Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida ma'lumot beradi: o'zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi.
Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o'rganishda umumiy fonetika xulosalariga. shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to'plangan tajribalarga tayanadi.
Uning quyidagi ikki turi borj)
Я) tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar statik holatda (shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan bog'lanmav) o'rganiladi. Xususan. «Hozirgi o'zbek adabiy tili fonetikasi» ham aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda o'zbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda mavjud bo'lgan fonetik faktlar (unli va undosh tovushlarning miqdor va sifat belgilari, tasnifi, uig'u, bo'g'in va hokazolar) hozirgi o'zbek tilida qanday bo'lsa, shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga bog'lanmav) o'rganiladi^
Hozirgi o'zbek adabiy tilining tavsifiy fonetikasi «Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursi bo'yicha nashr etilgan ko'pchilik darsliklarda, shuningdek. «Узбекский язык» (V.V.Reshetov, 1959), «Основы фонетики и грамматики узбекского языка» (V.V. Reshetov , 1965), «Общая характеристика особенностей узбекского вокализма» (V.V. Reshetov, 1949), «Фонетическая система узбекского литературного языка», ADD (Mahmudov А., 1980), «Hozirgi o'zbek adabiy tili»dan metodik ko'rsatmalar va konspektiv kurs: fonetika, orfoepiya, grafika va orfografiya» (Tursunova T., Jamolxonov H., 1981), «O'zbek tili fonetikasi» (Mirtojiyev M.M., 1991, 1- nashri; 1998, 2- nashri), «O'zbek tili» (Otamirzayeva S., Yusupova M.,
2002), «Hoziigi o'zbek adabiy tili» (Mirtojiyev M.M., 2004), «Hoziigi o'zbek adabiy till» o'quv qo'llanmasi, I - qism (Jamolxonov H., 2004) kabi ishlarda hamda «Сочетание гласных и согласных в современном узбекском литературном языке» (A.Ishayev.. 1985), «Редукция гласных в узбекском языке: типы, функция, программирование» (S.Atamirzayeva, X.Yuldasheva, Dj.Mamatov, 1985) kabi maqolalarda bayon etilgan;
Cb) tarixiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog'lab o'rganiladi, shu asosda muayyan tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o'zgarishlar (divergensiya, konveigensiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga ko'ra u diaxron fonetika deb ham yuritiladi.^
0‘zbek tilshunosligida o'zbek tilining tarixiy fonetikasiga oid ma'lumotlar V.V. Reshetov, F. Abdullayev, G'.Abdurahmonov, A. Rustamov, E.Fozilov, Sh. Shdkurov, Q. Mahmudov, S. Ashirboyev, H. Ne’matov, Q. Sodiqov, B. To'ychiboyev kabi tilshunoslaming ishlarida berilgan: «Qadimgi turkiy til» (Abdurahmonov G'., Rustamov A., 1982), «Фонетикоморфологические особенности языка Алишера Наваи», АДД (Rustamov А., 1966), «Некоторые вопросы исторической фонетики узбекского языка» (A.Rustamov, 1985), «К истории утраты сингармонизма в узбекском языке» (F. Abdullayev, 1985), «Фонетические и морфологические особенности языка «Хибатул хакаик», АКД (K.Maxmudov, 1964), «Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asari haqida» (Mahmudov Q., 1972), «Qadimgi obidalarva Alisher Navoiytili» (Fozilov E., 1969), «XIV asr Xorazm yodnomalari» (Fozilov E., 1973.), «Qutbning «Xusrav va Shirin» dostoni va o'zbek adabiy tili» (Ashirboyev S., 1997), «O'zbek tili tarixiy fonetikasi» (Ne'matov H., 1992), «O'zbek tili tarixiy fonetikasi» (To'ychiboyev B., 1990), «O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlari» (To'ychiboyev B., 1996), «XI—XV asr uyg'ur yozuvli turkiy yodgorliklaming grafik-fonetik xususiyatlari» ( Sodiqov Q., dokt. disser- tatsiyasi, 1992), «O'zbek adabiy tili tarixi» (Muxtorov A., Sanaqulov U., 1995), «Алишер Наваи как основоположник узбекского литературного языка» (А.К. Borovkov, 1946.), «А tovushining XV asrdagi sifat xususiyatlari haqida» (E. Umarov., 1982), «XV asr o'zbek tili unlilari haqida» (E. Umarov, 1982), «Грамматика староузбекского языка» (A.M.Shcherbak, 1962) kabi ishlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |