xayro-o-
o-on
bo’lib qolganlar. (Mirm.).
5. S o’ z n i m e t a f o r i k q o’ l l a sh u s u l i. Bunda ko’p ma’noli so’zning
metaforaga asoslangan majoziy (hosila) ma’nosidan uslubiy figura sifatida
foydalaniladi:
Muhtaram qayin otamizga! Siz bilan meni qorong’i zindonlarga tushirib,
dor ostlarigacha tortgan... Homid ismli bir
to’ng’izni
, nihoyat ikki yillik sargardonlik
so’ngida, yordamchilari bilan tuproqqa qorishtirishga muvaffaq bo’ldim
. (A.Qod.). Bu
gapda
to’ng’iz
so’zi ko’chma ma’noda Homidga nisbatan qo’llangan, shu bilan
Otabekning bu shaxsga nisbatan salbiy his-tuyg’usi, nafrati ifodalagan. Yana:
Mamajon
lochin
yigit, Serharakat, betinim.
(Q.M.). Bu gapda
lochin
so’zi o’z ma’nosida emas,
ko’chma ma’noda- yigitning epchilligini, chaqqon va jasurligini baholash maqsadida
qo’llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |