H. A. Jamolxonov


Qarang: Тўйчибоев Б.Ўзбек тилининг тара



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

123
Qarang: Тўйчибоев Б.Ўзбек тилининг тара
ққ
иёт бос
қ
ичлари.-Т.: «Ў
қ
итувчи», 1996, 7-б.  
 
124
 
Тўйчибоев Б. 
Ko’rsatilgan asar,23-24-b. 
    
125
 
Qarang: Решетов В.В., Шоабдура
ҳ
монов Ш. Ўзбек диалектологияси.-Т.: «Ў
қ
итувчи»,   1978,42-б. 
 


158 
 
b)
  grammatik  dialektizmlar 
–  biror  shevaning  o’zigagina  xos (adabiy  tildagidan 
o’zgacha) grammatik shakllari. Mas., adabiy tildagi – «-miz»(shaxs-son affiksi) o’rnida 
Toshkent shevasida «-vuz» affiksi ishlatiladi: 
boramiz
(ad-orf.)-
borovuz
 (Tosh.sh.) kabi. 
Adabiy  tildagi  «-da»  (o’rin-payt  kelishigi  qo’shimchasi) o’rnida  Samarqand shevasida 
«-ga» qo’llanadi: 
Toshkentda o’qiyapman
 (ad.tilda.) – 
Toshkentga o’qopman
 (Sam.sh.) 
kabi. Hozirgi zamon davom fe’li shakllari shevalarda «-vot» (Toshk.) – «-op» (Sam.) – 
«-utti»  (Nam.)  affikslari  bilan  ifodalanadi: 
borvotti,  boropti,  borutti
  kabi.  Keltirilgan 
misollarning shevalardagi turlari 
grammatik dealektizmlar
 sanaladi. 
133-§.
Leksik,  fonetik  va  grammatik  dialektizmlardan  badaiiy  asar  tilida  uslubiy 
vosita  (uslubiy  figura)  sifatida  foydalanish  hollari  ham  uchraydi.  Yozuvchi 
J.Abdullaxonovning  «To’fon»  romanidan  keltirilgan  quyidagi  matn  parchasiga  nazar 
tashlaylik: 
Shu vaqt ko’cha eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada o’n yoshlardagi maykachan, 
qop-qora bola paydo bo’ldi. U nihoyatda hansirar, ko’p yugurib toliqqanidan nafasini 
rostlay olmasdi: 
-Akamullo, akamullo, sizni yo’qloshopti, idoraga yo’qloshopti. 
-Nima gap? 
-Hojar  ayani  bachasi  sahroda  borkan  ekan...  Bo’ronda  qolgan  ekan...  Qaytib 
kelmopti... So’g’in Xo’janazar akoning duxtori bo’ronga qolip o’lipti. 
Hoshim  yugurganicha  chiqib  ketdi.  Mahmuda  bilan  Mohidil  bir-biriga  hayron 
qarab qolishdi

Yuqoridagi nutqiy parcha muallif tili va personajlar tilidan tarkib topgan bo’lib, 
unda  nutqning  dialogik  shakli  qatnashgan.  Personaj  tilida  o’zbek-tojik  ikki  tilliligi 
ta’sirida  bo’lgan  o’zbek  shevalari  so’zlaridan  (
akamullo,  bacha,  duxtor,  so’g’in
  kabi 
leksik  dialektizmlardan),  shu  shevalarga  xos  grammatik  shakllardan  (
yo’qloshopti, 
kelmopti
)  va  leksik-fonetik  dialektizmlardan  (
aka
  so’zining 
ako
  shaklidan)  unumli 
foydalanilgan, natijada obraz nutqining tipik va ta’sirchan bo’lishiga erishilgan. 
Yozuvchi  Erkin  Samandarovning  «Daryosini  yo’qotgan  qirg’oq»  romanidan 
keltirilgan  quyidagi  dialogda  esa  dialektizmlarning  uslubiy  vosita  sifatidagi  roli, 
personajlar nutqini tipiklashtirishdagi ahamiyati yanada yorqinroq ko’zga tashlanadi. 
Ichkaridan Anvar chiqdi. Nima bo’layotganini angshara olmay serrayib turdi. 
- Voy, anavi olvolini ko’ring, - dedi Qumrixon o’rnidan turib. 
- Olvoling nimasi? 
- Olvoli de, huv ana. 
- Chiyani aytasanmi? 
Qumrixon bog’istoncha chiya so’ziga tushunmadi. 
- Olchami? 
- Ha, olvoli egum kelutti. 
-  Ma,  Qumri,  -dedi  Ganja  bir  hovuch  olchani  uzib. 
(«Sharq  yulduzi»  j-li, 
1989,№1,39-b.) 
Yuqoridagi dialog epizodida  mevaning bir turi uch xil nom bilan  – 
olvoli, chiya 
va 
olcha
  leksemalari  vositasida  atalgan,  bu  hol  ikki  (Namangan  va  Bo’ston)  sheva 
vakillari o’rtasidagi nutqiy muloqotning jonli, hayotiy chiqishiga xizmat qilgan. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish