maqsadi — talabalarni adabiy tilga oid nazariy va amaliv bilimlar bilan tanishtirish.
Kursning vazifalari — talabalarga hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki va tashqi omillar haqida ma’lumot berish, ularda hozirgi o'zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Adabiy til — milliy tilning ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan oliy formasi.
Sistema - har biri alohida mustaqil (avtonom)bo'lgan murakkab mexanizmlar (fonemalartizimi, morfemalartizimi, leksik birliklar tizimi. sintaktik konstruksiyalar tizimi) o'rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim.
Struktura — birbutun tizim (fliakrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ular o'rtasidagi aloqalar mexanizntr.
Norma (me’yor) — adabiy tilga va adabiy nutqqa xos barqaror belgi- xususiyatlar. Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab olinadi va mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |