157
b)
dialektizm-ma’no
. Bunda leksemaning ifoda plani (nomemasi)emas, ma’nosi
(sememasi) shevaga xos bo’ladi, nomema esa adabiy tilda ham qo’llanadi. Masalan,
chopqi
(Toshk.sh.)-
chopqi
(Sam.sh.)-
chopqi
(ad.tilda).
Demak,
chopqi
nomemasi
dialektizm-so’z sanalmaydi, ammo uning shevalardagi ma’nolari bir xil emas. Qiyos
qiling:
chopqi
(Tosh.shevasida-«shox-shabba qirqish, go’sht, piyoz qiymalash va
sh.k.ishlarda qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob»)-
chopqi
(Sam.shevasida – «tig’i sopi ichiga qayirib yopib qo’yiladigan pichoqcha,
qalamtarosh») –
chopqi
(ad.tilda – «shox-shabba qirqish, go’sht qiymalashda
qo’llanadigan katta va og’ir, pichoqqa o’xshash asbob»). Demak,
chopqi
leksemasining
semantik tarkibida ikkita semema (leksik ma’no) bor: 1) Toshkent shevasi va
adabiy tildagi ma’nosi. Bular diallektizm emas; 2) Samarqand shevasidagi
ma’nosi. Bu ma’no faqat shevaga xos bo’lib, adabiy tilga o’tmagan, shuning uchun u
dialektizm-ma’no (dialektizm-semema) sanaladi. Bunday holni
lagan
leksemasida ham
ko’ramiz. Bu leksema adabiy tilda «quyuq ovqatlar solinadigan, tarelkadan katta yassi
idish» ma’nosini anglatadi. Demak, u shu shaklda va shu ma’nosida dialektizm emas,
ammo
lagan
leksemasining shevalarda «katta chuqur to’garak idish», «kir yuviladigan
tog’ora» ma’nolari ham bor,
lagan
so’zining ayni shu ma’nolari dialektizm-sememalar
sanaladi.
Tilning lug’at boyligida leksik dialektizmlardan tashqari,
frazeologik dialektizm
ham uchraydi. (Bu haqda darslikning «Frazeologiya» bo’limiga qarang.) Leksik va
frazeologik dialektizmlar birgalikda lug’aviy dialektizmlar hisoblanadi.
Dialektizm hodisasi tilning fonetik va grammatik sathlarida ham bor:
a)
fonetik dialektizmlar
dialektga xos nutq tovushlari yoxud so’zning u yoki bu
shevadagi fonetik tarkibi. Masalan, o’zbek tilining qipchoq lahjasi shevalarida 9 ta unli
fonema bor: i-ы, ә-a, ү-u, ө-o va e. Bunday zidlanishning har bir a’zosi so’z ma’nosini
farqlash uchun xizmat qiladi. Qiyos qiling:
tish
(«odamning tishi»)-
tыsh
(«tashqari»),
ыs
(«qurum»)-
is
(«hid»),
sыz
(«chiz»)-
siz
(«siz»)
123
,
ot
(o’t:«olov», «o’simlik») -
t
(o’t: «o’tishga buyruq»),
or
(o’r: «bedani o’r») -
r
(o’r: «sochni o’r»),
tur
(«turishga
buyruq») –
tür
(«xil», «jins»)
124
kabi. Biroq hozirgi o’zbek adabiy tilining fonologik
tizimida unli fonemalarning bunday zidlanishi («yo’g’onlik» va «ingichkalik» belgilari
bilan farqlanish) yo’q, demak, yuqoridagi so’zlarning har biridagi unli fonema faqat
shevaning o’zigagina xos, shunga ko’ra ular
fonetik dialektizmlar
sanaladi.
Sirg’aluvchi y va qorishiq dj undoshlari shevalarda ham, adabiy tilda ham bor.
Demak, ular dealektizm emas, ammo bu tovushlarning shevada va adabiy tilda
qo’llanishi farqlanadigan o’rinlar uchraydi. Xususan, so’zning boshida adabiy tildagi y
o’rnida qipchoq lahjasining «dj »-lovchi shevalarida qorishiq dj ishlatiladi:
yo’q
(ad.-
orf.)-(d
joq)
(shevada),
yigit
(ad.orf.)- j
igit
(shevada),
yilon
(«y»-lovchi shevalarda) –
j
ilan
(«j»-lovchi shevalarda) kabi. Bu hodisa k va g, t va
d undoshlarining qo’llanishida ham yuz beradi:
ko’z
(ad.-orf.)-
go’z
(gөz: Xorazm
sh.),
kel
(ad.-orf.)-
gәl
(Xorazm sh.),
til
(ad.-orf.)-
dil
(o’zb.tilining o’g’uz lahjasida)
kabi.
125
Bu hodisa
leksik-fonetik dealektizm
deb baholanadi (115,96-b);
Do'stlaringiz bilan baham: