Tilning Iug‘at boyligida: 1) qadimgi turkiy tilda fors-tojik va arab so'zlari bo'lmagan. Eski turkiy tilda fors-tojik va arab so'zlari qo'llana boshlagan, eski o'zbek tilida bunday o'zlashmalar ancha ko'paygan: gul, gavhar, gitruch, go‘r (fors-tojik so'zlari), madrasa, oila, fikr, firoq, hosil (arabcha so'zlar). Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday o'zlashma so'zlarning ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarh kabilar). ularning o'mida bir qator ruse ha o'zlashma termin va atamalar paydo bo'lgan (kislorod, geometriya. avtobits, tramvay va b.): 2) qadimgi turkiy
tildagi avrim so'zlaming eski o'zbek tilida tojikcha sinonimlari paydo bo'lgan: chechak (turkiy) - gul( tojikcha), yog'och, yig'och (turkiy) — daraxt (tojikcha), oltin (turkiy) - tilla (tojikcha), buloq (o'zbekcha) — chashma (tojikcha), qirov (o'zbekcha) — shabnam (tojikcha) kabi: 3) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o'zbek tillarida qisqartma so'zlar (abbreviatura- lar) bo'lmagan. Hozirgi o'zbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT, TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda o'zbek tili leksikasida 11В (Ichki ishlarbo'limi), IIBB (Ichki ishlarbo'limi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlar vazirligi), DAN (Davlat avtoinspeksiya nazorati), O'zMU (O'zbekiston Milliy universiteti), BuxDU (Buxoro Davlat universiteti), QarMll (Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo bo'ldi; 4) o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ma'rifiy islohotlar o'zbek tili leksikasida yana bir qator yangi so'zlaming yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan so'zlaming qayta tiklanishiga sabab bo'lmoqda: supermarket, fermer, aksiyador, vazirlik, nozir, devonxona, ta 'til kabilar shular jumlasidandir; 5) ms tili va ms yozuvi ta’sirida yuzaga kelgan tok («elektor toki») va tok («uzum toki») kabi omograflar, to'rt («miqdor son»)va tort («konditer mahsuloti») kabi omofonlar ham ko'proq hozirgi o'zbek adabiy tili leksikasiga xosdir.
5. Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tillarida ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ravish kabi mustaqil so'z turkumlari bo'lgan. Bunday mustaqil so'zlar hozirgi o'zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tillarida yordamchi so'zlar — ko'makchilar, bog'lovchilar va yuklamalar bo'lgan. Bunday turkumlarga xos so'zlar hozirgi o'zbek adabiy tilida ham mavjud; 3) qadimgi turkiy va eski o'zbek tillarida undovlar va modal so'zlar bo'lgan. Ular hozirgi o'zbek adabiy tilida ham bor; 4) qadimgi turkiy tilda ham, eski o'zbek tilida ham har bir so'z turkumining o'ziga xos grammatik kategoriyalari (otlarda — egalik, kelishik, son; sifatlarda — daraja; fe’llarda - shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va b.lar) bo'lgan. Bu xususiyatlar hozirgi o'zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, hozirgi o'zbek adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o'zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi: 1) hozirgi o'zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tillaridagiga nisbatan miqdoran ko'p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o'zakdan oldin qo'shiluvchi affiles morfemalar (prefikslar) bo'lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski o'zbek tilida va hozirgi o'zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo'rin, sersuv, sergap kabi; b) eski o'zbek adabiy tilida «-ov», «-yev», «-ova», «-yeva», «-ovna», «-vevna», «-ovich», «-yevich» kabi familiya yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday qo'shimchalar bor; d) eski o’zbek adabiy tilida «-lar» affiksi ko’plikni (odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma'no kuchaytirilishini (suvlaroqib yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo'ldi kabi) ifodalagan. Hozirgi o’zbek adabiy tilida esa «-lar»affiksining so'zlami temiinlashtirish funksiyasi ham paydo bo’lgan: qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar... kabi; 2) qadimgi turkiy va eski o'zbek adabiy tillarida singarmonizm mavjud bo’lganligidan ko’pchilik morfemalarning yo’g'on va ingichka turlari saqlangan: «-тыг» va»-miz» (Ьагатьц va kelamiz kabi), «-gan» va «-g'on» (kelgan va borg'on), «-chbi» va «-chi» (yo ‘g'chbt — «azani boshqamvchi» va badizchi - «naqqosh» kabi). Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan (boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo'riqchi va ishe hi kabi), «-Ibiq» va «-lik» haqida ham shu fikrni aytish mumkin; 3) eski o'zbek adabiy tilidagi ba'zi affikslar hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'llanmaydi. Masalan. «-vul» affiksi eski o'zbek adabiy tilida qorovul, yasovul kabi so'zlami yasagan, hozir esa bu affiks so'z yasash xususiyatini vo'qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi. vosita kelishigi («-п», «-ы», «-in», «-yn», «-un», «-on», «-an»), jo'nalish kelishigi, o'rin-payt kelishigi. chiqish kelishigi bo'lgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida shulardan bittasi - vosita kelishigi yo'q. U qadimgi turkiy tilda «bilan» ko'makchisi funksiyasiga teng bo'lgan: masalan, tilin sozlap, qolqaqbin eshidip («tili bilan so'zlab, qulog'i bilan eshitib...») kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |