H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

47-§. Sintagma urg’usi
 – nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo’lgan qismini 
(sintagmani)  alohida  ta’kidlash,  ajratish  uchun  qo’llangan  urg’u.  Sintagmani  aniqlash 
mezoni  ikkitadir:  a)  semantik  mezon;  b)  sintaktik  mezon.  Bu  mezonlar  sintagmaning 
grammatik-semantik  jihatdan  yaxlit  bir  butun  konstruksiya  ekanligidan  kelib  chiqadi. 
Sintagma urg’usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun 
bo’lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan 
ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida  
ko’rib  chiqaylik:  "Iqtisodiy  va  siyosiy  sohalardagi  barcha  islohotlarimizning  pirovard 
maqsadi  yurtimizda  yashayotgan  barcha  fuqarolar  uchun  munosib  hayot  sharoitlarini 
tashkil  qilib  berishdan  iboratdir.  Aynan  shuning  uchun  ham  ma’naviy  jihatdan 
mukammal  rivojlangan  insonni  tarbiyalash,  ta’lim  va  maorifni  yuksaltirish,  milliy 
uyg’onish  g’oyasini  ro’yobga  chiqaradigan  yangi  avlodni  voyaga  etkazish 
davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi." (Prezident I. Karimovning 
1995-yil  fevral  oyidagi  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi 
sessiyasidagi ma’ruzasidan). 
Yuqoridagi  nutqiy  parchada  ikkita  sodda  yoyiq  gap  bor:  1."Iqtisodiy  va  siyosiy 
sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha 
fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir". 2."Aynan 
shuning  uchun  ham  ma’naviy  jihatdan  mukammal  rivojlangan  insonni  tarbiyalash, 
ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi 
avlodni  voyaga  etkazish  davlatimizning  eng  muhim  vazifalaridan  biri  bo’lib  qoladi". 
Har  bir  gap  nutqning  fonetik  bo’linishida  bir  frazaga  teng  bo’lishini  hisobga  olsak, 
keltirilgan  nutqiy  parchada  ikkita  fraza  borligi  ma’lum  bo’ladi.  Frazalar,  ma’lumki, 
katta  pauzalar  bilan  bir-biridan  ajratiladi  (pauza  ham  fonetik  vosita  –  intonatsiyaning 
tarkibiy  uzvlaridan  biri).  Har  bir  fraza  taktlarga  (sintagmalarga)  bo’linadi.  Demak, 
sintagmalar  frazaning  kichikroq  (qisqaroq)  pauzalar  bilan  ajratiladigan  parchalaridir. 
Yuqoridagi  ikki  frazadan  birinchisida  quyidagi  parchalar  –  sintagmalar  bor:  a) 
"Iqtisodiy  va  siyosiy  sohalardagi  barcha  islohotlarimizning  pirovard  maqsadi";b) 
"yurtimizda  yashayotgan  barcha  fuqarolar  uchun  munosib  hayot  sharoitlarini  tashkil 
qilib berishdan iboratdir". Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg’u (sintagma urg’usi) 
bilan  yakunlangan  bo’lib,  uning  fonetik  tabiati  quyidagi  belgilarga  ega:  sintagma 
oxiridagi "maqsadi" so’zining so’nggi bo’g’ini  ochiq bo’lib, bu bo’g’indagi        "i" 
unlisi  cho’ziq  talaffuz  etilmoqda  (kvantitativ  urg’u),  tovush  toni  ko’tarilgan  (ton 
belgisi),  kuchi  esa  intensivlashgan  (zarb  belgisi),  bu  hol  shu  sintagmaning  ma’nosini 
alohida  ta’kidlash  imkonini  bergan.  Sintagma  urg’usidan  so’ng  kelgan  qisqa  pauza 
birinchi  va  ikkinchi  sintagmalarni  bir-biridan  ajratish  vazifasini  bajargan.  Sintagma 
urg’usining  o’rni  kuzatilgan  maqsad  va  nutq  situatsiyasiga  qarab  o’zgartirilishi  ham 
mumkin.  Bunday  paytda  u  gapning  grammatik  jihatlariga  ham  ta’sir  qiladi.  Qiyos 


71 
 
qiling: 
Bu  shifokor  –  Dilbarning  onasi.  (Bu  shifokor-ega  sostavi;  Dilbarning  onasi  – 
kesim sostavi).
 
Bu -  shifokor Dilbarning onasi. (Bu – ega, shifokor Dilbarning onasi – 
kesim sostavi).  
  
 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish