2004-yil 30-aprel. O'zbekiston Respublikasining Qonuni: O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida:
VI. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida»gi Qarorining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 332- modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995- yil, № 6, 120- modda):
2- bandidagi «2005- yil» degan so'zlar «2010- yilning» degan so'zlari bilan almashtirilsin;
10-bandidagi «2005-yilning» degan so'zlar «2010-yilning» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov.
Toshkent shahri, 2004- yil 30- aprel.
[«Xalq so'zi», 2004- yil 26- iyun, № 134 (3409)] (shanba).
Do'stlaringiz bilan baham: |