Tekshirish savollari 1.Lug’atda maqolalarning tashqi tartib asosida joylashtirilishida nimalar hisobga
olinadi?
2.Lug’atda maqolalarning ichki tartib asosida joylashtirilishida nimalar hisobga
olinadi?
3.Ma’no tartibini qanday tushunasiz?
4.Maqola sxemalari haqida nimalarni bilasiz?
Tashqi tartib – lug’atlarda so’zning (lug’at maqolasining) alifbodagi harflar
tartibida joylashtirilishida shu so’z (maqola) boshidagi birinchi harfga asoslanish.
187
Ichki tartib – lug’atlarda bir xil harf bilan boshlangan so’zlarning (maqola
nomlarining) ikkinchi, uchinchi va keyingi harflariga, shu harflarning alifbodagi tartib
o’rniga asoslanish.