"Muqaddimatul adab"
(1137-y.)-Mahmud az-Zamaxshariyning Xorazmshoh
Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag’ishlab yozgan asari. Bu asar besh qismdan iborat
bo’lib, ularda otlar, fe’llar, bog’lovchilar, ot o’zgartishlari va fe’l o’zgartishlari haqida
bahs yuritiladi. Arabcha so’zlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo’g’ulcha
tarjimalari berilgan. Asar 1706-yilda Xo’ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk
tiliga, keyinchalik fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilinib, Parij, Leypsig, Vena,
Leyden, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr
etilgan.
132
Manbalarda ta’kidlanishicha, "Muqaddimatul adab"ning chig’atoy tilidagi
tarjimasi az-Zamaxshariyning o’zi tomonidan amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |