H. A. Jamolxonov


-§. Frazemalarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

158-§. Frazemalarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari.
 Bunday munosabat 
asosida frazeologik sinonimiya  va frazeologik antonimiya hodisalari yuzaga keladi.  
I.
Frazeologik sinonimiya 
bir necha frazemaning bitta frazeologik ma’no atrofida 
birlashishidir.  Masalan:  1) 
pixini  yorgan 
–  «ayyor»,  2) 
ilonning  yog’ini  yalagan
  – 
«ayyor» kabi. Yana: 1) y
er bilan osmoncha –
 «Juda katta farq», 2) 
ot bilan tuyacha
 – 
«Juda katta farq» kabi.  
                                                      
129
 
Qarang: Турсунов У., Мухторов Ж., Ра
ҳ
матуллаев Ш. Ko’rsatilgan asar,   138-б.
 


175 
 
Leksik  sinonimiyada  bo’lganidek,  frazeologik  sinonimiyada  ham  sinonimik 
qatorlar  yuzaga  keladi:  birinchi  misoldagi 
pixini  yorgan
  va 
  ilonning  yog’ini  yalagan 
 
frazemalari  «ayyor»  ma’nosi  bilan  bitta  sinonimik  qatorni;  ikkinchi  misoldagi      y
er 
bilan osmoncha
 va 
ot bilan tuyacha
 frazemalari esa «juda katta farq» ma’nosi bilan bir 
sinonimik qatorni hosil qilmoqda.  
Frazeologik  sinonimlarda  uslubiy  bo’yoq,  odatda,  bo’rtib  turadi.  Aslida, 
frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda – voqelikni nomlashda uni o’tkir 
baholab  berish  uchun,  shu  voqelikka  ijobiy  yoki  salbiy  munosabat  ifodalash  uchun 
yaratiladi,  shuning  uchun  ular  nutqning  ta’sirchan,  obrazli  bo’lishini  ta’minlovchi 
muhim  uslubiy  vosita  sanaladi.  Misollar:  1. 
Bunga  Botirning  achchig’i  keldi,  buni 
Bo’ston sezdi
 (S.N.).  2) 
Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib yubordi.  
(S. An.).
  
  
  
     
Frazeologik sinonimiya hodisasi ko’proq har bir tilning o’z frazemalari doirasida 
uchraydi: 
Qilidan
 
quyrug’igacha
. – 
Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig’maydi. – 
Sevinchi  ichiga  sig’maydi 
kabi.  Boshqa  tildan  frazema  o’zlashtirish  juda  passiv 
bo’lganligidan,  o’zlashma  iboralarning frazeologik sinonimiya  doirasiga tortilishi  juda 
kam uchraydi.  
Frazeologik  sinonimiya  hodisasini 
frazeologik  variatsiyadan 
farqlash  kerak: 
frazeologik sinonimiyada bir necha frazema bir ma’no atrofida birlashadi, demak, bitta 
sinonimik  qatorni  hosil  qiladi;  frazeologik  variatsiyada  esa  bitta  frazemaning  ichki 
ko’rinishlari  nazarda  tutiladi,  bunday  ko’rinishlar  sinonimik  qator  hosil  qilmaydi. 
Masalan:  1) 
ko’zini  yummoq
;    2) 
bandalikni  bajo  keltirmoq;   
3) 
jon  bermoq
.  Bu  uch 
frazema  bitta  ma’noni  –  «vafot  etmoq»  ni  bildiradi,  shunga  ko’ra  bitta  sinonimik 
qatorga  birlashadi. 
Qo’lini  bigiz  qilmoq
  va 
barmog’ini  bigiz  qilmoq
  qo’shilmalari  esa 
ikkita  frazema  emas:  ular  bitta  frazemaning  ikkita  ko’rinishi,  xolos.  Bu  frazema 
tarkibidagi "qo’l" va "barmoq" so’zlari o’rtasida sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chishi 
(butun  va  qism  munosabati)  bor,  bu  hol  "qo’l"  so’zi  o’rnida  "barmoq"  so’zining 
qo’llanishiga yo’l ochgan, ammo bir frazema o’rnida butunlay boshqa frazema yuzaga 
kelmagan,  shunga  ko’ra  ular  bitta  frazemaning  ichki  ko’rinishlari  –  variatsiyalari 
sanaladi.  Demak,  variatsiyalar  bir  obrazga  asoslanadi.  Yana  misollar: 
Kiprik 
qoqmaslik.-  Mijja  qoqmaslik
  (bir  frazemaning  ikki varianti, chunki  "kiprik"  va  "mijja" 
so’zlarida bitta obraz mujassam). 
 
Ba’zan  leksema  bilan  frazema  bir  sinonimik  qatorga  birlashadi: 
qaramoq
 
(leksema)  –
  ko’z  qirini  tashlamoq
  (frazema), 
xursand
  (leksema)  – 
boshi  osmonda
 
(frazema)  kabi.  Bular  leksik-frazeologik  sinonimlardir.  Leksik-frazeologik  sinonimlar 
qatorida  leksema  dominanta  sanaladi.  Demak,  lug’aviy  sinonimlar  uch  xil  bo’ladi:1) 
leksik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat so’zlar birlashadi); 2) frazeologik sinonimlar 
(sinonimik  qatorda  faqat  frazemalar  birlashadi);    3)  leksik-frazeologik  sinonimlar 
(sinonimik qatorda so’z va frazemalar birlashadi). 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish