H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet92/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

Tarixiy-an anaviy prinsip. Bu prinsipga asoslangan imlo qoidalari so'zlarning yoki so'z shakllarining qadimdan odat bo'lib qolgan formada yoki an’anaga mos shaklda yozilishini hozirgi imlo uchun me’yor tarzida belgilaydi. Chunonchi, hurriyat so'zi tarkibida ikkita «r»ning mavjudligi hozirgi o'zbek tili uchun me'yor sanaladi, ammo shu so'z ishtirokida yasalgan jumhuriyat so'zida esa bir «г» yoziladi, chunki bu so'zni bir «г» bilan yozish qadimdan odat bo'lib qolgan.

Tarixiy-an’anaviv prinsip so'zning yoki so'z shakllarining haqiqiy tarkibi (fonema yoki morfemalari) yetarli aniqlanmagan holatlarga nisbatan ham qo'llanadi. Masalan, taqozo so'zining oxirgi bo'g'inidagi unli ba’zan «о», ba’zan «а» holida (taqozo-taqoza kabi) talafTuz qilinadi, shulardan qaysi biri to'g'ri ekanligi hozircha aniq emas. Biroq, shu narsa ma’lumki, yozuvda taqozo shakli qo'llanib kelgan, bu omil hozirgi o'zbek yozuvi imlosiga ham asos bo'lgan.

Tarixiy-an’anaviv prinsipga amal qilish holatlari hozirgi paytda yaratilayotgan ayrim badiiy asarlar tilida ham uchrab turadi: klassik adabiyot tiliga taqlid tarzida so'zlarning eski o'zbek tiliga xos shakllari ishlatiladi. Masalan:

Gul fasli sanam

Sayr ila gulshanda bo'libdur.

G'uncha ko'z ochib

Gul vuzida xanda bo'libdur.

Gullar ichida

Shohi o'zim der edi lola,

Mag'mrligidan

U1 o'zi sharmanda bo'libdur (E.V.)



*

(Eski o'zbek tiliga xos birliklar - ila, ul, «-dur».)



  1. Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip). Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko'ra, shakli birxil bo'lgan so'zlar (omonimlar) yozuvda signalizatorlar (ishora belgilari). diakritik belgilar vositasida yoki bir harf o'mida boshqa harf ishlatish orqali farqlanadi: atlas (mato) — atlas (geografik atlas/ yangi (sifat) - yangi(ravish), tana (gavda) — ta’na (minnat), banda (qul) — banda (shayka), urish (urmoq) - и rush («jang») kabi. Keltirilgan so'zlarda urg‘u (') va tutuq (’) belgilari orfografiyaning differensiatsiya prinsipi talabiga ko'ra qo'llangan; urish va urush so'zlarida esa «i» va «и» harflarining ishlatilishi ham shu prinsipga asoslangan.

  2. Shakliy-an ’anaviy yozuv. Bu prinsip so‘z boshida yoki oxirida ikki undosh qatorlashib kelgan leksik birliklarning imlosini qoidalashtirishga asos bo'ladi. Ma’lumki, o'tmishda turkiy tillarda so'z boshida ikki undosh qatorlashib kelmagan. Shuning uchun boshqa tillardan o'zlashtirilgan ayrim so'zlaming boshida ikki undoshning yonma-yon qo'llanishi uchrasa, ulardan oldin yoki shu ikki undosh orasida bir unlini orttirish odati bo'lgan. Bu odat hozirgi jonli so'zlashuvda ham uchrab turadi: shkaf> ishkop, staj > istaj, drap > dirap, plan > pilon kabi. Ba'zan so'z oxirida ham ikki undosh orasida bir unli orttiriladi yoki undoshlardan biri (so'nggisi) tushirib qoldiriladi: sabr > sabir, nasr > nasir, nashr > nashir, go 'sht > go ‘sh, g'isht > g‘ish kabi. Shakliy-an’anaviy yozuv prinsipiga ko'ra bunday paytlarda so'zlar talaffuzi asosida emas, o'zlarining asl shaklini saqlagan holda yoziladi: shkaf, staj, drap, plan, sabr, nasr, nashr, g'isht, go‘sht kabi.

Bu prinsipning mohiyati Faxri Kamolov tomonidan «etimologik yoki grafik prinsip» deb nomlangan tamovil mohiyatiga juda yaqin turadi44.


  1. Download 1,67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish