«Attuhfatuz zakiyatu fil lug’atit turkiya»
(«Turkiy til haqida noyob tuhfa»,
XIII asrning oxirida yozilgan).-Muallifi noma’lum. Bizgacha bu asarning bitta nusxasi
yetib kelgan, u Turkiyadagi shaxsiy kutubxonalardan birida saqlanadi.
Lug’at arab tilida yozilgan, uni turkshunos Besim Atalay turkcha izohlar bilan
nashr ettirgan. Lug’atda qipchoq o’zbeklari tili tavsiflangan. U 1968-yilda taniqli
tilshunos Solih Mutallibov tarjimasida o’zbek tilida nashr ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |