Tayanch tushunchalar
Chig’atoy gurungi
– 1918-yilda Toshkentda tashkil topgan ma’rifatchilar
jamiyati. U o’zbek tili va uning imlosi masalalari bilan shug’ullangan.
Yangi turk alifbosi Markaziy Qo’mitasi
--sobiq ittifoqda turkiy xalqlarning
alifbolarini uyg’unlashtirish masalalari bilan shug’ullangan komitet. U 1926-1938-
yillar orasida faoliyat ko’rsatgan.
O’zbekiston Yangi alifbe Markaziy Qo’mitasi
– 1926-yilning 10-iyunida
O’zbekiston Ijtimoiy Sho’rolar Jumhuriyati Kengashining 1-chaqiriq 4-sessiyasi qarori
bilan tashkil etilgan komitet. U yangi (lotincha) o’zbek alifbosiga o’tishni rejali ravishda
amalga oshirish vazifasini bajargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |